• Olmosli teshik kengaytirish stanoklari
  • Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari




    Download 358,97 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana14.12.2023
    Hajmi358,97 Kb.
    #118857
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    7 Lecture

     
    Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari teshiklarning o'lchamlari, ularning 
    o'zaro joylashuvi va shakli yuqori aniqlik darajasida bo'lishi talab etilganda 
    qo`llaniladi. Bu stanoklar maxsus qurilmalaarga ega bo`lib, ular stanok ichki 
    organlarining harakatlanishini bir necha mikrometrlar aniqligda bo`lishini
    ta`minlaydi. Bu stanoklarda ishlov berish jarayoni temperaturasi 20±1
    0
    Cli 
    termokonstant sharoitida maxsus xonalarda olib boriladi. 
    shpindel babkasi 


    11.6-rasm. Koordinat-teshik kengaytirish stanogi. 
    Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari bir stoykali (modellari 2411, 2B440A, 
    2A450,2D450) va ikki stoykali (modellari 2455, 2457, 2458, 2459, 2B460, 2A470) 
    bo'Iadi. Ulardan detallarni aniq rejalash uchun va o'lchov mashinalari sifatida 
    foydalanish ham mumkin. Zamonaviy koordinat-teshik kengaytirish stanoklari yuqori 
    (B), juda yuqori (A) va eng yuqori (C) aniqlik darajalarida chiqariladi. Ularning 
    ba'zilari dastur bilan boshqarish sistemasi asosida ishlaydi. Masalan, 2E450F1-1 
    modelli raqamli indikatsiya va koordinatlarni oldindan terish; 2E450AF30, 
    2E450AMF4 modelli, asboblar magaziniga ega bo'lgan stanoklar mavjud. 
    2A450 modelli teshik kengaytirish stanogi (11.6-rasm) optik quril-maga ega 
    bo'lib, o'lchamlarning butun va kasr ulushlarini aniq o'qish imkonini beradi. Stanok 
    to'g’ri burchakli o'qlar sistemasida o'qlar orasidagi masofalarning aniqligi 0,001 mm 
    atrofida bo'lishini ta'minlaydi. Koordinatalar aniq masshtabli ko'zgu valiklari va optik 
    priborlar yordamida o'lchanadi. Koordinatalar qiymati aniq shkalalar bo'yicha maxsus 
    mikroskoplar yordamida aniqlanadi. Ba'zi stanoklarda koordina-talarni hisoblashning 
    induktiv usulidan foydalaniladi.
    Olmosli teshik kengaytirish stanoklari zagotovka teshiklariga diametr va shakli 
    bo'yicha katta aniqlik va yuqori tozalik darajasida (R
    a
    =0,5-0,16 mkm dan Ra=0,063... 
    0,04 mkm gacha) ishlov berish uchun mo'ljallangan. Bu stanoklar pardozlab ishlov 
    berishni ta'minlab, kesish jarayoni yuqori tezliklarda (V ≥1000 m/min), juda kichik 
    surishlar (s=0,01... 0,15 mm/ayl) va kesish chuqurliklari (t = 0,05...0,03 mm) da olib 
    boriladi. Texnologik sistema vibratsiyaga chidamlilikning yuqori darajalariga ega. 
    Pardozlab teshik kengaytirish operatsiyalarida diametr bo'yicha 100 mm ga 5-15 mkm 
    oralig’ida farq (dopusk) bo'lishiga erishiladi. O'lchamlarning aniqligi 8-9 (ba'zan esa 
    5-7) kvalitetlarga to'g’ri keladi. Dumaloqlik va konussimonlik bo'yicha farqlanish 3..10 
    mkm oralig’ida bo'Iadi. Olmosli-teshik kengaytirish stanoklari vertikal, gorizontal, bir 
    va ko'p shpindelli turlarga bo'linadi. Kesuvchi asbob sifatida olmosli va qattiq 
    qotishmali keskichlardan foydalaniladi. 
    Bu stanoklarda bosh harakat shpindelning kesuvchi asbob bilan birga aylanma 
    harakatidir. Surish harakati vertikal bir shpindelli stanoklarda shpindelga, gorizontal 
    bir va ikki tomonlama stanoklarda zagotovka va moslama o'rnatilgan stolga uzatiladi 


    (11.7-rasm). 
    Surish harakati ko'pincha pog’onasiz boshqariladigan gidroyuritma yordamida 
    amalga oshiriladi. 
    Vertikal olmosli-teshik kengaytirish stanoklari avtomobil va traktor dvigatellari 
    silindrlar blokidagi teshiklarni nafis yo'nib kengay-tirishda qo'llaniladi. Bunda 
    ishlangan yuzada jilvirlash va xoninglash-dan so'ng qoladigan abraziv modda 
    qoldiqlari bo'lmaydi, ishlov 
    aniqligi 0100-200 mm
    li teshiklar uchun ovallik va 
    konuslik bo'yicha ikkinchi va hatto birinchi sinflargacha yetadi (0.01-0,005 mm). 

    Download 358,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 358,97 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari

    Download 358,97 Kb.
    Pdf ko'rish