• Tayanch so`z va iboralar
  • 8-Mavzu. Iccs, icils, piaac-halqaro baholash tadqiqotlari. (2-soat)




    Download 106,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana27.11.2023
    Hajmi106,04 Kb.
    #106702
    Bog'liq
    8-ma\'ruza



    8-Mavzu. ICCS, ICILS, PIAAC-halqaro baholash tadqiqotlari. (2-soat). 
    Hisoblash fanlari bo'yicha xalqaro konferentsiyalar, kattalar (voyaga etganlar) 
    kompetentsiyalarini xalqaro baholash; 
    Reja: Xalqaro baholash dasturlarining me’yoriy asoslari. Xalqaro baholash 
    dasturlari metodologiyasi 
    Tayanch so`z va iboralar . Xalqaro 
    baholash dasturi
    , PIRLS, TIMSS, PISA, 
    TALIS, PIAAC, ICCS, SITES, IALS, ALL, ETS, IEA ,DPS IEA, NIER 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
    murojaatnomasida davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida 
    taʼlim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib 
    tayyorgarlik 
    koʻrish 
    masalasiga 
    alohida 
    eʼtibor 
    qaratildi. 
    Qayd 
    etish lozimki
    , Prezidentimiz farmoni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq 
    taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlangan boʻlib, unda 
    Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining 
    reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga 
    erishish 
    ustuvor 
    vazifa 
    etib 
    belgilangan 
    edi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi 
    “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish 
    va 
    tashkil 
    etish 
    to‘g‘risida”gi 
    299-sonli 
    buyrug‘idan: 
    3-band 2-xatboshida: Monitoring jarayonini tashkil etish, nazorat materiallari va 
    turlarini ishlab chiqishda ilg‘or xalqaro tajribalar(PISA, TIMSS va h.k.)ni o‘rgangan 
    holda milliy monitoring tizimini takomillashtirish va uning natijalari asosida o‘quv-
    metodik 
    jarayonni 
    yanada 
    rivojlantirish 
    choralarini 
    ko‘rish 
    4-bandida:Monitoring jarayoni uchun nazorat (testlar, 
    yozma ishlar
    , so‘rovnoma, 
    og‘zaki savollar, audio(video) materiallarini tayyorlashda ularning umumiy hajmiga 
    nisbatan 20 % gacha o‘quvchilarning psixofiziologik 
    xususiyatlariga mos keladigan

    o‘quv dasturi va darsliklardan tashqari, xalqaro tajribalarda (PISA, TIMSS va h.k.) 
    qo‘llanilgan materiallardan foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. 
    Xalqaro 
    baholash 
    dasturlarining 
    ahamiyati 
    nimada? 


    So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan 
    iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali 
    kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. 
    Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va 
    o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab 
    etadi.Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi 
    uchun juda muhim ekanligi
    , aksariyat 
    xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va 
    monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga 
    jalb qilish kerakligini anglatadi.
    Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash 
    tizimini yaratish imkonini bеradi

    • 
    Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy 
    baholash tizimini yaratish imkonini bеradi. 
    • 
    O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan 
    holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda 
    monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati 
    rivojlanadi
    , ta’lim sifatini 
    baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi. 
    • 
    Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro 
    tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab 
    chiqish imkonini bеradi. 
    Ayni davrga kelib globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda 
    va o’z 
    navbatida
    , fan 
    va texnikaning rivojlanishiga
    , iqtisodiyotning yuqori darajada 
    o’sishiga hamda ta’lim sohasidagi integrasiya jarayoning yanada chuqurlashishiga 
    olib kelmoqda. Ta’limning sifati, 
    uning kompetentligi
    , mamlakatning ijtimoiy-
    iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatga chidamli malakali 


    mutaxassislarni tayyorlash globallashuv davrining muhim xususiyatlariga 
    aylandi. 
    Shuningdek
    , globallashuv jarayoni kelajak egalari sifatidayosh avlodni 
    tayyorlashda dunyo mamlakatlarining maqsadlarini umumiylashishiga olib keldi. 
    Dunyo davlatlari ta’limning jamiyat taraqqiyoti va inson rivojlanishidagi muhim 
    o’rnini e’tiborga olib, ta’lim sifatiga e’tibor qaratdi. Ayni davrda ta’lim sohasida 
    sifat tushunchasi global fenomen sifatida ko’rilmoqda.Yoshavlodning intelektual 
    faolligini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat balki xalqaro hamjamiyat 
    uchun ham muhim masalaga aylandi.Shuning uchun ta’lim sifati, ta’lim sifatini 
    baholash kabi masalalar bilan ko’pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarida ta’lim 
    sohasida baholashning quyidagi kabi xalqaro baholash dars turlari amaliyotga tatbiq 
    etilgan: 
    PIRLS, 
    TIMSS, 
    PISA, 
    TALIS, 
    PIAAC, 
    ICCS, 
    SITES, 
    IALS, 
    ALL.
    Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima 
    beradi? 
    Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim 
    mazmunini
    , pеdagog kadrlar tayyorlash va 
    ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar 
    tomonidan darsliklarning 
    yangi 
    avlodini 
    yaratishda 
    qo‘llaniladi. 
    Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro 
    standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rnito‘g‘risida xulosalar chiqarish 
    imkonini bеradi. 


    Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy 
    ta’sir ko‘rsatadi. 
    Ayni davrga kelib globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda 
    va o‗z navbatida, fan va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada 
    o‗sishiga hamda ta‘lim sohasidagi integrasiya jarayoning yanadachuqurlashishiga 
    olib kelmoqda. Ta‘limning sifati, uning kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-
    iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatga chidamli malakali 
    mutaxassislarni tayyorlash globallashuv davrining muhim xususiyatlariga 
    aylandi.Shuningdek, globallashuv jarayoni kelajak egalari sifatidayosh avlodni 
    tayyorlashda dunyo mamlakatlarining maqsadlarini umumiylashishiga olib keldi. 
    Dunyo davlatlari ta‘limning jamiyat taraqqiyoti va inson rivojlanishidagi muhim 
    o‗rnini e‘tiborga olib, ta‘lim sifatiga e‘tibor qaratdi. Ayni davrda ta‘lim sohasida 
    sifat tushunchasi global fenomen sifatida ko‗rilmoqda.Yoshavlodning intelektual 
    faolligini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat balki xalqaro hamjamiyat 
    uchun ham muhim masalaga aylandi.Shuning uchun ta‘lim sifati, ta‘lim sifatini 
    baholash kabi masalalar bilan ko‗pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarida ta‘lim 
    sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, PIAAC, ICCS, SITES, IALS, 
    ALL kabi xalqaro baholash dars turlari amaliyotga tatbiq etilgan. Zamonaviy 
    globallashuv va o‗sib borayotgan xalqaro raqobat sharoitida ―Har tamonlama 
    rivojlanish konsepsiyasi‖ yosh avlodning bilim darajasiga bog‗liq bo‗lib qolmoqda. 
    Shu maqsadda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8- 
    dekabrdagi 997-son qaroriga muvofiq Xalq ta‘limi tizimida ta‘lim sifatini baholash 
    sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil qilish, xalqaro aloqalarni o‗rnatish 
    o‗quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh 
    avlodning ijodiy g‗oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash 
    hamda rag‗batlantirish maqsadida qaror qabul qildi. O‗zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
    (keyingi o‗rinlarda Ta‘lim inspeksiyasi deb ataladi), Xalq ta‘limi vazirligi, Tashqi 
    ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi xalqaro baholash dasturlari 


    bo‗yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi o‗rinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) 
    tashkil etish: 
    •Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‗ich 4-
    sinf o‗quvchilarining matnni o‗qish va tushunish darajasini baholash uchun; 
    •Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf 
    o‗quvchilarining matematika va tabiiy yo‗nalishdagi fanlardan o‗zlashtirish 
    darajasini baholash uchun;
    •The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli 
    o‗quvchilarning o‗qish, matematika va tabiiy yo‗nalishdagi fanlardan savodxonlik 
    darajasini baholash uchun;
    •The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog 
    kadrlarning umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida o‗qitish va ta‘lim olish muhitini 
    hamda o‗qituvchilarning ish sharoitlarini o‗rganish uchun kabi xalqaro baholash 
    dasturlari taahkil etilmoqda. Xo‗sh, Progress in International Reading and Literacy 
    Study (PIRLS), Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS), 
    The Programme for International Student Assessment (PISA), The Teaching and 
    Learning International Survey (TALIS) kabi xalqaro baholash dasturlari o‗zi qanday 
    baholash turi? Bu kabi xalqaro tadqiqotlar mamlakatimiz ta‘lim tizimida qanday 
    ahamiyati bor? Bizga shu kabi xalqaro baholash dasturlari nima uchun kerak degan 
    savollar tug‗iladi. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) 
    ning mazmun va mohiyati. PIRLS (Progress in International Reading Literacy 
    Study-Xalqaro o‗qish savodxonligini o‗rganishdagi taraqqiyot) bu 4-sinf 
    o‗quvchilarning matnni o‗qish va tushunishdarajalarini baholab beruvchi xalqaro 
    qiyosiy baholash mezonidir. 
    PIRLS- (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni 
    o‗qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro 
    tadqiqotning maqsadi turli xil ta‘lim tizimidan iborat bo‗lgan davlatlarda 
    boshlang‗ich maktab o‗quvchilarining matnni o‗qish va qabul qilish bo‗yicha 
    tayyorgarligi hamda o‗quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‗luvchi 
    ta‘lim tizimidagi o‗ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, 


    bunday tadqiqot xalq ta‘limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, 
    o‗qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. PIRLS 
    tadqiqotlari Xalqaro ta‘lim institutlari assosiatsiyasi (IEA) tomonidan 
    muvofiqlashtiriladi. 
    Ta‘lim 
    yutuqlarini 
    baholash 
    xalqaro 
    assosasiyasi 
    (IEAInternational Association for the Evaluation of Educational Achievement) 
    tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas‘uliyat 
    Chestnut Hill (Maccachucetc, AQSH) Boston kollejiga yuklatilgan.Tadqiqot uchun 
    topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma‘lumotlar markazida amalga 
    oshiriladi.Ilk bora tadqiqot 2001-yilda o‗tkazilgan.Tadqiqot har 5 yilda bir marotaba 
    o‗tkaziladi.PIRLS tadqiqotda ishtirok etuvchi turli mamlakatlarda boshlang‗ich 
    sinfga maktab o‗quvchilarini qabul qilish yoshi turlicha. Ko‗plab mamlakatlarda 
    maktabga olti yoshdan qabul qilishadi va to‗rtinchi sinfni 10.5 yoshda 
    tugatishadi.Biroq, Angliya, Yangi Zelandiya, Trinidad Tobagoda- maktabga 5 
    yoshdan qabul qilishadi va ahamiyatli jihati PIRLS xalqaro tadqiqotida ushbu 
    mamlakatlarning 5-sinf o‗quvchilari xalqaro tadqiqotda ishtirok etishadi.Shvesiya, 
    Daniya va ko‗plab Sharqiy davlatlarda- maktabga 7 yoshdan qabul boshlanadi va 
    ushbu mamlakatlarning o‗quvchilari qolgan tengdoshlariga nisbatan eng katta 
    (10,7-10,9) yoshni tashkil etadi. Trends in International Mathematics and Science 
    Study (TIMSS). TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy maqsadi boshlangʻich va oʻrta 
    maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha ta‘lim sifatini qiyosiy 
    baholashdan iborat.Tadqiqotda 4-8-sinf oʻquvchilarining ta‘limdagi yutuqlari, 
    jumladan, ularning nafaqat bilim va koʻnikmalari, balki fanlarga boʻlgan 
    munosabati, qiziqishlari va oʻqishga boʻlgan motivatsiyasi ham baholanadi. 
    Tadqiqot shunday tuzilganki, uning natijalari 4-sinf oʻquvchilari 8-sinfga 
    oʻtganlarida, har 4 yilda ishtirokchi mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar 
    boʻyicha taʼlim tendentsiyalarini kuzatib boradi. Shunday qilib, boshlang‗ich va 
    o‗rta maktab o‗quvchilarining ta‘lim yutuqlari, shuningdek, boshlang‗ich 
    maktabdan o‗rta maktabga o‗tish davrida matematika va tabiatshunoslik ta‘limidagi 
    o‗zgarishlar nazorat qilinadi. Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz 
    ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining 


    samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston 
    Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash 
    tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, 
    adabiyotlarda keltirilishicha, kreativlik mashq qilish yoki bilim olish bilan orttirilishi 
    mumkin. Xalqaro baholash dasturida o‘quvchilarni kreativ fikrlashni baholash biror 
    ishni amalga oshirish uchun kerakli bo‗lgan tug‗ma qobiliyatga ega bo‗lish 
    kreativlikka oid berilgan topshiriqlarga qaratilgan bo‗lib, o‗quvchilarning kreativ 
    fikrlashiga imkon beradigan o‗zgaruvchan iqtidorlariga katta e‘tibor qaratadi. 
    Bunday turdagi kreativ fikrlash nafaqat san‘at yoki ijodiy bayon kabi 
    o‗quvchilarning ichki dunyolarini ifoda qilishlarini talab etadigan ilmiy 
    kontekstlarda, balki g‗oyalar umumlashuvi keng miqyosdagi ijtimoiy muammolar 
    va murakkabliklarni tahlil qilishga qaratilgan bo‗lishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda 
    o`quvchilar bilimini baholashning Xalqaro tadqiqotlaridan yana bir muhimi TIMSS 
    dasturidir. TIMSS – ham jahon mamlakatlari ta‘lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. 
    TIMSS dasturi Ta‘lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA 
    (InternationalAssociation for the Evaluation of Educational Achievements) 
    tomonidan tashkil etilgan bo`lib, TIMSS (Trends in International Mathematics and 
    Science Study) testi birinchi bo`lib 1995 yilda amalga oshirilgan. Uning maqsadi 
    matematika va tabiiy fanlar sohasida o`qitish sifatini qiyosiy tahlil qilish edi. 1995 
    yilda uchinchi, to'rtinchi, ettinchi, sakkizinchi va o'n birinchi sinf o'quvchilari 
    o'qishga taklif qilindi. Bugungi kunda unda faqat to'rtinchi va sakkizinchi sinf 
    o'quvchilari qatnashmoqda. Mazkur tadqiqotda o`quvchilar orasida matematika va 
    tabiiy fanlar bo`yicha ta‘limning sifati, darajasi, fanga bo`lgan munosabati, 
    qiziqishini aniqlaydi. Tadqiqotning yana bir afzal tarafi shuki, o`quvchilar, maktab 
    ma‘muriyati va o`qituvchilari orasida qo`shimcha so`rovnomalar o‗tkazadi va fan 
    sohasida to`sqinlik qilayotgan asosiy sabablarni aniqlaydi, tahlil qilinadi va shu 
    omillar yechimi yuzasidan ish olib boriladi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. 
    Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Xalqaro baholash dasturi o`quvchi va talabalarni 
    nafaqat bilimli qilibgina qolmay, kelajakda hayot yo`lida, kundalik turmush 
    jarayonida uchraydigan muammolarni qiyinchiliklarsiz hal etishga, faqatgina o`zi 


    tanlagan bir yo`nalishda kasb egasi bo`libgina qolmay, aqliy salohiyatidan kelib 
    chiqib bir vaqtning o`zida turli xil hunar egallashiga zamin yaratadi. REFE

    Download 106,04 Kb.




    Download 106,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Mavzu. Iccs, icils, piaac-halqaro baholash tadqiqotlari. (2-soat)

    Download 106,04 Kb.
    Pdf ko'rish