• Xotira hajmi ortadi.
  • Ichki xotirani tashkil etilishi
  • 8-mavzu: xotira ierarxiyasi, ichki xotirani tashkil etilishi. Static va dinamik xotira, xotiraning adreslari. Doimiy xotira va uning turlari. Flesh-xotira r eja




    Download 1.93 Mb.
    bet2/3
    Sana01.06.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #68368
    1   2   3
    Bog'liq
    8-mavzu. Xotira ierarxiyasi

    Xotiraga kirish vaqti ortadi. Masalan, registrlarga kirish uchun bir necha nanosekund talab etilsa, asosiy xotiraga kirish uchun esa ber necha o’nlab nanosekundlar talab etiladi. Undan so`ng kirish vaqti sezilarli darajada ortadi: masalan, magnit disklarga kirish vaqti registrlarga kirish vaqtiga nisbatan yuzlab marta sekin hisoblanadi. Optik disklar va lentali tashuvchilarga kirish vaqtini sekundlarda o`lchash mumkin.
    Xotira hajmi ortadi. Eng samarali holatda registrlar 128 bayt ma`lumotni sig`dirishi mumkin, kesh-xotira esa o`nlab megabaytni, asosiy xotira – gigabayt va magnit disklar terabayt hajmdagi ma`lumotlarni sig`dira olishi mumkin.
    Narx oshib boradi. Masalan, narxdagi ko`p bo`lmagan tafovvut bilan gigabaytda o`lchanuvchi asosiy xotira va terabaytda o`lchanuvchi doimiy xotira qurilmasini sotib olish mumkin.


    Ichki xotirani tashkil etilishi

    Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning ichki xotirasi deb ataladi. Ichki xotira - dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu xotira har biri ma’lum bir vazifalami bajarish uchun mo‘ljanangan, bir-nechta registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 8, 16 yoki 32 razryadga ega bo‘ladi.


    Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli, ularga ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.
    Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri PC (Program Coun­ter) - buyruqlar sanagichi registridir, ushbu registr IP (Instruction Point­er) - buyruqlarni ko ‘rsatuvchi registri ham deb ataladi. Bu registr tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqlarning xotiradagi adresini ko‘rsatib turadi.
    Muhim registrlardan yana biri, bu buyruqlar registri (Instruction Register - IR) hisoblanadi. Unda tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq yozilgan bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarning protsessorlari, tarkibida turli xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan turli xil registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi.



    8.4-rasm. Xotira turlarining tashkiliy joylashuv sxemasi



    Download 1.93 Mb.
    1   2   3




    Download 1.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu: xotira ierarxiyasi, ichki xotirani tashkil etilishi. Static va dinamik xotira, xotiraning adreslari. Doimiy xotira va uning turlari. Flesh-xotira r eja

    Download 1.93 Mb.