8-sinf elektr razryadi




Download 13.39 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi13.39 Kb.
#55750
Bog'liq
8-SINF fizika
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide



8-sinf ELEKTR RAZRYADI
Mavzu. ELEKTR RAZRYADI
Elektrlangan jismlarning tashqi ta’sir natijasida zaryadigsh yo’qotishi. Akkumulyatorlar va boshqalar kimyoviy elektr manbalarida, kondensatorlarda turli ishorali zaryadlar bilan zaryadlangan o’tkazgichlar o’zaro ta’sirlashganda sodir bo’ladi. Elektr razryadi gaz, vakuum va dielektriklarda ham ro’y beradi. Gazdan tok o’tishi gaz razryadi deb ataladi. Gaz razryadning mustaqil va nomustaqil turlari mavjud. Gazning o’tkazuvchanligi ionizatorga bog’liq bo’lsa, nomustaqil, tashqi ta’sirsiz gazdan tok o’tsa, mustaqil razryad bo’ladi. Gazlarning xossa va holatlariga, elektrodlarning materiali, shakli, o’lchamlari va o’zaro joylashishiga, elektrodlardagi kuchlanish kattaligiga bog’liq ravishda mustaqil razryadning miltillama razryad, yoy razryad, toj razryad, uchqun razryad, yashin kabi turlari kuzatiladi. Miltillama razryad gazda past bosimlarda kuzatiladi. Bunda elektrodlar orasidagi masofa 30-50 santimetr, elektrodlardagi kuchlanish o’zgarmas va bir necha yuz voltga teng bo’ladi. Nurlanishning rangi nay ichiga to’ldirilgan gaz turiga bog’liq. Bu xildagi razryad kunduzgi yorug’lik lampalarida, gaz razryadli naylar dekoratsiya maqsadlarida yoki reklama yozuvlarida ishlatiladi. Yuqori chastotali o’zgaruvchan elektr maydon ta’sirida yuqori chastotali gaz razryad paydo bo’ladi. Yuqori chastotali razryaddan spektroskopiyada yorug’lik manbai sifatida, texnikada tok yo’nalishini o’zgartirish, o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish bilan bog’liq bo’lgan ishlar va boshqalarda foydalaniladi. Toj razryad bir jinsli bo’lmagan elektr maydonipa bo’lgan gazda elektrodlar o’tkir qismlarining yaqinida binafsha rangdagi nurlanish tarzida paydo bo’ladi. Toj razryad yuqori kuchlanishli simlar yaqinida, daraxtlarning o’tkir uchlari va boshqalarda hosil bo’ladi. Yashin qaytargichlarning ishi toj razryadga asoslangan. Atmosferada momoqaldiroq bo’lgan vaqtda hosil bo’ladigan kuchli elektr maydon yashin qaytargichning uchida toj razryadni vujudga keltiradi. Bu razryad zaryadlarning bino oldida to’planishiga yo’l qo’ymay, ularni yerga o’tkazib turadi va binoga yashin tushishidan saqlaydi. Uchqun razryad normal yoki yuqori bosim sharoitida elektrodlar orasidagi elektr maydon kuchlanganligi juda katta bo’lganda havoda vujudga keladi. Uchqun razryaddan uchqun razryadlagichlarda, ichki yonuv dvigatelida yonilg’i aralashmasini o’t oldirishda, metall sirtini erroziyadan tozalash va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi.
Download 13.39 Kb.




Download 13.39 Kb.