Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari




Download 21,3 Kb.
bet2/6
Sana19.11.2023
Hajmi21,3 Kb.
#101283
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari-fayllar.org
Betliklar jamlanmasi (O\'quvchilar uchun), Б Биллашуви Жавоб варака 5- 6-7-8-синф, 8-sinf informatika, Mustaqil ish. NAMUNA, 1-amal sxemo, Funksiyaning hosilasi, hosilaning ta\'rifi. Uning gåomåtrik va må, 1000021650, YO\'PA 0601, Fayzullayeva Iroda Baxtiyorovna, M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n-fayllar.org, 104-107 (2), Yangi-yi-senariysi (2), Termiz davlat universiteti, статья ГУли
Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari
Didaktik o‘yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o‘yin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik o‘yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi.
Didaktik o‘yin turlarini tanlash mezonlari:


  • Ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha – o‘g‘il bolalar, qiz bolalar, o‘smirlar, katta yoshdagilar uchun o‘yinlar;


  • Ishtirokchilar soni bo‘yicha – yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o‘yinlar;


  • O‘yin jarayoni bo‘yicha – fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlar, musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan o‘yinlar;


  • Vaqt me’yori bo‘yicha – dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘olib yoki g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o‘yinlar.

Har bir didaktik o‘yin jarayonida o‘ziga xos vositalar turlari qo‘llaniladi va mashg‘ulot jarayonida ulardan to‘g‘ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:


  1. kanselyariya tovarlari – turli o‘lchamlardagi oq va rangli qog‘ozlar, skotch, flomasterlar, ruchka, qalam, chizg‘ichlar, qaychi, yelim va boshqalar;


  2. texnika vositalari – proektor, mikrofon, kompyuter, videokamera, videomagnitofon, televizor va boshqalar;


  3. o‘quv asbob-uskunalari – o‘quv laboratoriya va ustaxona jihozlari, o‘lchov asboblari, o‘quv uskunalari, moslama, mexanizm, model va boshqalar;


  4. mahalliy va tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.


Didaktik o‘yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki didaktik vositalarning sifati, ko‘zlangan maqsadga mosligi, qulayligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.





Download 21,3 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 21,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari

Download 21,3 Kb.