Vertikal va radial-parmalash stanoklari




Download 358,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2023
Hajmi358,97 Kb.
#118857
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 Lecture

7.2. Vertikal va radial-parmalash stanoklari 
Vertikal va radial-parmalash stanoklari sanoatda eng ko'p uchraydigan 
paramalash stanoklari hisoblanadi. 
Vertikal-parmalash 
stanoklari 
o'lchamlari 
nisbatan 
katta 
bo'lmagan 
zagotovkalarda teshiklarga ishlov berish uchun mo'ljallangandir. Ishlov o'tadigan 
zagotovka moslama bilan birga stolning ustiga o'rnatiladi. Za-monaviy 2H135-1 
modelli vertikal-parmalash stanogi (11.1-rasm) 2H135 modelli, bundan ilgari 
chiqarilgan stanokka nisbatan keskin takomillashgan. Bunda «suzuvchi» buriluvchi-
suriluvchi stol mavjud bo'lib, u zagotovkadagi bir necha teshiklarga zagotovkani qayta 
bo'shatib rnahkamlamasdan turib ishlov berish imkonini beradi. 
4.l-rasm. Vertikal-parmalash stanogi: 


l-fundament plitasi; 2-«suzuvchi» stol; 3-buriluvchi stol; 4- kolonna; 5-shpindel; 
6-parmalash babkasi. 
Stolning bo'ylama surilishi va salazkalaming ko'ndalang siljitilishi tebranuvchan 
yo'naltiruvchilar bo'yicha bajariladi. Bo'ylama stolning ustiga buriluvchan stol 
o'rnatilgan. Bunday «suzuvchi» stoli yo'q bo'lgan awalgi stanoklarda asbobning 
markazi bilan zagotovka teshigi marka-zini bir-biriga moslash qo'lda bajarilar edi va 
so'ngra zagotovka mahkam-lanar edi. 
2H135-1 modelli stanokda «suzuvchi» stolning mavjudligi zagotovkaga 
konduktor, oldindan rejalangan yoki oldindan sozlangan kulachoklar bo'yicha ko'p 
koordinatli ishlov berishni zagotovkani qayta rnahkamlamasdan turib amalga oshirish 
imkonini yaratdi. 
2H135-1 modelli vertikal-parmalash stanogining texnik xarakteris-tikasi 
quyidagicha: 
1) 
parmalashning maksimal diametri d
max
=35 mm; 
2) 
shpindel o'qidan kolonnagacha bo'lgan masofa A=300 mm; 
3) 
stolning burilish burchagi 360°; 
4) 
shpindel aylanish chastotalari soni 12 (31,.5... 1400 min 
-1
); 
5) 
surish qutisi 9 xil (5=0,1... 1,6 mm/ayl) surish qiymatiga ega ; 
6) 
bosh harakat elektr dvigateli N
ed
=4 kW; N
ed
=1440 min
-1

Radial-parmalash stanoklari yakka buyurtmali va seriyali ishlab
chiqarishda yirik va og’ir korpus tipidagi zagotovkalarda teshiklarga ishlov berish 
uchun xizmat qiladi (11.2-rasm). Zagotovka stol yoki fundament plitasi ustiga 
o'rnatiladi yoki polda joylashadi va qo’zg’almas holda qoladi. Qo’zg’almas kolonnaga 
o'rnatilgan buriluvchan gilza-ning vertikal yo'naltiruvchilari bo'yicha traversa 
harakatlanadi. 
5 6


4.2-rasm. Radial-parmalash stanogi: 
l-fundamen plitasi; 2-qo 'zg’almas kolonna; 3-gidravlik qisqich; 
4-buriluvch gilza; 5-traversa; 6-rapmalash kallagi; 7-shpindel; 8-stol. 
Traversaga esa parmalash kallagi o'rnatilgan bo'lib, u traversa bo'yicha surila oladi 
va traversa hamda buriluvchan gilza bilan birga 360° ga burila oladi. 
Kesuvchi asbob va zagotovka o'qlarini moslashtirish traversani burish va 
parmalash kallagini traversa bo'ylab surish orqali amalga oshiriladi. Zarur bo'lgan 
koordinatalaro'rnatilgandan keyin parmalash kallagi va kolonna traversa bilan 
mahkamlanadi. 
2554 modelli radial-parmalash stanogining texnik xarakteristikasi quyidagicha: 
1) 
parmalashning eng katta diametri D
max
=50 mm; 
2) 
shpindel o'qidan kolonnagacha bo'lgan masofa A=350... 1600 mm; 
3) 
traversaning eng katta vertikal surilishi 1000 mm; 
4) 
tezliklar qutisi 25 xil aylanish chastotasi (t
shp
=18...2000 min
-1
) ga ega; 
5) 
elektr dvigatellar soni 3 (N
1
=7,5 kW; N
2
=0,5 kW; N
3
=4 kW). Bosh 
harakat (shpindelning aylanishi) kinematik zanjiri tenglamasi aylanishning maksimal 
chastotasi uchun quyidagicha yoziladi: 
n
øï
1
max
min
2000
28
50
32
36
25
35
35
25
38
38
38
26
1460




Surishning minimal qiymati uchun kinematik balans tenglamasi quyidagicha 
yoziladi. 
ayl
mm
S
shpayl
п
05
,
0
3
13
48
1
49
16
47
18
45
18
40
18
44
36
1
min





2554 modelli radial-parmalash stanogi asosida quyidagi takomillashgan stanoklar 
ishlab chiqarilgan: 2A554E — salazkalar bo'yicha suriladigan; 2554P — relslar 
bo'yicha suriladigan; 2A557, 2A557E, 2A557P-shpindel o'qidan kolonnagacha bo'lgan 
masofa (vo’let shpindelya) 3150 ram gacha uzaytirilgan; 2A554F1 — avtomatik sikl 
va shpindelning raqamli indikatsiyasiga ega bo'lgan; 2554F2 — raqamli dastur 
bo'yicha boshqariladigan koordinat-parmalash stanogi. 
Radial-parmalash stanoklaridan 2Sh55 modelli stanok alohida o'rin tutadi. Bu 
stanok ko'chma, buriluvchan parmalash kallagiga ega bo'lib, yirik gabaritli 
zagotovkalarning har xil tekisliklarda joylashgan teshiklariga ishlov beradi. 

Download 358,97 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 358,97 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Vertikal va radial-parmalash stanoklari

Download 358,97 Kb.
Pdf ko'rish