9-amaliy mashg`ulot. Qatlamga haydash uchun oqova suvlarni tayyorlash texnologik tizimlarida qo‘llaniladigan jihozlar va ularning ishlash prinsiplarini o‘rganish




Download 0.52 Mb.
bet3/5
Sana04.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#44255
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-amaliy mashg`ulot. Qatlamga haydash uchun oqova suvlarni tayyo

О‘zanli suv olish inshooti

О‘zan orqali suvni tayyorlash ikkita sxemada amalga oshiriladi: vakuumli va nasosli. Vakuumli yoki sifonli suv olishda (9.1- rasm) tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri suv oluvchi inshootning yaqiniga о‘zanga quduq quriladi va unga gruntli yostiq orqali yer usti manbalaridan suv filtrlanib tо‘planadi. Tayyorlash va tashish qurilmasining tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: vakuum kollektori; vakuum rezervuari; birinchi kо‘taruvchi nasos stansiyasi; bosimli quvur uzatmalar va magistral suv uzatmalar. О‘zandagi quduqning chuqurligi 20 metrgacha bо‘ladi, 70-90 m uzoqlikda, qirg‘oqdan suv havzasigacha uzoqligi bir-biridan 150-200 m oralig‘ida quriladi. Ishlatish quvurining diametri 300 mm, suv kо‘taruvchi quvur 200 mm, usti qismi 15 metr diametrdagi halqali beton va germetik lyuk bilan jihozlanadi.


Birinchi bosqichdagi kо‘tarib beruvchi nasos stansiyasi vakuum nasosi bilan jihozlanadi, о‘zandagi quduqdan sifonli suv olgichni ta’minlab beradi, nasoslar esa qatlam bosimini saqlab turish tizimiga va magistral suv uzatmalariga suvni uzatadi. Birinchi bosqichdagi nasos stansiyasida markazdan qochma nasoslar qо‘llaniladi, haydash hajmiga bog‘liq holda tanlanadi. Bunday sxemada suvni tozalashda suv о‘zan tagidagi qumli yostiqlar orqali filtrlanadi. Yuqori bosimli nasos stansiyalariga uzatishdan oldin suv shoxsimon nasos stansiyalarining maydonchalarida tozalanadi. О‘zan ostidagi suvning sathi yuqori bо‘lganda bu sxemada suv uzatish yetarlicha samaralidir.

9.2 -rasm. Sifonli suv olish inshooti sxemasi:
1-qumli yostiq; 2-о‘zan osti qudug‘i; 3-guruhli sifonli kollektor; 4-vakuum qozon; 5, 12-nasoslar; 6, 14-nasoslar stansiyasi; 7, 8, 9, 13-suv uzatmalar; 10-rezervuar; 11-qabul qiluvchi quvur uzatma.

О‘zan ostidan suvni nasos bilan olishda suvni tayyorlash sxemasi unga nisbatan pastda joylashganda (8 metrdan pastda) foydalanish mumkin. Bunday sharoitda har bir о‘zan osti qudug‘i markazdan qochma nasos yordamida jihozlanadi va elektr yuritmalari yerning ustiga chiqariladi. Otma chiziqlarga va yig‘ish suv uzatmalariga suv ikkinchi bosqichdagi kо‘taruvchi stansiyadan beriladi, bu nasoslar temir betonli yer osti rezervuarining tarkibiga kiradi. Ikkinchi bosqichdagi kо‘taruvchi nasoslar bosimli quvur uzatmalarga va keyin esa shoxsimon nasos stansiyalariga neft konining QBST tizimiga uzatadi.





Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-amaliy mashg`ulot. Qatlamga haydash uchun oqova suvlarni tayyorlash texnologik tizimlarida qo‘llaniladigan jihozlar va ularning ishlash prinsiplarini o‘rganish

Download 0.52 Mb.