• Perseptiv bosqich
  • Intellektual bosqich
  • Elementar (sodda) sensor psixika bosqichi




    Download 385,75 Kb.
    bet2/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi385,75 Kb.
    #242217
    1   2
    Bog'liq
    zafarpsixologiya1

    . Elementar (sodda) sensor psixika bosqichi - A.N.Leontev ta'rificha, tashqi muhit obyektning u yoki bu sifatiga qarab javob beraveradi. Bu oddiy sezish bosqichidir. K.E.Fabri fikricha, oddiy sensor psixikaning ikki-past va yuqori darajasiga ajratiladi. Ko’pgina bir hujayralilar hamda ayrim ko’p hujayralilarda psixik rivojlanishning past darajasi kuzatiladi. Bunda psixik faollikning oddiy turlari namoyon bo’ladi. Elementar psixikaning yuqori bosqichi ko’p hujayrali umurtqasizlarda namoyon bo’ladi. Bu hayvonot evolyusiyasining zarur davridir. Nerv tizimi diffuz, to’rsimon ganglioz yoki zanjirsimon bo’lib, ular alohida predmetlarning sifatlarinigina aks eta oladilar. hayvonlar uchun ushbu bosqichda predmet olami mavjud bo’lmaydi, ular obyektni idrok eta olmaydilar. Ular psixik aks ettirishi oddiy sezgi tarzida bo’ladi. 2. Perseptiv bosqich bo’lib, u tashqi, ob'ektiv voqelikni yaxlit aks etishi bilan xarakterlanib, alohida oddiy sezish turi emas. K.E.Fabrining fikricha, perseptiv psixikani ham ikki darajasi mavjud. Past darajaga yuqori darajali umurtqasizlar kiradi. Perseptiv psixikaning quyi bosqichida mavjud bo’lgan hayvonlar uchun ijobiy ta'sir etuvchilarni faol izlash xususiyati xosdir. Predmetni idrok etish - perseptiv psixikaning yuqori darajasidir. Ushbu daraja rivojlangan nerv tizimiga ega umurtqalilarga xosdir. Asosiy bosqichlar III II I intellektual bosqich – predmet-lararo aloqalarni aks ettiradi. Perseptiv bosqich – predmetni idrok etish bilan bog’liq. Sensor bosqich – elementar sezuvchanlik bilan belgilanadi
    3.Intellektual bosqich - yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega bo’lganlar, ya'ni odamsimon maymunlarga xosdir. Seskanuvchanlik va tropizm hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir. Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi. Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga: 1.Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan , yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi. 2.Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi. Tropizm turlari: fototropizm termotropizm xemotropizm gidrotropizm topotropizm geleotropizm barotropizm.
    Venn diagrammasi:


    Ma’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
    Tashqi olamdan bizni tanamizga milliard qo‘zg‘ovchilar hujum qiladi. Bizning qorong‘i ichki dunyoimizda esa sirli miyamiz ishlaydi. Bu fakt esa psixologiyaning yuqori ming yildan ortiq fundamental muammosini ko‘taradi. Masalani echishda bundan yuz yil avval psixologiya fan sifatida rivojlandi: Atrof muxitimizni o‘rab turgan siymolar miyamizga tushadi?
    Zamonaviy tilda esa uni quyidagicha talqin qilsa bo‘ladi: tashqi olam xaqidagi tasavvurlarimizni qanday tuzishimiz; lagerdagi gulxanni yonishidan chiqayotgan tutunining aktiv neyron zanjirlariga aylanishi? Qanday qilib biz tirik neyroximiyadan olovnito‘lqinini, temperaturasini hamda olovni tutunini hidini anglaymiz? Miyamizda dunyoni rasmini aks ettirishimiz uchun, tashqi dunyoni fizikaviy energiyasini bilishimiz va uni nerv signallari shaklida kodlashiiz, va bu jarayon an’anaviy sezgi deyiladi. So‘ng esa biz buni olib biz o‘z sezgilarimizni tashkil qilishimiz va sharxlashimiz, va bu jarayon an’anaviy idrok deyiladi. Bizning kundalik amaliyotimizda sezgi va idrok uzilmas bir jarayonga aytiladi. 5 chi va 6 chi boblarda biz ikkala qismini birlashgan jarayonini ko‘rib chiqamiz.
    Biz bu bobni sensor retseptorlardan boshlab, yuqori darajadagi ma’lumotlarni ishlanmalarini ko‘rib chiqamiz. Kirish qismidagi sensor analiz, psixologiyada ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab ishlash deb nomlanadi. Sezgi jarayonining buzilishi xar erda bo‘lishi mumkin bu sensor retseptordan boshlab to perseptiv interpretatsiyada tugaydi. Masalan, inson ko‘zida katarakta bilan tug‘ilsa uni ko‘zlari yorug‘likni ko‘rmaydi, bu jarayonda eng murakkab mexanizm ishlasa xam ko‘rish ma’lumotlarini bilolmaydi. Miyasi shikastlangan bemorlarda ham qandaydir sezgi va idrok zanjirlari bor. Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi. Unga notanish chexrani ko‘rsatishganda u bunga e’tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko‘rsatishganda, avtonom nerv sistemasi reaksiyasi shuni ko‘rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. U o‘z chexrasini ko‘zguda ko‘rganda, yana shu chalkashlikga keladi. Miyani buzilganligi sababli, u ma’lumotlarni sxema bo‘yicha tepadan pastga qrab ishlolmaydi – to‘plangan bilimlarni sensor ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi. [1]
    Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo‘ladi. CHunonchi, nurlarning ko‘zimizga ta’sir qilishi natijasida ko‘rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‘limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri (taktil – biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo‘ladi.
    Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
    Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
    Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi.
    Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
    Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir.
    Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
    Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo‘lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
    Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
    Ø periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus transformator qismi;
    Ø analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
    Ø analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari.
    Analizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi. Analizatorning o‘zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat. mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig‘ining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. analizatorning o‘zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.
    Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
    Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.
    .2. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi sohasidagi qonuniyatlar.
    Sezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul–harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
    Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi CH.SHerringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi.
    1. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
    2. Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
    3. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
    Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:
    a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
    b) eshitish nervi;
    v) vestibulyar nervi;
    g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
    d) miya apparatiga o‘tadi;
    Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.
    Masalan, avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
    Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari) payqash – vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko‘rinishlari ham mavjud:
    a) hid, ta’m va maza sezgilarida;b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida;
    Sezgining nospetsifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik jumlalarni ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqali ro‘yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo‘l uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada etarli darajada o‘rganilmagan.
    Sezgi turlari
    Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv, proprioretseptiv, introretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
    1. Ko‘rish sezgilari;2. Eshitish sezgilari;3. Hid bilish sezgilari;4. Ta’m bilish sezgilari;5. Teri sezgilari;6. Muskul – harakat (kinestetik);7. Statistik sezgilar;8. Organik sezgilar;
    Ko‘rish sezgilari
    Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
    Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq modda bo‘lib, uni qorachig‘ deb ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yorug‘lik nurlari kiradi.
    Ko‘zlarning uchinchi pardasi to‘r parda deb nomlanib, u ko‘z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig‘ bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‘z gavhari joylashgan bo‘ladi. YOrug‘lik nurlari unda to‘planib, so‘ng sinadi va to‘r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi.
    Ko‘z soqqasining gavhari bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. To‘r parda rang va yorug‘likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko‘zini to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya’ni kunduzgi ranglar ko‘riladi.
    Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqatdeb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi.
    Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obyektlari (masalan, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (masalan, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan Diqqat bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat Diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning Diqqatni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. Diqqatning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (masalan, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.
    Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli Diqqat yaxshi Diqqat hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.
    Diqqatning aksi parishonxotirlikayar. Bunda odam Diqqatini biror narsaga toʻplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.
    Diqqatning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida oʻzgarib, murakkablashib boradi.
    Download 385,75 Kb.
    1   2




    Download 385,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elementar (sodda) sensor psixika bosqichi

    Download 385,75 Kb.