9-mavzu: pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati. Reja




Download 26.66 Kb.
bet1/4
Sana12.01.2023
Hajmi26.66 Kb.
#38077
  1   2   3   4
Bog'liq
seminar-9


9-mavzu: PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI.


Reja:

  1. Pedagogik texnika haqida tushuncha.

  2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.

  3. Pedagogik texnikani namoyon etishda o’qituvchining tashqi ko’rinishi. Mimika. Pantomimika.

  4. O`qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo`llari.

  5. Nutq haqida tushuncha. Nutqning o`qituvchi faoliyatidagi o`rni.

  6. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari.

  7. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika. Leksik madaniyat.


Mashg`ulotning borishi


Pedagogik texnika o’qituvchiga o’quv va o’qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi.
Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – bu avvalo o’qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko’nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so’zlay olishi, o’z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg’usini jilovlay olishi, o’zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo’lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so’zning cheksiz qudrati orqali o’quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o’tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo’lishi kabilardir.
O’qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko’nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o’qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o’ziga jalb etib kelmoqda. Pedagogik texnikaning birinchi guruh komponentlari o’z xulqini, yurish turishini boshqarish malakalari bilan bog’liq.

    1. O’z gavdasini boshqara olish (mimika, pontomimika);

    2. Hissiyoti va kayfiyatini boshqarish (ortiqcha ruhiy charchashlarni yo’qota olishi, ijodiy hissiyotlarni vujudga keltira olishi);

    3. ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar (diqqat «yuzidan uqib olish», kuzatuvchanlik, xayol);

    4. nutq texnikasi (nafas, ovozni moslashishi, talaffuz tarzi, nutq sur’ati).

Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari shaxsga va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, ta’lim - tarbiya jarayonining texnologik tomonini yoritadi:

    1. didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, qobiliyatlar;

    2. talab qo’yish, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish,

    3. pedagogik muloqotni boshqarish va boshqalar.

O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi jarayoni. Pedagogning ijodiy hissiyotlari asosida o’zaro hamkorlikni tashkil eta olish qobiliyatining samarasi haqida tushuncha hosil qilish.
O’qituvchining tashqi ko’rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi ko’rinishi atrofdagilarga estetik ma’no va zavq kasb etib, doimiy e’tiborda bo’lishini unutmaslik kerak. O’qituvchining tashqi ko’rinishini asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O’qituvchi sinfga kirishi bilan so’zsiz o’quvchilar e’tiborida bo’ladi, ular bilan muloqotga kirishadi.
Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy hatti-harakatlari o’quvchilarga ta’sir o’tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o’qituvchilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo’rquvini yengishlari, o’zlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan o’zlarini yo’qotmasliklari lozim.
O’qituvchining tashqi ko’rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O’qituvchining hatti- harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o’qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo’ladi va ular o’qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko’rsatishida, mashg’ulotlarni samarali va mazmunli o’tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
Pontomimika – bu gavda, qo’l va oyoq harakatidir. O’qituvchining gavdasi, qul va oyoqlari harakati ham joyida bo’lishi kerak. Pontomimika asosiy fikrni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi. O’qituvchi darsda o’quvchilar oldida to’g’ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig’i 12-15 sm, o’ng oyoq biroz oldinda), barcha harakatlar o’zini oddiyligi va nafisligi bilan o’quvchilar e’tiborini tortishi zarur. Gavda tutish estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og’irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib turish, stul suyanchig’iga tayanib turish, boshni qashlash, qo’lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo’lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo’lishi zarur.
Mimika - o’z fikri, kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san’ati. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o’quvchilarga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan «uqib» turadilar. SHuning uchun ham o’qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni yashirib turishi ham muhimdir.

Download 26.66 Kb.
  1   2   3   4




Download 26.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu: pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati. Reja

Download 26.66 Kb.