maktabga tayyorligi xaritasi to‘ldiriladi (faqat
maktabgacha ta’lim tashkiloti bitiruvchilari uchun).
Maktabga tayyorlik deganda bolada tayanch kompetensiyalar va rivojlanish sohalarining kompe-
tensiyalarini shakllanganligi tushuniladi. Ushbu xarita MTTning har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi.
Unda bola rivojlanishining beshta yo‘nalishi bo‘yicha erishgan natijalari ko‘rsatiladi.
Pedagogga u yoki bu natija qay darajada aks ettirilganligini qayd etish taklif etiladi. Rivojlanishning beshta
sohasi bo‘yicha natijalar (bolaning kompetensiyalari) tavsiyalar va istaklar shaklida umumlashtiriladi,
ma’lumot uchun yozma ravishda yetkaziladi va ota-onalarga topshiriladi.
Bolaning maktabga tayyorligi xaritasi ota-onalarning iltimosiga binoan 1-sinf o‘qituvchisiga taqdim
etilishi mumkin, bu tavsiya tarzida bo‘lib, bolani maktabgacha ta'limdan boshlang‘ich ta’lim bosqichiga
o‘tishi, shuningdek, bolaning 1-sinfda
18
rivojlanishiga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda o‘qituvchi
uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu bolaning maktabga tayyorlik xaritasi quyidagilarga imkon beradi: maktabgacha ta’lim tashkilotida
ta’lim jarayonining muvaffaqiyati va samaradorligini aniqlaydi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini bolaning
boshlang‘ich maktabda muvaffaqiyatli moslashishi va yanada samarali rejalashtirish uchun xabardor
qiladi.
K –
kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi B –
ba'zida kuzatiladi T –
tez-tez kuzatiladi D –
doimiy ravishda kuzatiladi 18 Qarang: "ilk qadam" Davlat ta'lim dasturiga doir metodik qo'llanma // Maktabgacha ta'limda o'qitish jarayonini individual-
lashtirish. Maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar inklyuziyasi//32 b.//Toshkent//2020