Berilganlar bazasining infologik modeli (berilganlar




Download 22,25 Kb.
bet2/2
Sana07.12.2023
Hajmi22,25 Kb.
#113424
1   2
Bog'liq
Berilganlar bazalarini boshqarish tizimlari arxitekturasi-fayllar.org

Berilganlar bazasining infologik modeli (berilganlar
to’plami, turlari, aloqalari)

Berilganlar bazasining datologik modeli (baza tashkil
etishning aniq tillari)
Berilganlar bazasining fizik modeli (berilganlar bazasidagi

ma’lumotlarni saqlash va yozish)

Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun Berilganlar bazasi (BB) ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda.

Berilganlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u qurilayotgan ob’ektlarning hususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munasabatni ma’lum sohaga tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hoyotida Berilganlar bazasida kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim ro’l o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga keraki ma’lumotlarni olish uchun, Berilganlar bazasiga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, Berilganlar bazasini tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan sohalaridan biriga aylanib botoyotgani davrning taqozasi hisoblanadi.
Ma’lumki, Berilganlar bazasi tushinchasi fanga kelgunaga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda ko’plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. Bunda dastur tuzuvchilar ma’lumotlarni shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Berilganlar bazasini yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlarning turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’liq bo’lmasligini ta’minlash kerak Berilganlar bazasiga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, berilganlar bazasidagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasligi zarur.
Shuning uchun ham Berilganlar bazasini tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, yani axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa hozirgi zamon kompyuterlaridir, kompyuterlarda saqlanadigan berilganlar bazasi –bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir hil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv-o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir, fayldagi yozuvlar soni, qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi, maydon ma’lumotlari imkoni boricha qisqa to’plamdan iborat bo’lishi lozim.
Har bir maydon o’zi ifodalaydigan malumotlariga ko’ra biror nomga ega bo’ladi.
Masalan, biror oliy o’quv yurtining biron-bir fa’kultetitida taxsil olayotgan bitta gurux talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan qo’yidagi jadvalni ko’rib o’taylik.

Familiyasi


Ismi

Tug’ilgan sanasi

Guruxi

Turar joyi

Qiziqqan fani


Ochilov

Alisher

2.05.1978


101

5-kichik daxa

Matematika


Qobulov

Farxod

2.12.1982


102

I.Sino

Adabiyot


Aminov

Jamshid

3.06.1980


103

A.Temur

Tarix

Tolipov

Salim

24.05.1974

104

At.Termiziy

Fizika

Bu misolda 6 ta yozuv bo’lib, ularning har biri oltita maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda “Familiyasi”, “Ismi”, “Tug’ulgan sanasi ”, “Guruhi”, “Turar joyi”, va “qiziqqan fani” deb nomlangi. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq.

Fayldagi yozuv mavzulari birlamchi hisoblanadi, chunki biror yozuvdagi ihtiyoriy ma’lumotlarni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamida olish mumkin bo’ladi.


Modomiki shunday ekan berilganlar bazasini tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun mahsus ma’lumot bazalari bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi.
Bunday dasturlar majmuyi berilganlar bazasini boshqarish tizimi deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda berilganlar bazasini boshqarish tizimi bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan berilganlar bazasini yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va malumotlar bazasini birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmu kiradi. Berilganlar bazasini boshqarish tizimining tarkibida asosiy komponen – bu ma’lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti- foydalanuvchilar, Hardware-texnik va Software dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha xotiradan(disk magnit lentasi ) iborat bo’lsa, dastur qismi esa berilganlar bazasi bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqatni tashkil qilishni amalga oshiradi.
Berilganlar bazasining tuzilishi o’rganilyotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
Berilganlar bazalaridan , foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’lingan holda ish olib boradi:
foydalanuvchi – dastur tuzuvchi;
tizimli dastur tuzuvchi;
berilganlar bazasi administratori;
Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi berilganlar bazasini boshqarish tizimi uchun yozgan dasturiga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimimning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda berilganlar bazasi administratori tizimning saqlanish xolatiga va ishonchliligiga javob beradi.
Berilganlar bazalari bilan ishlash vaqtida foydalanuvchilar ko’plab buyruq va operatorlar bilan ishlashlariga to’g’ri keladi, ana shunday buyruqlarning ishlashini qo’yidagicha tahlil etish mumkin.
Berilganlar bazasini boshqarish tizimi quyidagicha tavsiflanadi:
Исполнимость- bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozir javoblik bilan muloqotga kirishish.
Mинималъная повторяемость- minimal takrorlanishlik
berilganlar bazasidagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi.
Yaxlitlik –axborotni berilganlar bazasida saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni taminlab turadi. Безопасность-xavfsizlik berilganlar bazasiga ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilishdan iborat. Faqat foydalanuvchi va tashkilotlarga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni tashkilot administratorlari kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin.
Миграция- ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez-tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuni etiborga olib bunday ma’lumotlarni tashqi xotirada joylashtiradi sababi eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay amalga oshirilishi kerak bo’ladi.
Berilganlar bazasini boshqarish tizimida har bir berilganlar baza-lari modeli qo’yidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi:
1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi.
2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.
3. Butunlikning cheklanganligi.
Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda berilganlar bazasi modellari quydagi turlariga bo’linadi:
Daraxtsimon (ierarxik) modellar
Tarmoqli (to’rli) modellar
Reliyasion modellar
Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, berilganlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modellari mavjud deyish noto’g’iri, chunki bulardan tashqari yana berilganlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER- modellari, semantic model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta’kidlangan uch turli modellar ko’proq qo’llanilib kelinmoqda. Berilganlar bazalarida modellar o’z navbatida bir necha bo’limlarga bo’linadi.
Daraxitsimon model. Bu modelda asosan obektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi.
Ierarhik model. Bu modelda ikki turdagi elementlar bog’langan bo’lsa, bunday ma’lumotlar tarmoqli va turli modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar daraxtsimon modellardagi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi, obektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tafsiflanadi.
Relyasion model. Bu modelda ob’ektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko’rinisda tasvirlanishi ob’ektlarining o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga olib keladi.
Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har soatda duch keladi. Boshqarish turli - tuman hollarda qo‘llanilib, har bir holda o‘z mezonini, maqsadini va usulini o‘zgartiradi. Masalan, davlat va xalq xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni, sex va uchastka, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni boshqarishni, ishlab chiqarishga oid bo'lmagan sohadagi boshqarishni, tirik mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqlash mumkin. Davlatni, xalq xo'jaligini, ishlab chiqarish sohalarini boshqarishni ijtimoiy hodisa deb qarash mumkin. U butun ijtimoiy mexanizmning maqsadga muvofiq ishlashi doirasida insonlar faoliyatini aniq bir maqsadni ko‘zda tutgan holda tartibli boshqarishni ta’minlaydi. Korxonalami, sexlami, uchastkalarni, texnologik jarayonlami boshqarish moddiy ishlab chiqarish jarayonining unumli ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun - qoidalarga bo‘ysunadi. Shu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi darajasi yuqoriroq boigan sistema parametrlari ham ta’sir etadi. Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli mezonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr - mulohazalar faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir. Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil qilishda chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir. Ma’lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi. Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan yechimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilishdir. Boshqarishning mohiyati akademik A.I. Berg asarlarida yetarlicha asoslab berilgan [1]. Uning ta’biricha, boshqarish - sistemani, uning parametrlariga ta’sir etish yo‘li bilan yangi, oldindan belgilangan holatga o‘tkazish jarayonidir. Haqiqatan ham, har qanday sistemaning holati uning o‘zgaruvchilari yoki koordinatalarining vaqt va fazoda o‘zgaruvchan parametrlari orqali aniqlanadi. Sistemaning u yoki bu parametriga ta’sir etish yo‘li bilan uni 3 dastlabki holatidan boshqarish maqsadlariga muvofiq oldindan aniqlangan boshqa holatiga o‘tkaziladi. Inson ishtirokisiz amalga oshiriladigan boshqarish avtomatik boshqarish va uning nazariy asoslari esa avtomatik boshqarish nazariyasi deyiladi. Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasi avtomatik sistemalari umumiy tuzilishini va ularni tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar sistemalardagi fizik tabiati har xil bolgart jarayonlar uchun yaroqli bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini loyihalashda nazariy asos hisoblanadi. Avtomatik rostlash deganda berilgan jarayonni xarakterlovchi kattalikni doimiy ravishda o‘zgarmas tarzda ushlab turish yoki uni oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlash tushuniladi. U obyekt holatini yoki unga ta’sir qiluvchi ta’sirlami o‘lchash asosida obyektni rostlovchi organiga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Avtomatik sistemalami loyihalashda ularga turli-tuman talablar qo‘yiladi. Bu talablami quyidagi turkumlarga ajratish mumkin: - sistema barqarorligi qiymatiga qo‘yiladigan talablar; - barqarorlashgan tartibda rostlanuvchi parametming og‘ish qiymatiga qo‘yiladigan talablar; - o‘tkinchi jarayonlarda sistema holatiga qo‘yiladigan talablar. Avtomatik boshqarish nazariyasida quyidagi ikkita masalani yechishgato‘g‘ri keladi: - mavjud avtomatik boshqarish sistemasini tadqiq qilish; - berilgan talablar bo'yicha sistemani loyihalash - sistemani sintezlash masalasi. Birinchi holda sistemaning unga qo‘yilgan talablami qay darajada qanoatlantira olishi aniqlanadi va bu masala sistemaning tahlili (analizi) deb yuritiladi. Ikkinchi holda esa masala avtomatik sistemani qurishni, avtomatik boshqarish sistemalariga qo‘yilgan talablar bajarilishini ta’minlovchi boshqarish prinsipi va sxemasini, ulaming alohida elementlari va parametrlarini tanlashni o‘z ichiga oladi [1 -4 ]. Hozirgi vaqtda sistemalami tahlil qilish va sintezlash masalalari bir xil darajada ishlab chiqilmagan. O'tish jarayonlari turli darajali oddiy differensial tenglamalar yordamida tavsiflanuvchi chiziqli avtomatik sistemalami tadqiq qilish 4 usullari yetarli darajada ishlab chiqilgan. Zamonaviy kompyuter dasturlarini qo‘llash chiziqli bo'lmagan sistemalami modellash yoki sistemalami tavsiflovchi chiziqli bo‘lmagan tenglamalami sonli yechimi orqali tadqiq qilish imkonini kengaytiradi. Avtomatik sistemalami sintezlash usullari oxirgi o‘n yillikda rivojlandi. Ammo chiziqli boMmagan sistemalami sintezlashning umumiy usullari hozirgacha yetarli ishlab chiqilmagan. Avtomatik boshqarish nazariyasi unga yaqin texnik va ilmiy sohalar bilan chambarchas bog'langan va bu sohalar natijalaridan o‘z masalalarini yechishda foydalanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga taalluqli masalalar doirasi juda keng. Shuning uchun ham avtomatik boshqarish nazariyasini o‘rganishni avtomatik boshqarish sistemalarining umumiy xususiyatlari va ulami tadqiq qilishning umumiy usullari bilan tanishishdan boshlash lozim. Mualliflar o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda yaqindan texnik yordam bergan Toshkent davlat texnika universiteti «Elektr ta’minoti» kafedrasi assistenti Furqat To‘ychiev va Toshkent axborot texnologiyalari kasb - hunar kolleji talabasi Mirzabek Bobojanovlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 5 I BOB. AVTOMATIK BOSHQARISH PRINSIPLARI VA AVTOMATIK BOSHQARISH SISTEMALARI KLASSIFIKATSIY ASI 1.1. Asosiy tushunchalar, terminologiya va avtomatik boshqarish sistemalari xarakteristikasi Har qanday avtomatik boshqarish sistemasi (ABS) ikkita asosiy qismdan iborat bo‘lib, ular boshqarish obyekti va boshqarish qurilmasi deyiladi. Umumiy holda, boshqarish obyekti sifatida tirik organizmlar, insonlar jamoasi, sanoat korxonalari, alohida sexlar, agregatlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ushbu kursda faqat texnik obyektlar ko‘rib chiqiladi va shuning uchun boshqarish obyekti deganda boshqarilishi lozim bo‘lgan jarayonni amalga oshiradigan texnik qurilmalar tushuniladi. Obyekt sifatida soddaroq bo‘lgan boshqarish sistemasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Obyekt holati, uning ishlash rejimi tashqi muhitning obyektga va boshqarish qurilmasiga ta’sirini hamda obyektning o‘zida yuz beruvchi jarayonni xarakterlovchi qator fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Ulardan ba’zilari ish jarayonida oMchanadi va nazorat qilinadigan kattaliklar deyiladi, boshqalari esa o‘lchanmaydi va nazorat qilinmaydigan kattaliklar deyiladi, lekin ular obyekt ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi [1 - 4, 8]. Obyektga boshqarish qurilmasi orqali ishlab chiqilgan yoki inson tomonidan beriladigan ta’sir boshqaruvchi ta’sir (kattalik) deyiladi, boshqarish sistemasiga bog‘Iiq bo‘lmagan ta’sirlar toydiruvchilar deyiladi. Toydiruvchi ta’sirlami ikkita turga bo'lish mumkin: yuklama va xalaqitlar. Yuklama odatda obyektning boshqa o'zgaruvchan parametrlariga, vaqtga, obyektning ish jarayoni va texnologik protsess bilan bog‘liq bo‘ladi va uni bartaraf qilib bo‘lmaydi. Xalaqitlar kutilmagan hodisalar bilan bog‘liq bo'ladi va ulaming har qanday kamayishi obyekt ishini yaxshilaydi. Obyekt holatini xarakterlovchi, nazorat qilinadigan va ular orqali boshqarishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan kattaliklar boshqariluvchi yoki rostlanuvchi kattaliklar deyiladi. 6 Ko‘rib o‘tilgan barcha kattaliklami obyektlami o'rganish paytida tez tushunib olish mumkin. Masalan, elektr generatorining ishlash rejimi kuchlanish, qo‘zg‘atish toki, yuklama toki, aylanish chastotasi bilan xarakterlanadi. Bu yerda generator kuchlanishi - rostlanadigan kattalik, qo‘zg‘atish toki - boshqaruvchi ta’sir, yuklama toki va aylanishlar chastotasi -- tashqi ta’sirlardir. Umumiy holda boshqarish obyekti 1.1,a va b - rasmlarda ko‘rsati!gan sxemalar ko‘rinishida berilishi mumkin. Bu yerda boshqaruvchi ta’sirlaming to‘plami X={xb x2,..., xn} vektori, boshqariladigan kattaliklarining Y={yb y2,..., ym} vektori, nazorat qilinadigan tashqi ta’sirlar to‘plami Z={zb z2, ... z J vektori va nazorat qilinmaydigan tashqi ta’sirlar F={fb f2, ... fk} vektori bilan belgilanadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “Введение в систему баз данных” Джеффри Д.Ульман, Дженнифер Уидом изд. «Лори» 2000 год.

2. «Базы Данных в экономике» Л.С. Спанкулова изд. КазНУ. 2003 год


3. “Системы управления базами данных для компьютеров” Справочник/ Под ред. В.М. Савинкова –М.: Финансы и статистика 1999
4. Структуры и управления данными / Перевод. с англ. В.И. Будзко.
Финансы и статистика 1998 г.
5. A. Sattorov. “Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi” (Access Windows-9X/2000 uchun) Toshkent-2006 Fan va tehnologiyalar nashriyoti
6. www.ziyonet.uz
http://fayllar.org
Download 22,25 Kb.
1   2




Download 22,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Berilganlar bazasining infologik modeli (berilganlar

Download 22,25 Kb.