Insonining qo’l kafti tuzilishiga ko’ra identifikatsiyalash”




Download 202 Kb.
bet14/14
Sana14.05.2024
Hajmi202 Kb.
#232163
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
9 , 10 – Amaliy mashg’ulot

Insonining qo’l kafti tuzilishiga ko’ra identifikatsiyalash”ning ikki xil usuli mavjud. Birinchi usulda qo’l kaftining tuzilishidan foydalaniladi. Buning uchun maxsus qurilmalar ishlab chiqarilgan bo’lib, ushbu qurilma kamera va bir nechta yorituvchi diodlardan tashkil topgan. Ushbu qurilmaning vazifasi qo’l kaftining uch o’lchovli tasvirini hosil qilishdan iborat. Keyinchalik ushbu hosil qilingan tasvir ma'lumotlar bazasiga kiritilgan tasvir bilan solishtiriladi. Ushbu qurilma yordamida identifikatsiyalash yuqori aniqlikda amalga oshiriladi. Lekin kaft tasvirini oluvchi skaner o’ta nozik ishlangan bo’lib, ushbu qurilmadan foydalanish noqulayliklar tug’diradi.
Qo’l kafti tuzilishiga ko’ra identifikatsiyalashning ikkinchi texnologiyasi esa, kaftning termogrammasini aniqlashga asoslangan. Qo’l kaftida juda ko’p qon tomirlari mavjud bo’lib, ushbu qon tomirlari har bir insonda, hattoki egizaklarda ham turlicha joylashadi. Ushbu qon tomirlarining joylashish tasvirini olish uchun maxsus infraqizil nurli fotokameradan foydalaniladi. Ushbu hosil bo’lgan tasvir kaft termogrammasi deb ataladi. Ushbu usulning ishonchliligi juda ham yuqori. Bu usulning vujudga kelganiga ko’p vaqt bo’lmaganligi sababli hali keng tarqalib ulgurmagan.
Keltirib o’tilgan barcha biometrik usullar axborotni himoya qilishda keng qo’llanilmoqda. Ushbu himoya tizimining ishonchliligi shundaki, tizimda foydalanilayotgan insonning biologik belgilari hech qachon o’zgarmaydi, biron-bir jaroxat etgan taqdirda ham qayta tiklanadi.
Yuqorida biz insonning biologik belgilariga asosan shaxsni tanish maqsadida barmoq izi va qo’l kaftining tasvirini hosil qilish texnologiyalari bilan tanishib chiqdik. Endigi masala hosil qilingan tasvirni ma'lumotlar bazasida saqlanayotgan tasvir bilan taqqoslash va shaxsni aniqlash algoritmi bilan bog’liq. Biz ushbu masalada hosil qilingan barmoq izidan foydalangan holda shaxsni aniqlash algoritmini keltirib o’tishga harakat qilamiz.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, birinchi navbatda ixtiyoriy qurilma orqali barmoq izi tasviri hosil qilinadi. Qolgan bosqichlarni quyidagi ketma-ketlik orqali bayon qilishga harakat qilamiz:
Download 202 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 202 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Insonining qo’l kafti tuzilishiga ko’ra identifikatsiyalash”

Download 202 Kb.