A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/76
Sana31.05.2022
Hajmi44.99 Mb.
#22508
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
8-informatika
WRITING TASK 1. LESSON 1, 8-variant. O`nlik va yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o rg, dasturiy yakuni C, habibullo, Инглиз тили Шоназар
GLOSSARIY
SCORM
(ingl. Sharable Content Object Reference Model) — obyekt tarkibida birgalikda foydalanish 
uchun namunali model.
Subtitr (Субтитр, Subtitle) — 1) videorolikning asl tili yoki tarjimasini ifodalovchi matn bo‘lib, videokadr 
tagi yoki ustida beriladi; 2) kompyuter yoki dasturlar tomonidan uzatiladigan signallarni ekranda belgi 
yoki xabarlar bilan almashtiruvchi vosita.
Shablon (Шаблон, Template) — mazmuni (matn, rasm, multimedia va b.) sayt tizimi mexanizmi 
tomonidan to‘ldiriladigan, dizayn va tuzilmaga ega HTML teglar to‘plamidan iborat sahifa.
Tarmoq (Сеть, Network) — o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega kompyuter yoki qurilmalar 
guruhi. 
Tizim (Система, System) — yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro 
bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmuasi.
Web-sayt statistikasi (Статистика web-сайта, Web-site statistics) — saytlar egasini saytdagi 
tashrifchilar soni, qaysi bo‘lim eng mashhur ekanligi va boshqa ma’lumotlardan xabardor qiluvchi 
hisobot.
Web-sahifa nomi (Название веб-страницы, Webpage title) — web-sahifani identifikatsiyalovchi 
matn. Ochiq sahifaning nomi web-brauzer oynasining sarlavha qatorida aks etadi.
Web-interfeys (веб-интерфейс, Web-interface) — foydalanuvchiga web-brauzer orqali turli dasturlar 
bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, Internet do‘konida o‘z buyurtmasini boshqarish 
yoki tarmoq printerini sozlash). Web-interfeyslar turli joylardagi xodimlarga birga faoliyat yuritish imkonini 
beradi. Masalan, web-interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni 
chop etishda ishlatiladi.
Web-server (Веб-сервер, Web-server) — WWW doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi server. Web-sahifalarni 
saqlaydi hamda tashqi serverlardan kelayotgan so‘rovlarga javob beradi. 
WWW (Всемирная Паутина, World Wide Web) — 1) Internet xizmati turi. Dunyo bo‘yicha Web-
serverlardagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi; 2) Internetda mavjud bo‘lgan elektron 
hujjatlar orasida gipermurojaatlarni tashkillashtiruvchi xizmat. 
Xavfsizlik (Безопасность, Security) — 1) tizim yoki tarmoq axboroti muhofazasini, saqlanishi, 
ishonchliligi va puxtaligini ta’minlash qobiliyati; 2) obyektning tasodifiy yoki maxsus qilingan tahdidlarga 
qarshi tura olish qobiliyati; 3) kompyuter va tarmoqdagi ma’lumotlarni buzilish va yo‘qolishdan saqlash 
hamda foydalanuvchilar uchun chegaralangan foydalanish huquqini belgilash.
Xavfsizlik administratori (Администратор безопасности, Security administrator) — mas’ul 
mansabdor shaxs. U o‘rnatilgan ish tartibi va vakolatlari doirasida ikki yo‘nalishda: axborot muhofazasi 
hamda axborotlashtirish obyekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i)ni sanoat miqyosida ishga solish 
bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Хаker (Хакер, Hacker) — maxfiy axborotlarni olish va ularni virus bilan zararlash maqsadida yopiq 
axborot tizimlari, ma’lumotlar ombori kabi tarmoqlar himoya tizimini buzib kiradigan kompyuter.
Xosting (Хостинг, Hosting) — 1) mijozlarning web-saytlarini web-serverlarda joylashtirish va doimiy 
ravishda faoliyat yuritishini ta’minlash xizmati; 2) har qanday sayt biror serverda joylashadi va ma’lum 
hajmni egallaydi. Sayt uchun joy ajratib beruvchi xizmat turi ham xosting hisoblanadi.
Yangiliklar tasmasi (Лента новостей, News line) — birin-ketin joylashgan yangiliklar sarlavhalari 
ro‘yxati. Yangi xabarlar ro‘yxat boshidan joy olib, eskilari arxivga ketadi.


110

Download 44.99 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis

Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish