Metallar haqida umumiy ma’lumot




Download 2.85 Mb.
bet9/94
Sana01.06.2022
Hajmi2.85 Mb.
#22647
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
A. X. Sulliyev, I. M. Bedritskiy, O. T. Boltayev
8 мавзу Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси, qishloq-xojaligida-energiya-resurslaridan-foydalanish, CTRL Tugmachalar, 111, Mahmudova Dinora 9, 0609, download-order

Metallar haqida umumiy ma’lumot


Ma’lumki metallar qattik holatda kristall tuzilishga ega. Zarralar kristallarda muayyan tartibda joylashib, fazoviy panjara hosil qiladi.Kristallning kо‘rinishi va shakli kristall panjaraga bog‘liq. Metallning kristall panjarasi tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashadi , ular orasidagi fazoda esa erkin , ya’ni о‘z atomlarining yadrolari bilan bog‘lanmagan elektronlar harakatlanadi (1.22-rasm).



13 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 10-bet.


      1. b)

1.22-rasm.Metall ktistalining tuzilishi
Hamma erkin elektronlarning manfiy zaryadi absolyut qiymati jihatidan panjaraning hamma ionlari musbat zaryadi yigindisiga teng. Shu sababli odatdagi sharoitda metall elektr jihatdan neytral bо‘ladi.Unda erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi.
Ammo metallda elektr maydon hosil qilinsa, hamma erkin elektronlar elektr kuchlarning ta’siri yо‘nalishida harakat qila boshlaydi, metallda elektr toki vujudga keladi.Bunda xam elektronlarning tartibsiz harakati, xuddi shamol bir tomonga uchirib ketayotgan chivinlar galasidagi chivinlarning tartibsiz harakati singari albatta saqlanadi.14
Shunday qilib, metallardagi elektr toki erkin elektronlarning tartibli harakatidan iboratdir (1.23-rasm).

1.23-rasm. Metallardagi elektr toki erkin elektronlarining harakati





14 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 17-bet
О‘tkazgichda elektr maydon ta’siri ostidagi elektronlarning harakat tezligi uncha katta emas – atigi sekundiga bir necha millimetr, ba’zan undan xam kichik bо‘ladi. Ammo о‘tkazgichda elektr maydon vujudga kelishi bilan bu maydon yorug’likning vakuumdagi tezligi (300000km/s) ga yaqin juda katta tezlik bilan butun о‘tkazgich bо‘ylab tarqaladi.
Elektr maydonning tarqalishi bilan bir vaqtda butun о‘tkazgich bо‘ylab elektronlar bir yо‘nalishda harakatga keladi. Masalan: elektr lampa zanjiri ulansa, lampa spiralidagi elektronlar xam tartibli harakatga keladi (1.24-rasm).

        1. b)

1.24-rasm. Turli xil o’tkazish muhitlarida elektr maydonning tarqalishi
Buni tushinib olish uchun elektr tokini suv quvuridagi suv oqimi bilan, elektr maydonning tarqalishini esa, suv bosimining tarqalishi bilan solishtirish lozim bo’ladi.
Suv quvur minorasiga kо‘tarilayotganda uning bosimi butun suv quvuri bо‘ylab juda tez tarqaladi. Suv quvuri jumragining ochganimizda suv bosim ostida bо‘ladi va darxol jumrakdan okib chiqa boshlaydi. Jumrakdan unga kelib turgan suv chiqa boshlaydi, ammo minoradagi suv jumrakka ancha keyin yetib keladi, chunki suvning harakat tezligi bosimning tarkalish tezligidan kichik. 15





15 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 15-bet.
О‘tkazgichda elektr tokining tarkalish tezligi tо‘g‘risida sо‘z borganda shu о‘tkazgichda elektr maydonning tarkalish tezligi kuzda tutiladi.



    1. Download 2.85 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Download 2.85 Mb.