• Gillarning olovda kichrayishi
  • Qo‘shilmalar.
  • 8-mavzu: Sopol buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar, gil va uning xossalari




    Download 21,33 Kb.
    bet2/3
    Sana25.11.2023
    Hajmi21,33 Kb.
    #105373
    1   2   3
    Bog'liq
    8-mavzu(1)

    Gillarning havoda kichrayishi 1100С da quritish jarayonida endigina qoliplangan namunaning chiziqli o‘lchamlarida foiz hisobida ifodalanadi. Yuqori plastik gillarning havoda chiziqli kichrayishi 10 % dan ortiq, o‘rtacha plastiklikdagi gilniki 6-10% va past plastik gilniki 6 % dan kam bo‘ladi.
    Gillarning olovda kichrayishi deb pishirish jarayonida quruq namunaning chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga aytiladi. Gillarning olovda kichrayishi ularning turiga qarab odatda 1-4 % atrofida bo‘ladi.
    Olovbardoshlik – gilning yuqori harorat ta’siriga shakli o‘zgarmay olovga bardosh bera olish xossasidir. Olovbardoshligi bo‘yicha gillar uch guruhga bo‘linadi: yumshash harorati 15800C dan yuqori olovbardosh gillar; yumshash harorati 15800-13500C bo‘lgan qiyin suyuqlanadigan gillar va yumshash harorati 13500C dan past oson suyuqlanadigan gillar.
    Olovbardosh gillar gilli zarrachalardan iborat bo‘lib, ularning tarkibida ozgina miqdorda aralashmalar bo‘ladi va shu sababli yuqori plastiklikka ega. Bu gillar olovbardosh chinni va fayans buyumlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Qiyin suyuqlanadigan gillar pol plitkalari, oqava quvurlari va qurilishbop sopolakning boshqa turlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
    Qo‘shilmalar. Plastik sergil xom ashyo sopol materiallar ishlab chiqarishda kam ishlatiladi, chunki quritish va pishirish jarayonida ular sezilarli hajmiy kichrayadi, buning natijasida yoriqlar hosil bo‘ladi. Hajmiy kichrayishni kamaytirish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga gilni kamaytiruvchi materiallar (qum, shlak, qattiq yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan kul, maydalangan sopol sinig‘i, shamot va boshqalar) kiritiladi.
    G‘ovakligi yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan yengil sopol materiallar olish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga kukun hosil qiluvchi qo‘shilmalar kiritiladi, ular pishirish jarayonida yonib ketadi (qipiq, ko‘mir kukuni, torf va boshqalar).
    Boyituvchi va plastiklovchi qo‘shilmalar (yuqori plastik va bentonitli gillar, ko‘mir qazib chiqarishdagi chiqindilar, sulfat-spirtli barda, (qog‘oz ishlab chiqarish chiqindisi va boshqalar) tuproq gil xom ashyosini boyitish, uning plastikligini oshirish, gillarning qoliplanish va qurilish xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladi.
    Sopol materiallar va buyumlar turli-tuman o‘lchamga, shaklga, fizik-mexanik xossalarga ega bo‘ladi va turli maqsadlarda foydalaniladi. Ammo ularni ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy bosqichlari taxminan bir xil bo‘ladi va xom ashyo materiallarni qazib olish, xom ashyo massani tayyorlash, qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish va omborda saqlashni o‘z ichiga oladi.

    Download 21,33 Kb.
    1   2   3




    Download 21,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu: Sopol buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar, gil va uning xossalari

    Download 21,33 Kb.