9- mavzu. Rs va rl zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar Reja




Download 15,04 Kb.
bet1/2
Sana22.11.2023
Hajmi15,04 Kb.
#103751
  1   2
Bog'liq
9- mavzu. Rs va rl zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar Reja-fayllar.org


9- mavzu. Rs va rl zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar Reja

9- mavzu. RS va RL zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar
Reja:
1. Vaqt doimiylari, o‘tkinchi va statsionar ta’sirlar va demferlash(so‘nish).
2. Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok.
3. R, L va S dan tuzilgan sodda sxemalarni loyihalash

Amalda elektromagnit energiyani bir turdan boshqa turga aylantirishning barcha fizik jarayonlari hozirgi zamon elektrotexnikasining (elektr mashinalar, elektronika, radiotexnika, aloqa, elektroavtomatika, yarim o‘tkazgichlar, hisoblash texnikasi va boshqalar) asosini tashkil etadi; ya’ni e.yu.k., kuchlanish, tok va boshqa elektromagnit miqdorlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi bilan boliq bo‘ladi. Bunday miqdorlarni o‘zgaruvchan tokning asosiy tushunchalari bilan umumlashtirib, o‘zgaruvchan tok qonuniyatlari shunga o‘xshash o‘zgaruvchan miqdorlarga ham taalluqli ekanligini aytib o‘tamiz.


Umuman, o‘zgaruvchan tok vaqt bo‘yicha ma’lum qonunga kura o‘zgaradi, ya’ni tokning miqdori vaqtning funksiyasidir:

bunda - tokning oniy qiymati, t - vaqt,


O‘zgaruvchan tokni uchta turga bo‘lish mumkin:
1) miqdori o‘zgaruvchan, ammo yo‘nalishi o‘zgarmas (pulsatsiyalanuvchi) tok (9.1-a,b va v rasm);
2) miqdori va yo‘nalishi o‘zgaruvchan tok (9.1- g,d va e rasm);
3) davriy o‘zgaruvchan tok (9.1- v.d va e rasm).
Davriy o‘zgaruvchan tokning oniy qiymatlari davr deb ataladigan teng vaqtlar ichida ma’lum qonuniyatlar bilan takrorlanib turadi, ya’ni:
(k=1,2,...n)
Masalan, 9.1- e rasmdagi davriy sinusoidal tokning ifodasi quyidagicha:

bunda f = 1/T - tokning chastotasi (takroriyligi), (gers): 1 Gs - 1/sek.


Bu holda, tokning yo‘nalishi birinchi yarim davr ( 0 < t < T/2 ) davomida musbat, ikkinchi yarim davr (T/2 < t < T ) davomida manfiy deb hisoblanadi. Vaqt t = 0, T/2, T va h.k. bo‘lganda zanjirdagi tok nolga teng.
Elektrotexnikada ishlatiladigan davriy toklarning chastotalari doirasi juda keng bo‘lib, gersning o‘ndan biridan tortib, to milliardlarga teng bo‘lgan qiymatlarni tashkil etadi. Elektrotexnikadagi standart chastotalar O‘rta Osiyo va Evropada 50 Gs, AQSHda, Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarda 50 - 60 Gs chastota ishlatilishi quyidagilar bilan boliq: chastotalarning 50 - 60 Gs dan kichik qiymatlarida elektr mashinalar va transformatorlarning o‘lchamlari kattalashib, tannarxi ortadi. SHuningdek, elektr lampochkalar yoruligining lipillashi ko‘zga sezilarli bo‘ladi. CHastotani 50 Gs dan birmuncha orttirish elektr mashinalarida energiya isrofining ortishiga sabab bo‘lib, hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya e.yu.k. va elektr siimi hodisalari o‘zgaruvchan tok qurilmalarining ishiga salbiy ta’sir qiladi.
Simli aloqa texnikasida va sanoat elektronikasida chastotasi 100 Gersdan 10 000 Gersgacha bo‘lgan toklar ishlatiladi. Radiotexnika va televidenieda chastotasi o‘nlab kilogers va megagerslargacha (1 mGs = 10 Gs) bo‘lgan toklardan foydalaniladi.



Download 15,04 Kb.
  1   2




Download 15,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9- mavzu. Rs va rl zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar Reja

Download 15,04 Kb.