II BOB.  SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASH




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/76
Sana31.05.2022
Hajmi44.99 Mb.
#22508
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
8-informatika
WRITING TASK 1. LESSON 1, 8-variant. O`nlik va yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o rg, dasturiy yakuni C, habibullo, Инглиз тили Шоназар
II BOB. 
SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASH
2. Maqsadli auditoriyani aniqlash.
Maqsadli auditoriya — Sizning mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan 
foydalanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar. Maqsadli auditoriya platforma 
tanlash uchun zamin yaratadi.
3. Ijtimoiy media marketing uchun platformani tanlash. 
Facebook
— muloqot, munozara va nashrlar joylashtirish uchun platforma.
YouTube 
— turli jarayonlarning videoyozuvlari joylashgan eng yirik videorolik sayti.
Telegram
— rasm va turli tipdagi fayllarni almashish imkonini beruvchi hamda 
so‘rovnomalar o‘tkazish mumkin bo‘lgan platforma.
Instagram 
— suhbat va tadbirlardan olingan lavhalardan iborat fotoblog.
4. Raqobatchilarni o‘rganish.
Ijtimoiy tarmoqlarda raqobatchilaringiz bormi? Agar bo‘lsa, uning/ularning 
mijozlarini o‘rganing: ular qancha, kimlar, sizning auditoriyangizga to‘g‘ri keladimi-
yo‘qmi va h. k. Raqobatchilaringiz tarmoqlarga qanday xabarlar (reklama, 
axborot, kompaniya yangiliklari, boshqa guruhlarning xabarlari, reklama aksiyalari, 
chegirmalar va h. k.)ni joylashtirishmoqda? Mijozlar soni qancha, xabarlarga 
qanday izohlar qoldirilmoqda, qaysi xabarlar ma’qul kelmoqda, e’tirozlar bilan 
ishlash tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan, administrator savollarga javob berayaptimi 
kabi savollarga javob bo‘luvchi jarayonlarni aniqlang hamda tahlil qiling. 
Raqobatchilaringiz tarkibini tahlil qilar ekansiz, auditoriyangiz nimalarni ma’qul 
ko‘rishini aniqlab olishingiz, savol va xabarlarga zudlik bilan javob berishingiz
shuningdek, o‘z guruhingiz uchun qiziqarli g‘oyalarni o‘ylab topishingiz mumkin.
5. Qiziqarli takliflar.
Raqobatchilaringiz g‘oyasidan farqli, noyob g‘oya o‘ylab toping. Mijozlar nima 
uchun sizning sahifangizni yoqtirishini, ular kimligi va ularga nimalarni taklif qila 
olishingiz mumkinligini aniqlaganingizdan so‘ng guruh yaratib, uni ma’lumotlar 
bilan to‘ldirishingiz mumkin. 
SMM mutaxassisi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
1) ijtimoiy tarmoqlarda brendni yaratish uchun maqsadli strategiya ishlab chiqish va uni amalga 
oshirish;
2) qiziqarli matn va vizual kontentlarni yaratish. Ijtimoiy tarmoqlarda asosan vizual kontentlar 
mijozlarni ko‘proq jalb etishini e’tiborga olgan holda, rasm va videolarni olishga professional 
darajada yondashish; 
3) reklama, mijozlar bilan muloqot olib borish, ularning ehtiyojlarini tushunish, sun’iy foydalanuv-
chilardan soqit qilish; salbiy va keraksiz sharhlarni o‘chirish, e’tirozlarni o‘rganib chiqish; 


25

Download 44.99 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB.  SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASH

Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish