|
8- amaliy ish Voip texnologiyasida paketli nutqni qayta ishlash tamoyillari. IshDan maqsad
|
bet | 3/5 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 42,88 Kb. | | #110873 |
Bog'liq Mat8lab8.7. G.728 kodeki
1992 yilda G.728 Tavsiyada tavisflangan gibrid kodek bo‘lib, LD-CELP (Low Delay — Sode Excited Linear Prediction — chiziqli oldindan aytishli boshqariladigan kodli va kichik kechiktirishli kodek) toifga kiradi. Kodek 16 kbit/s o‘zgartirish tezligini ta’minlaydi, kodlashda 3 dan 5 masgacha kechiktirishni kiritadi va ishlatilishi uchun 40 MIPS dan ortiq tezkorlikli protsessor zarur bo‘ladi. Kodek, asosan videokonferensiyalar tizimlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. IP-telefoniya qurilmalarida bu kodek juda kam qo‘llaniladi.
8.8. Kodeklarning asosiy xarakteristiklari
Ko‘rib chiqilgan kodeklarning asosiy xarakteristiklari 3.4-jadvalda keltirilgan. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan tor polosali kodeklar ko‘zda tutadigan uzatish tezligi 1,2 - 64 Kbit/s chegaralarda yotadi. Tabiiyki, bu parametrga qayta eshittiriladigan nutqning sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Eng keng qo‘llaniladigan yondashish MOS (Mean Opinion Score) baholash bilan ishlaydi, u aniq bir kodek uchun besh balli shkala bo‘yicha katta tinglovchilar guruhining sifatni o‘rtacha baholashi sifatida aniqlanadi. Ekspertlarning (tahlilchilarning) eshitib ko‘rishlari uchun turli ovoz fragmentlari – nutq, musiqa turli shovqinlar fonidagi nutq va boshqalar taqdime tiladi. Baholash quyidagi tarzda talqin qilinadi:
• 4-5 – yuqori sifat; ISDNdagi yoki yanada yuqori nutqni uzatilishi sifatiga o‘xshash;
• 3.5-4 – UFTT sifati (toll quality); ADIKM kodeki yordamida 32 Kbit/s tezlikda uzatiladigan nutqning sifatiga o‘xshash. Bunday sifat odatda ko‘plab telefon so‘zlashuvlarida ta’minlanadi. Mobil tarmoqlar toll quality dan sal past sifatni ta’minlaydi;
• 3-3.5 – nutqning sifati hali ham qoniqarli, lekin uning yomonlashishi eshitishda yaqqol seziladi;
• 2.5-3 – nutqni ajratish mumkin, lekin tushunish uchun diqqatni jamlashni talab qiladi. Bunday sifat odatda maxsus mo‘ljallangan aloqa tizimlarida (masalan, qurolli kuchlarda) ta’minlanadi.
Mavjud texnologiyalar doirasida UFTT (toll quality) sifatini 5 Kbit/sdan past tezliklarda ta’minlash mumkin emas.
Tablitsa.8.4.
Kodeklarning asosiy xarakteristikalari
(CISCO Systems kompaniyasi ma’lumotlari)
Kodek
|
Kodek turi
|
Kodlash tezligi
|
Kadr o‘lchami
|
Baho
|
G.711
|
IKM
|
64 Kbit/s
|
0,125 ms
|
4,1
|
G.726
|
ADIKM
|
32 Kbit/s
|
0,125 ms
|
3,85
|
G.728
|
LD – CELP
|
16 Kbit/s
|
0,625 ms
|
3,61
|
G.729
|
CS – ACELP (bez VAD)
|
8 Kbit/s
|
10 ms
|
3,92
|
G.729
|
2 karrali kodlash
|
8 Kbit/s
|
10 ms
|
3,27
|
G.729
|
3 karrali kodlash
|
8 Kbit/s
|
10 ms
|
2,68
|
G.729a
|
CS – ACELP
|
8 Kbit/s
|
10 ms
|
3,7
|
G.723.1
|
MP – MLQ
|
6,3 Kbit/s
|
30 ms
|
3,9
|
G.723.1
|
ACELP
|
5,3 Kbit/s
|
30 ms
|
3,65
|
Nutq sifatini yomonlashishining miqdoriy xarakteristikalari QDU (Quantization Distortion Units) birliklari hisoblanadi. 1 QDU IKM standart protsedurasidan foydalanish bilan raqamlashtirishda sifatning yomonlashishiga mos keladi. Asosiy kompressiyalash usullari uchun QDU qiymatlar 8.5-jadvalda keltirilgan.
8.5-jadval
Asosiy kompressiyalash usullari uchun QDU qiymatlari
Kompressiyalash usuli
|
QDU
|
ADPCM 32 kbit/s
|
3,5
|
ADPCM 24 kbit/s
|
7
|
LD-CELP 16 kbit/s
|
3,5
|
CS-CELP 8 kbit/s
|
3,5
|
Nutqqa qo‘shimcha ishlov berish doimo sifatni keyingi yo‘qotilishiga olib keladi. XEAI-T tavsiyalariga muvofiq xalqaro chaqiruvlar uchun QDU qiymat 14 dan oshmasligi kerak, binobarin, so‘zlashuvni xalqaro magistral kanallar bo‘yicha uzatish nutqning sifatini 4 QDU ga yomonlashtiradi. Natijada, milliy tarmoqlar bo‘yicha so‘zlashuvni uzatishda 5 QDU dan ortiq bo‘lmagan yo‘qotish bo‘lishi kerak. Shuning uchun nutqni sifatli uzatish uchun kompressiyalash/dekompressiyalash protsedurasi tarmoqda iloji bricha faqat bir martta qo‘llanishi kerak. Ayrim davlatlarda bu rostlovchi organlarning umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulangan korporativ tarmoqlarga nisbatan majburiy talabi hisoblanadi. Pauzalarni so‘ndirish (silence suppression) bu ATM-kommutatorlarning muhim funksiyasi hisoblanadi. Pauzalarni so‘ndirish texnologiyasining mazmuni davrdagi aktiv nutq va jimlik momentlari orasidagi farqni aniqlanishidan iborat. Bu texnologiyaning qo‘llanilishi natijasida yacheykalarning generatsiyalanishi faqat aktiv so‘zlashuvda bo‘lib o‘tadi. Madomiki, telefon bo‘yicha oddiy so‘zlashish jarayonidajimlik vaqtning 60 foizini tashkil qilar ekan, liniya bo‘yicha uzatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning miqdori bo‘yicha ikki karrali optimallashtirish bo‘lib o‘tadi. Kommutatorlarda nutqni siqish va nutq pauzalarini so‘ndirish texnologiyalarining birlashtirilishi kanaldagi ma’lumotlar oqimini sakk
iz marttagacha kamayishiga olib keladi.
|
| |