8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari




Download 53,71 Kb.
bet4/4
Sana17.02.2024
Hajmi53,71 Kb.
#158258
1   2   3   4
ALTni tarkibi va strukturasi
Har qanday TJ ALT kompleks texnik vositalar, dasturiy-uslubiy kompleks va xizmat ko’rsatuvchi personal tashkil qiladi.
Kompleks texnik vositalar tizimga ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni ta’minlashni ko’zda tutgan, tizimda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, aks ettirish va ma’lumotlarni loyihalovchi uchun qulay holdagi shakilda berish, shuningdek loyihalashdagi ma’lumotlar ishlov jarayonini boshqarish. TJ ALT texnik vositasiga xisoblash texnikasi, pereferiya tuzlishi(asosan ma’lumotni kiritish-chiqarish uchun qo’llaniladi), tarmoq jixozi ixtisoslashgan AIJ kiradi.
-invormatsiya- TJ ALT da foydalaniladigan loyiha ychimlarini ishlash uchun ma’lumot- odatda xujjatlardagi;
-matematik-matematik uslublar yig’indisi, madel va algoritmlar, bevosita loyihalash muolajalarini bajarish uchunkerak;
-ligvistik- TJ LATI da foydalaniladigan loyihalash tilini muammosiga-mo’ljallangan maxsus ma’lumoti;
-dasturiy- barch kompleks dastur va ekspluatatsion xujjatlar unga odatdagi tekstli xujjatlar yoki mashinali tashuvchilar;
-uslubiy- TJ LATI ni umumiy yozuvlaridan iborat komplekt xujjatlar; avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish bo’yicha ma’lumotlar;
-tashkiliy- komplekt xujjatlar( yoriqnoma,shtat jadvali, qoidalar),
ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari (1.1-rasm). Vositalar kompleksini ikki turga: bir turdagi ta’minlash vositalari kompleksiga (texnikaviy, dasturaviy, informatsion) va kombinatsiyalashgan vositalar kompleksiga ajratishadi.
Bir turdagi ta’minot vositalari komplekslari bir turdagi ta’minlash komplekslaridan va (yoki) komponentlaridan tarkib topadi; kombinatsiyalashgan vositalar komplekslari esa – har xil turdagi ta’minlash komplekslari va komponentlari majmuidan tashkil bo‘ladi. Vazifasi ishlab-chiqarish-texnikaviy bo‘lgan mahsulotlarga taalluqli kombinatsiyalashgan ALTVKlar ikki turga bo‘linadi:
dasturaviy-metodik kompleks (DMK);
dasturaviy-texnikaviy kompleks (DTK).
Dasturaviy metodik kompleks loyihalash ob’ekti (ob’ektning bir yoki bir necha qismi yoki bir butun ob’ekt) bo‘yicha tugal loyiha echimini olish yoki unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan dasturaviy, informatsion va metodik ta’minotlar (matematik va lingvistik ta’minotlar komponentlari bilan birga) komponentlarining o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat.
Vazifasi bo‘yicha DMKlar umumtizimiy DMKlarga va bazaviy DMKlarga bo‘linadi; bazaviy DMKlar o‘z navbatida muammoga yo‘nalgan va ob’ektga yo‘nalgan DMKlarga bo‘linadi.
Dasturaviy-texnikaviy kompleks DMKlarning texnikaviy ta’minotning komplekslari va (yoki) komponentlari bilan o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat.
Vazifasi bo‘yicha DTKlar avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) va markaziy hisoblash komplekslari (MHK)ga bo‘linadi.
Vositalar komplekslari o‘zlarining hisoblash va informatsion resurslarini birlashtirib nimtizim yoki butun tizimlarning lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishi mumkin.
Dasturiy informatsion, metodik, matematik, lingvistik va texnikaviy ta’minot turlarining komponentlari vositalar komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
ALTVK funktsiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga kiruvchi komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o‘zaro moslashuvini ta’minlagan holda ishlab chiqish hisobiga erishilishi kerak.



8.2-rasm. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari
Loyihalanayotgan ob’ektlar parametrlariga misollar.
Porshenli kompressorlar uchun:
chiquvchi parametrlar – kompressor unumdorligi, dvigatel quvvati, yonishning maksimal bosimi, sikllar soni, yonilg‘i sarfi;
Ichki parametrlar – klapanlardan oqib o‘tish koeffitsienti, ishqalanish koeffitsientlari, ichki bo‘shliqlarning geometrik o‘lchamlari;
Tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati, so‘rishning birinchi bosqichida gaz bosimi, chiqarish tizimidagi qarshilik.
Elektron kuchaytirgichlar uchun:
chiquvchi parametrlar – o‘rta chastotalarda kirish qarshiligi, yoyilib ketish quvvati;
ichki parametrlar – rezistorlar qarshiligi, kondensatorlar sig‘imi, tranzistorlar parametrlari;
Tashqi parametrlar – yuk sig‘imi va qarshiligi, ta’minlash manbalari kuchlanishlari.
Optik pribor uchun:
chiquvchi parametrlar – sferik abberatsiya, koma, asttimatizm, tizimning fokus masofasi;
ichki parametrlar – linzalar sirtlarining radiuslari va ular orasidagi masofa;
tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati va sh.k.
Chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar sonini m, n, l orqali, bu parametrlarning vektorlarini esa mos ravishda Y=(y1, y2, ..., ym), H=(h1, h2, ..., hn), Q=(q1, q2, ..., ql) deb belgilaymiz. Tizimning xossalari ichki va tashqi parametrlarga bog‘liq, ya’ni
Y = F (H, Q). (1.1)
(1.1) bog‘lanishlar tizimi ob’ektning matematik modeliga misol bo‘ladi. Bunday MM mavjudligi X va Q vektorlarning ma’lum qiymatlari bo‘yicha chiquvchi parametrlarni osonlik bilan baholash imkonini beradi. Lekin (1.1) bog‘lanishning mavjudligi uning ishlab chiquvchiga ma’lumligini va V vektorga nisbatan xuddi shunday ochiq ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkinligini bildirmaydi. Odatda, (1.1) ko‘rinishdagi matematik modelni faqat juda sodda ob’ektlar uchungina olish mumkin bo‘ladi. Loyihalanayotgan ob’ektdagi jarayonlarning matematik bayonining fazaviy o‘zgarishlar vektori V ishtirok etadigan tenglamalar tizimining modeli beriladigan holat tipik bo‘ladi:

LV(Z)=j(Z). (1.2)
bu erda: L – qandaydir operator,
Z – mustaqil o‘zgaruvchilar vektori; umumiy vektori; umumiy holda vaqt va fazaviy koordinatalarni o‘z ichiga oladi;


j(Z) – mustaqil o‘zgaruvchilarning berilgan funktsiyasi.

Fazoviy o‘zgaruvchilar ob’ektning fizikaviy yoki informatsion holatini tavsiflaydi, ularning vaqtda o‘zgarishi esa ob’ektdagi o‘zgaruvchi jarayonlarni ifodalaydi.
Download 53,71 Kb.
1   2   3   4




Download 53,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari

Download 53,71 Kb.