8-mavzu: Sopol buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar, gil va uning xossalari




Download 21,33 Kb.
bet3/3
Sana25.11.2023
Hajmi21,33 Kb.
#105373
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu(1)

Gil qazib olish. Sopol materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun gil, odatda, bevosita korxona yaqinida joylashgan ochiq konlardan ekskovatorlar va boshqa mashina hamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Korxonaga gil kuzovi ag‘dariladigan vagonetkalarda, rels yo‘llarda, avtosamosvallar, tasmali transporterlar, kanat yo‘l vagonetkalari va transportning boshqa turlari bilan tashiladi.
Keramik issiqlik izolyasion mahsulotlarni blok, g‘isht, qobiq va segmentlar kurinishida, qoliplash, quritish va kuydirish yo‘li bilan olinadi.
Keramik issiqlik izolyasion mahsulotlarning xossalari va ishlab chiqarish usullari qurilish keramikasi xossalari va uni tayyorlash usullari bilan o‘xshashliklarga ega. Ammo, ular orasida farqlar ham bor, bu farqlar qurilish keramikasiga qaraganda bu mahsulotlarning yuqori g‘ovakligidan kelib chiqadi. Masalan, devor keramik mahsulotlari g‘ovakligi 20 dan 30% gacha chegarada (hajm bo‘yicha), issiqlik izolyasion keramik mahsulotlarda esa 55 dan 75% gacha va ko‘proq bo‘ladi. Keramik issiqlik izolyasion mahsulotlarning yuqori g‘ovakliligi kichik hajmiy og‘irlikni, kichik mustahkamlik va past issiqlik o‘tkazuvchanlikni ta’minlaydi.
Asosiy xom ashyo turiga ko‘ra keramik issiqlik izolyasion mahsulotlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-diatomitli, ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida diatomit yoki trepel xizmat qiladi;
-vermikulitli, ko‘pchitilgan vermikulit va loyli bog‘lovchidan olinadi;
-perlitli, ularni ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo sifatida ko‘pchitilgan perlit va loyli bog‘lovchi xizmat qiladi;
-yengil yong‘inga chidamli, yong‘inga chidamli tuproq va kvarsitdan olinadi.
Download 21,33 Kb.
1   2   3




Download 21,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-mavzu: Sopol buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar, gil va uning xossalari

Download 21,33 Kb.