A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/76
Sana31.05.2022
Hajmi44.99 Mb.
#22508
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
8-informatika
WRITING TASK 1. LESSON 1, 8-variant. O`nlik va yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o rg, dasturiy yakuni C, habibullo, Инглиз тили Шоназар
GLOSSARIY
Ochiq ta’lim (Открытое обучение, Open learning) — o‘qitishning virtual muhit (O‘VM)ga asoslangan, 
bilim oluvchiga maqsadga yo‘naltirilgan bilimni masofadan turib nazorat ostida, jadal, qulay joyda, 
mustaqil ravishda olishni ta’minlaydigan, bir umr davom etadigan rivojlangan shakli.
Oyna (Окно, Window) — ekranning to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida chegaralangan qismi. Unda dasturlarning 
ishlashi yoki jarayonlarning borishi ifoda etiladi. Windows operatsion tizimi muhitida bir vaqtda bir necha 
oyna bilan ishlash mumkin. Oyna bilan bajarish mumkin bo‘lgan amallarga uni yopish, bir joydan boshqa 
joyga ko‘chirish, o‘lchamini o‘zgartirish, yig‘ishtirish kabilarni kiritish mumkin. 
Oraliq test (Промежуточный тест, Intermediate test) — har bir bo‘lim yakunida topshiriluvchi nazorat 
testi. 
Ochiq kodli dasturiy ta’minot (Программное обеспечение с открытым исходным кодом, Open 
source software)
— dastur kodi ochiqligi sababli tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud bo‘lgan 
dasturiy ta’minot.
Platforma (Платформа, Platform) — o‘zining mavjud imkoniyat va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni 
yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi “o‘zak dastur”.
Platformani mahalliylashtirish (Локализация платформы, Platform localization) — platforma 
interfeysi va uning tarkibidagi materiallarni davlat tiliga o‘girish.
PR
(ing. public relations — jamoatchilik bilan aloqalar) — tashkilot va jamoatchilik o‘rtasidagi axborot 
oqimini boshqarish. PRning maqsadi potensial iste’molchilar va boshqa manfaatdor tomonlarda 
tashkilotning ijobiy imijini hosil qilishdan iborat. 
Ro‘yxatdan o‘tish (Регистрация, registration) — foydalanuvchini ro‘yxatga olish hamda unga dastur 
va ma’lumotlardan foydalanish huquqini berish jarayoni. Ayrim web-saytlar foydalanuvchiga qo‘shimcha 
xizmatga ega bo‘lish yoki pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida 
ma’lumot qoldirish (anketa to‘ldirish)ni, login va parol olishni taklif qiladi. Anketa to‘ldirilganidan keyin 
ma’lumotlar sayt egalariga kelib tushadi. Ro‘yxatdan o‘tganda foydalanuvchi uchun akkaunt yaratiladi.
Sayt (Сайт, Site) — grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari ko‘rinishidagi 
mantiqan butun axborot.
Sayt dizayni (Дизайн сайта, Site design) — sayt tarkibida qо‘llaniladigan grafik element, shrift vа 
ranglar kombinatsiyasi.
Sahifa (Страница, Page) — noyob manzilga ega, ko‘rish dasturi yordamida ochib ko‘rilishi mumkin 
bo‘lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, u matn, grafika, tovush, video yoki animatsiya kabi 
hujjatlarga gipermurojaatlarni o‘z ichiga olgan hujjat hisoblanadi.
Server (Сервер, Server) — 1) o‘zida ma’lumotlarni saqlovchi, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi, 
tarmoqdagi printer, tashqi xotira, ma’lumotlar ombori kabi resurslardan foydalanishni boshqaruvchi 
kompyuter; 2) tarmoq resurslarini taqsimlovchi va o‘zidagi resurslardan foydalanish imkoniyatini 
beruvchi kompyuter yoki dastur. 
Ijtimoiy media marketing (Социальный медиа маркетинг, Social media marketing) — marketing 
faoliyatining ijtimoiy medialarda amalga oshirilishi.
SMM mutaxassisi (SMM специалист, SMM Specialist) — ijtimoiy media marketingni internet 
tarmog‘ida yurituvchi mutaxassis.
SEO mutaxassis (SEO специалист, SEO Specialist) (ingl. search engine optimization — qidiruv tizimini 
optimallashtirish) — qidiruv tizimlarida internet sahifalarni targ‘ib qilish usuli.


109

Download 44.99 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis

Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish