|
Internet foydalanuvchisi, ushbu xavflarni oldini olish uchun quyidagi texnik echim va tashkiliy ishlarni amalga oshirishi zarur
|
bet | 11/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 202 Kb. | | #232163 |
Bog'liq 9 , 10 – Amaliy mashg’ulotInternet foydalanuvchisi, ushbu xavflarni oldini olish uchun quyidagi texnik echim va tashkiliy ishlarni amalga oshirishi zarur:
Shaxsiy kompyuterga va mahalliy kompyuter tarmog`iga, hamda unda mavjud bo`lgan informatsion resurslarga tashqaridan internet orqali kirishni cheklovchi va ushbu jarayonni nazorat qilish imkonini beruvchi texnik va dasturiy usullardan foydalanish;
Tarmoqdagi informatsion muloqat ishtirokchilari va ular uzatayotgan ma'lumotlarni asl nusxasi mosligini tekshirish;
Ma'lumotlarni uzatish va qabul qilishda “kriptografiya” usullaridan foydalanish;
Viruslarga qarshi nazoratchi va davolovchi programmalardan foydalanish;
Shaxsiy kompyuter va mahalliy kompyuter tarmog`iga begona shaxslarni qo`ymaslik va ularda mavjud bo`lgan ma'lumotlardan nusxa olish imkoniyatlarini cheklovchi tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
Bundan tashqari informatsion xavfsizlikni ta'minlash borasida internet foydalanuvchilari orasida o`rnatilmagan tartib-qoidalar mavjud. Ulardan ba'zi-birlarini keltiramiz:
Hich qachon hich kimga internetdagi o`z nomingiz va parolingizni aytmang;
Hich qachon hich kimga o`zingiz va oila a'zolaringiz haqidagi shaxsiy, hamda ishxonangizga oid ma'lumotlarni (ismi sharifingiz, uy adresingiz, bankdagi hisob raqamingiz, ish joyingiz va uning xodimlari haqida ma'lumotlarni va hokazo) internet orqali yubormang;
Elektron adresingizdan (e-mail) maqsadli foydalaning, internet orqali programmalar almashmang;
Internetda tarqatilayotgan duch kelgan programmalardan foydalanmang. Programmalarni faqat ishonchli, egasi ma'lum bo`lgan serverlardan ko`chiring.
Elektron pochta orqali yuborilgan "aktiv ob'ekt"lar va programmalarni ishlatmang, .exe qo`shimchali o`z-o`zidan ochiluvchi sizga noma'lum arxiv ko’rinishidagi materiallarni ochmang;
Elektron pochta xizmatidan foydalanayotganingizda ma'lumotlarni shifrlash zarur, ya'ni “kriptografiya” usullaridan albatta foydalaning;
Egasi siz uchun noma'lum bo`lgan xatlarni ochmang;
Egasi ma'lum bo`lgan va uning sifatiga kafolat beruvchi antivirus programmalaridan foydalaning va ularni muntazam yangilab boring;
Internetda mavjud bo`lgan informatsion resurslar va programmalardan ularning avtorlari ruxsatisiz foydalanmang;
Tarmoqdagi begona kompyuter va serverlarning IP adreslarini aniqlash va shu orqali ruxsat etilmagan serverlar va informatsion resurslarga kirish, nusxa ko`chirish, viruslar tarqatish kabi noqonuniy programmalashtirish ishlari bilan shug`ullanmang, bu jinoyatdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Internet foydalanuvchisi, ushbu xavflarni oldini olish uchun quyidagi texnik echim va tashkiliy ishlarni amalga oshirishi zarur
|