8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari




Download 21.3 Kb.
bet1/6
Sana19.11.2023
Hajmi21.3 Kb.
#101283
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari-fayllar.org
Betliklar jamlanmasi (O\'quvchilar uchun), Б Биллашуви Жавоб варака 5- 6-7-8-синф, 8-sinf informatika, Mustaqil ish. NAMUNA, 1-amal sxemo, Funksiyaning hosilasi, hosilaning ta\'rifi. Uning gåomåtrik va må, 1000021650, YO\'PA 0601, Fayzullayeva Iroda Baxtiyorovna, M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n-fayllar.org, 104-107 (2), Yangi-yi-senariysi (2), Termiz davlat universiteti, статья ГУли

8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari

8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari
Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda.

Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o‘rgatish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi. Didaktik o‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o‘yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o‘ringa ega. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ldi.


Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQSHda, so‘ngra boshqa g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshlandi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlanganlar.
Didaktik o‘yinlarning yana bir turi – aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo‘llagan. Bu usulni g‘oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarniyechishga asoslanadi:
  • Muammoli vaziyat yaratish;


  • G‘oyalarni shakllantirish;


  • Eng yaxshi g‘oyalarni tekshirish, baholash va tanlash.


Guruh ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni yechish bo‘yicha iloji boricha ko‘p, ba’zan, batamom kutilmagan g‘oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg‘uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o‘quvchilarning tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi asosiy omil hisoblanadi. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta’lim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.


Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi;
- o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi;
- shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon yaratadi;
- hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini tarkib topishiga yordam beradi;
- o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi;
- o‘yin ishtirokchilarida ommaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olishi va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, anjumanlar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. O‘qituvchi-pedagog avval o‘quvchi-talabalarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik hamda o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.

Download 21.3 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 21.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari

Download 21.3 Kb.