A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami




Download 7,73 Mb.
bet14/45
Sana19.12.2023
Hajmi7,73 Mb.
#123848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optik
Reference-340201108265, Tojiboyeva Sh.A. Moliyaviy tahlil 2. Darslik. T 2021 copy, DOC tarjima.wps muhr2, Ta’lim metodlari va vositalari, Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi, Abdumo\'minov, Karimberdiyev Shahboz, Kuch transformatorlari vazifasi, Iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi sifatida, Kesish jarayonidagi issiqlik hodisalari, Shlitsali birikmalar, эрик, DOC Document, Gapning uyushiq bo\'laklari, Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov
Fotoapparat

  1. Uzunligi 20 m bo‘lgan zalda kinofilm namoyish etilmoqda. Ekran o‘lchami 3,6×4,8 m2ga teng. Ob’ektivning fokus masofasini va ob’ektivdan kinoplyonkagacha bo‘lgan masofani toping. Kinoplyonkadagi kadrlar o‘lchami 18×24 mm2.

  2. Juda uzoqdagi buyumlarni sur’atga olish uchun, fotoapparat ob’ektivi va plyonka orasidagi masofa 50 mm. Ob’ektiv yo‘li 2 mm. bo‘lganda, ushbu fotoapparat bilan qanday minimal masofadan sur’atga olish mumkin?

  3. Fokus masofasi 10 cm bo‘lgan ob’ektivli fotoapparat bilan sur’atga olganda, aniqlikni1 mdan cheksizlikkacha to‘g‘rilish uchun, fotoapparat ob’ektivi plyonkadan qancha masofada bo‘lishi shart? Ob’ektiv yo‘li nimaga teng?

  4. 2000 mbalandlikda uchayotgan samolyotdan, fokus masofasi50 cmbo‘lgan fotoapparat bilan joyning sur’at olinmoqda. Plyonkadagi tasvir o‘lchamlari qanday bo‘ladi? O‘lchami 18 x18 cm2bo‘lgan bir kadrga joylashadigan maydon o‘lchami qancha bo‘ladi? Agar samolyot1000 mbalandlikkacha pastlasa, javob qanday o‘zgaradi?

  5. Buyum 15 mmasofadan sur’atga olinganda, fotoapparat xira oynasida uning balandligi 30 mm bo‘lgan tasviri, 9 mmasofadan sur’atga olinganda esa, 51 mm bo‘lgan tasviri hosil bo‘ldi. Fotoapparat ob’ektivining fokus masofasini toping.

  6. Balandlik minorasidan suvga sakrash jarayonida, suv tubigi kirish momentini sur’atga olish uchun fotoapparat zatvori (yorug‘likni o‘tkazish membranasi) sakrashdan so‘ng qancha t vaqt ichida ochilishishart? Minora balandligi 5 m, sur’atkash minoradan d=10 m uzoqlikda turibdi. Fotoapparat ob’ektivining fokus masofasi 10 m ga teng, negativda tasvirning yoyilishi (shuvalishi) 0,5 mm. gacha ruxsat etiladi.

  7. Yer atrofida aylanma orbita bo‘ylab uchayotgan sun’iy yo‘ldoshdan olingan fotosur’atda, agar fotoplyonkada narsalarning minimal farqlanish (o‘zgarish) imkoniyati 0,01 mm bo‘lsa, sur’atda qanday o‘lchamdagi buyumlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi? Fotoapparat ob’ektivining fokus masofasi10 cm. Fotoplyonkaning imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun ekspozitsiya vaqti qancha bo‘lishi shart?

  8. Fotoapparatdan 7,5 mdan 15 mgacha bo‘lgan (eng yaqin va eng uzoq aniqlik chegarasi) masofada turgan buyumlarning sur’ati, plyonkaning maksimal imkoniyati bilan olingan surat etarlicha tiniq chiqmoqda. Ushbu buyum fotoapparat ob’ektividan qancha d0 masofada joylashgan?

  9. “Zenit” fotoapparatining bosh fokus masofasi 50 mm, plyonkasidagi kadrning uzunligi 36 mm bo‘lsa, balandligi 90 m bo‘lgan binoning suratini qanday uzoqlikda turib olish kerak? Fotoapparatdagi nurning yo‘lini chizing.

  10. 5km balandlikda uchib borayotgan samolyotdan ob’ektning rasmini H:h=1:20000 masshtabda olish uchun ishlatiladigan fotoapparat ob’ektivining bosh fokus maso­fasi F qanday bo‘lishi kerak?

  11. Daraxtning 100 m uzoqlikdan tushirilgan rasmi negativida uning balandligi 12 mm bo‘lgan. Ob’ektning fokus masofasi 50 mm bo‘lsa, daraxtning haqiqiy balandligini toping.

  12. Uzunligi 50 m bo‘lgan binoning old ko‘rinishi to‘lasicha 24×36 mm o‘lchamli plyonka kadriga joylashishi uchun uni qancha masofada sur’atga olish kerak? Ob’ektivning fokus masofasi 50mm.

  13. Aerofotosurat olishda ob’ektivning fokus masofasi 8 cm bo‘lgan fotoapparatdan foydalaniladi. Plyonkadagi tasvirning alohida bo‘lib ko‘rinadigan qismlarining eng kichik o‘lchami (plyonkaning ajratish qobiliyati) 10-2 mm. Fotosuratda daraxtlarning kattaligi 5 cm bo‘lgan barglari alohida ko‘rinishi uchun samolyot qancha balandlikda uchishi kerak? Ekspozitsiya vaqti 10-3s bo‘lsa, samolyot tezligi qancha bo‘lganda tasvir chaplashib ketmagan bo‘ladi?



Download 7,73 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Download 7,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami

Download 7,73 Mb.