8-mavzu: hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi




Download 62 Kb.
bet2/2
Sana17.10.2023
Hajmi62 Kb.
#88323
1   2
Bog'liq
hamkorlik
Malumotnoma, Ped yuklama uchun kitob (2), MAISHIY TAQVIM, DALOLOTNOMA, Ma’ruza sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari reja, Web-sahifalar orasida aloqalarni o’rnatish imkoniyatlari Reja-fayllar.org, 10 sinf nazorat ishi, 9-sinf-informatika-testlar-3, 05.10.2022, Mavzu Axborot texnologiyalari; ta\'limiy va nazorat qiluvchi das-fayllar.org, 2 5458602682426079925, МАЪЛУМОТ (ГулДУ 05.02.2024) (2), 1.3, bo-lajak-pedagoglarning-kreativligini-rivojlantirish-usullari
Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlar bilan ta`minlanadi: muammoli-modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli-modulli dastur pog’onaligi, egiluvchan jadval loyihasining mavjudligi va ko’p vazifali o’quv xonalarining jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqa. 

Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda ta`lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo’ladi. Bunday imkoniyatning o’zi taklif etilayotgan texnologiyada o’quv materialining blok va modulli printsip asosida saralanish evaziga vujudga keladi. 

Texnologik egiluvchanlik muammoli-modulli ta`lim jarayonining quyidagi jihati bilan ta`minlanadi: o’qitish metodlarining variantligi, nazorat va baholash tizimining egiluvchanligi, o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqa.
M.A.CHoshanovning ta`kidlashicha, kasb maktablarida o’qitish jarayonini muammoli-modulli asosga o’tkazish quyidagilarga imkon beradi:
- o’quv materialining muammoli modullarini guruhlash yo’li bilan kursni to’liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlarini ishlab chiqishni ta`minlaydigan dialektik birlikda integratsiyalash va tabaqalashtirishni amalga oshirish;
- bilim darajasiga bog’liq holda talabalarning u yoki bu muammoli-modulli dastur variantini mustaqil tanlashi va ularning dastur bo’ylab individual siljish sur`atini ta`minlanishi;
- muammoli modullardan pedagogik dasturli vositalarni yaratish uchun stsenariylar sifatida foydalanish;
- o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishda o’qituvchi ishida maslahatchi-koordinatsiyalovchi vazifaga urg’uni ko’chirish;
- o’quv materialini bayon qilish tezligi va o’zlashtirish darajasiga putr etkazmagan holda o’qitish metodlari va shakllari majmuasiga moslik asosida kursni qisqartirish;
SHu bilan birgalikda opponentlar tomonidan muammoli-modulli o’qitishning qator kamchiliklari ko’rsatildi, ular: ta`lim jarayonining bo’laklarga bo’linganligi, ya`ni o’quvchilarning mustaqil ishlari salmog’i birmuncha katta; o’quv predmetining yaxlitligi va mantiqini inkor etish; o’quvchilarni tayyorlash torligi: o’qitish kursining bog’liq bo’lmagan muammolar yoki masalalar seriyasiga qadar qisqarishi; umumlashmaga ziyon etkazadigan xususiy, aniq ko’nikmalarnigina shakllantirishi; muammoli modullarni tayyorlash va mashg’ulotni o’tkazishga tayyorgarlikning ko’p mehnat talab qilishi.
Sanab o’tilgan kamchiliklarning ko’pligi modulli o’qitish texnologiyasini o’rnatish bosqichida birmuncha aniq sezilsa-da, asta-sekinlik bilan dazmollanib boradi. SHuni eslatish joizki, u yoki bu texnologiyani “toza“ holda joriy etish mumkin emas. Xohlaymizmi yoki yo’qmi, o’quv jarayonini tashkil etishning an`anaviy yondashuviga va mavjud didaktik jarayonga tayanishga to’g’ri keladi.
Ta`lim mazmunini muammoli-modulli loyihalash quyidagi asosiy tayanchlardan iborat bo’ladi:
- bilish faoliyatining fundamental metodlari doirasida kursni joy-joyiga qo’yib tuzish. Misol uchun, matematika kursida bunday metodlarga matematik modellashtirish, aksiomatik, koordinat, vektorli, mantiqiy metodlar kiradi;
- tayanch muammoli modullarning mazmunini aniqlash. Saralashning muhim sharti bilish faoliyati metodlarining printsipli mazmuni hisoblanib, umummadaniy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu o’qitishning tayanch mazmuniga oid quyidagi mezonlarni hisobga olishni taqoza etadi:
- fundamental, uzviylik, uzluksizlik va ta`limni insonparvarlashtirish;
- echimi bilish faoliyati metodlarining mosini qo’llashni talab etadigan yirik kasbiy-amaliy muammolarni turli guruh kasblarining o’ziga xosligini hisobga olib ajratish;
- ixtisosli va darajali tabaqalashtirishni ta`minlashga yo’naltirilgan o’zgaruvchan modullarning mazmunini tanlash va hajmini aniqlash, shuningdek, muammoli-modulli dasturlarning turli - to’liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlari bo’yicha o’quvchilarning yakka tartibda olg’a siljishi uchun sharoitlar yaratish.
Muammoli modullarni qo’llash ko’lami quyidagi tartibotlarni qamrab oladi: tizimli, avtonom va integratsiyalashgan. Tizimli tartibot muammoli modullaridan mustaqil kurs doirasida foydalanishni taqozo etadi. Avtonom - ma`lumot moduli sifatida boshqa fanlar doirasida, integratsiyalangan - integrativ kurs doirasida qo’llanishi lozim.
SHunday qilib, muammoli-modulli o’qitish texnologiyasining mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: o’quvchilarning talab etilgan darajada bilimdonligiga erishish uchun o’quv materiali mazmunini yirik tuzilmalash, unga mos holda o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini tanlash amalga oshirilib, ular o’quvchilarni to’liq, kisqargan yoki chuqurlashgan o’qitish variantlarini mustaqil tanlash va o’tishga yo’naltiriladi. Muallifning ta`kidlashicha, muammoli-modulli o’qitish texnologiyasi bo’yicha 70 foiz o’quv materiali yuqori darajada o’zlashtirilgan (K  0,75) va aniq o’rnatilgan kompetentlik darajani kafolatli ta`minlangan. 

O’quv materialining belgili modellari asosida ta`limni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.SHatalov) 






Donetsk ochiq universiteti professori V.F.SHatalov o’qitishni jadallashtirish texnologiyasini ishlab chiqdi va amaliyotga tadbiq etib an`anaviy sinf-dars o’qitish usulining ochilmagan qirralarini ko’rsatib berdi.


Bu texnologiyada:
Ta`lim maqsadlari: 
  • Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 


  • har qanday individual qobiliyatli bolalarning barchasini o’qitish. 


  • Tezlashgan o’qitish (umumiy o’rta ta`lim hajmini 9 yilda o’qitish). 


Prinsiplari:


- ko’p marta takrorlash, majburiy bosqichli nazorat, yirik bloklar bilan o’rganish; faoliyatning dinamik yaxlitligi, tayanch signallar, harakatlarning mo’ljalli asoslari;
- shaxsga yo’naltirilgan yondashuv;
- insonparvarlik (barcha bolalar iqtidorli);
- o’quv vaziyatlarining tafovutsizligi, tuzatish uchun istiqbollarning ochiqligi, muvaffaqiyatning o’sib borishi;
- ta`lim va tarbiyaning uzviyligi.
Mazmunning o’ziga xos jihatlari: 
  • O’quv materiali yirik hajmda kiritiladi. 


  • Material bloklar bo’yicha joylashtiriladi. 


  • O’quv materiali tayanch sxema-konspekt ko’rinishida rasmiylashtiriladi. 


V.F.SHatalov texnologiyasining asosiy g’oyasi: darsda o’quvchilarning yalpi faolligini ta`minlaydigan o’quv faoliyati tizimi yaratiladi. O’quv faoliyatining andazasi asosida tayanch konspektlari (signallari) - o’quv materialining kodlashtirilgan ko’rsatmali chizmalari yotadi.


Tayanch - mo’ljalli harakatlar asosi, bolaning ichki aqliy faoliyatini tashqi ko’rinishida tashkil etish usuli.
Tayanch signal - assotsiativ ramz (belgi, so’z, rasm, chizma, shakl va boshqa) bo’lib, ma`lum fikriy ma`noni bildiradi.
Tayanch konspekt - qisqacha shartli matn ko’rinishidagi tayanchli signallar tizimi bo’lib, yaxlit o’quv materialining o’zaro bog’liq elementlari sifatida tushunchalar, faktlar, g’oyalar tizimining ko’rsatmali konstruktsiyasini o’zida aks ettiradi.
Bu texnologiyada o’qituvchi mehnati asosiy mavqeni egallaydi va bu mehnatga o’quvchilar ayrim hollardagina (nazorat, maslahat, yordam) jalb etiladi. Tayanch signallari yordamida o’qitish jarayoni qator bosqichlardan iborat:
1. Sinfda o’qitish: mavzu o’qituvchi tomonidan odatdagidek sinf doskasi yonida (bo’r, latta yordamida) tushuntiriladi, keyin esa tayanch konspektlar asosida mavzuni tushuntirish takrorlanadi. O’quvchilarning o’z konspektlari ustida mustaqil ishlashi ta`minlanadi va frontal tarzda bilimlar mustahkamlanadi.
2. Uyda mustaqil ishlash: tayanch konspektdagi kodlashtirilgan o’quv materiallarini o’quvchi darslik yordamida oydinlashtiradi.
3. Nazorat va baholash: mavzu bo’yicha o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalari tashqi nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish yordamida tekshiriladi. Nazorat shakli: tanya konspekti bo’yicha yozma, mustaqil ish, og’zaki so’rov; juftli o’zaro nazorat, guruhli o’zaro nazorat.
Download 62 Kb.
1   2




Download 62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-mavzu: hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi

Download 62 Kb.