• 1. Harorat haqida tushuncha Harorat
  • 8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. Reja




    Download 1.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/12
    Sana15.02.2023
    Hajmi1.16 Mb.
    #42345
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    OOIMvaA 8-ma\'ruza
    1-amaliy, 1-amaliy mashg\'ulot, geokniga gornaya elektrotehnika capenko efred mirskiy mi suharev, 27-Ma\'ruza, Tyutor M. Saitovning hisoboti, Гурунтлар.тест, amaliyot dasturi (EEE), 5f6c41bc6a0f77.76404169Exsel жадвал хисоблагичларида иктисодий ва молиявий масалалрни ечиш (1), Намуна штат жадвали учун, Ma\'ruza-3, 3-amaliy mashg\'ulot, 5A, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 январдаги 59, Илмий ишлар рўйхати, Илмий ишлар 3.5 шакл


    8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. 
    REJA:  
    1. Haroratni o'lchash asboblari: kontaktli va kontaktsiz o’lchash usullari.
    2. Bosimni o'lchash usullari va asboblari: suyuqlik, deformatsion, prujinali, elektrik 
    va yuk porshenli manometrlar. 
    3. Sarf va miqdor to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Sarf va miqdor o’chash usullari 
    va asboblari.
    4. Sath o'lchash to'g'risida umumiy tushunchalar. Sath o’lchash usullari va asboblari. 
    5. Zichlik, qovishqoqlik va namlikni o’lchash usullari. 
    1. Harorat haqida tushuncha 
    Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‘lib, amalda ham 
    past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
    Jismning harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‘ladigan ichki 
    kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xarakterlanadi. 
    Haroratni o‘lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma’lum bo‘lgan 
    ikki jismning qizdirilishini taqqoslash yordamidagina amalga oshirilishi mumkin. 
    Jismlarning qizdirilganlik darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‘liq 
    bo‘lgan va osongina o‘lchanadigan fizik xossalaridan birini o‘zgartirishdan 
    foydalaniladi. 
    Molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi 
    bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
    Agar jismlarning harorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida 
    energiyalarning tenglashuvi ro‘y beradi: yuqoriroq haroratga ega, ya’ni 
    molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi ko‘proq bo‘lgan jism o‘z issiqligini 
    (energiyasini) kamroq haroratga ega, ya’ni molekulalarining o‘rtacha kinetik 
    energiyasi kamroq bo'lgan jismga beradi. Shunday qilib, harorat issiqlik almashish, 
    issiqlik o‘tkazish jarayonlarining ham sifat, ham miqdoriy tomonlarini 
    xarakterlaydigan parametrdir. Ammo, haroratni bevosita o’lchash mumkin emas: 
    uni jismning haroratga bir qiymatli bog‘liq bo‘lgan qandaydir boshqa fizik 
    parametrlari bo‘yicha aniqlash mumkin. Haroratga bog‘liq parametrlarga masalan, 
    hajm, uzunlik, elektr qarshilik, termoelektr yurituvchi kuch, nurlanishning energetik 
    ravshanligi va hokazolar kiradi. 

    Download 1.16 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1.16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. Reja

    Download 1.16 Mb.
    Pdf ko'rish