|
Ijtimoiy- gumanitar fanlar
|
bet | 1/67 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 405,29 Kb. | | #131565 |
Bog'liq Ijtimoiy- gumanitar fanlar-fayllar.org
Ijtimoiy- gumanitar fanlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
KIMYO – METALLURGIYA FAKULTETI
“IJTIMOIY- GUMANITAR FANLAR”
KAFEDRASI
M. G’ Sayidova
______________________________________________________________
D I N S H U N O S L I K
______________________________________________________________
SEMINAR MACHG’ULOTLARI USHUN
USLUBIY QO’LLANMA
NAVOIY - 2019
“Dinshunoslik” ko’p tarmoqli, keng qamrovli, teran mazmunli, xilma-xil oqimlarga boy va uzoq tarixga ega. Bularni o’rganish va o’rgatishga juda ko’p vaqt kerak, oliy maktablarda esa oz soat vaqt ajratilgan. Ana shu nuqtai-nazardan qaraganda ham ushbu fan bo’yicha hozirgi kunda uslubiy adabiyotlarga ehtiyoj juda katta. Ayniqsa, vatanimiz mustaqillikka erishgandan so’ng boshqa maxsus ijtimoiy fanlar qatori Dinshunoslik fanlariga ham e’tibor ortdi.
Fan bo’yicha uslubiy qo’llanmani bugungi ta’lim tizimi talablariga va yuz berayotgan tub o’zgarishlarga bir javob deb tushunish mumkin. Ushdu uslubiy qo’llanmada Dinshunoslik fanining o’ziga xos xususiyatlari, uni o’zlashtirishning pedagogik jihatlari, o’qitishning samarali, zamonaviy uslublari haqida mufassal ma’lumotlar keltirilgan.
Uslubiy qo’llanma oily o’quv yurtlari professor - o’qituvchilari va talabalari, hamda barcha qiziquvchilarga mo’ljallangan.
Tuzuvchilar: M. G’ Sayidova
Taqrizchilar: tarix fanlari nomzodi, dotsent R. N. Tolibov.
Ushbu uslubiy qo’llanma institut ulmiy uslubiy kengashida muhokama qilindi va chop etishga tavsiya etildi (2018 yil ___ iyul, ___ sonli bayonnoma).
Kirish
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq yosh avlodni milliy ruhda tarbiya qilish dolzarb muammo sifatida yuzaga chiqdi. Shu bilan birga chetdan kelayotgan mentalitetimizga yot g’oyalar ta’siridan yoshlarni himoya qilish masalasi ham kechiktirib bo’lmaydigan masalalardan biri edi.
Shu bilan birga diniy tarbiya masalasida yuzaga kelayotgan muammolarni o’rganish, dinning ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatdagi funksiyalarini to’g’ri talqin qilish va yoshlarda dinga nisbatan nafaqat ilohiy, balki ilmiy yondashuvni ham shakllantirishda “Dinshunoslik” fani ham o’z dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Bunga erishishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.
Din va qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish, Respublikada demokratik, huquqiy jamiyat poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Binobarin, talabalardan qonunga hurmat hissini, o’zinigina emas, balki boshqalarning ham diniy his–tuyg’ulari bilan hisoblashish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish, turli norasmiy diniy mazhab va guruhlarga qo’shilish g’ayriqonuniy hatti –harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, mutaassiblikka, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymasligini chuqur tushunib etish talab etiladi.
Dunyoda globallashuv jarayoni shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda millatni millat sifatida saqlab qolish, yoshlarni turli axborot xurujlari va ommaviy madaniyatning garazli ta’siridan asrashda fanini oqitish juda muhimdir.
Ushbu uslubiy qo’llanmama talabalarga mazkur fanlar mazmunini chuqur o’zlashtirish, ularda ma’naviyat, dinlar haqida dunyoqarashni shakllantirish va olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan o’z shaxsiy fikrlariga ega bo’lishlari uchun yaxshi bir manbaa bo’lib xizmat qiladi degan umiddamiz.
|
| |