|
Xalqasimon topologiya (ring network)—
|
bet | 4/7 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #129694 |
Bog'liq 1-маъруза Xalqasimon topologiya (ring network)— bu kompyuter tarmog‘ining topologiyasi bo‘lib, unda har bir kompyuter aloqa liniyalari orqali boshqa ikkita boshqa kompyuter bilan ulangan: bittasidan faqat ma’lumot oladi, boshqasiga faqat uzatadi. - Xalqasimon topologiya (ring network)— bu kompyuter tarmog‘ining topologiyasi bo‘lib, unda har bir kompyuter aloqa liniyalari orqali boshqa ikkita boshqa kompyuter bilan ulangan: bittasidan faqat ma’lumot oladi, boshqasiga faqat uzatadi.
5-rasm. Xalqa topologiyasida kompyuterlarni ulanishi
Shinasimon topologiyasi (bus network) -umumiy kabeldan iborat bo‘lib (shina yoki magistral deb ataladigan), unga barcha ishchi stansiyalar ulanadi. - Shinasimon topologiyasi (bus network) -umumiy kabeldan iborat bo‘lib (shina yoki magistral deb ataladigan), unga barcha ishchi stansiyalar ulanadi.
6-rasm. Shina topologiyasida kompyuterlarni ulanishi
- Gibrid topologiyasi — katta tarmoqlarda kompyuterlar orasida erkin aloqa o‘rnatish uchun ishlatladigan topologiya. Bu tarmoqlarda erkin bog‘langan fragmentlarni ajratish mumkin. Shuning uchun bunday tarmoqlarni aralash topologiyali tarmoqlar deyiladi.
Kompyuter tarmog‘ining apparat va dasturiy ta’minoti. - Tarmoq qurilmalari — kompyuter tarmog‘ining ishlashi uchun zarur bo‘lgan qurilmalar.
- Marshrutizator yoki router(ingl. Router) — tarmoq topologiyasi haqidagi ma’lumot va berilgan qoidalar asosida paketlarni tarmoq segmentlari orasida uzatish haqida qaror qabul qilauvchi qurilma.
7-rasm. Router yordamida tarmoqqa ulanish
- Tarmoq kommutatori yoki svitch (ingl. switch — o‘tkazgich (pereklyuchatel)) — bitta segment chegarasida kompyuter tarmog‘ining bir nechta tugunini birlashtiruvchi qurilma.
- Konsentrator trafikni bitta qurilmadan boshqa barcha qurilmalarga yuborsa, kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu esa ma’lumotlar almashish tezligini va tarmoq xavfsizligi oshiradi. Tarmoqning boshqa segmentlarini ular uchun mo‘ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashdan ozod qiladi.
|
| |