|
AAT quyidagi vazifalarni hal qiladi Pdf ko'rish
|
bet | 164/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)AAT quyidagi vazifalarni hal qiladi:
hujjatlarni belgilar va raqamlar ko'rinishida kompyuterga
kiritish, sintaksik va mantiqiy nazorat qilish;
hujjatlarni kompyuterga kiritishning har xil shakllaridan foy
dalanish;
bir yoki bir nechta rekvizitlar majmui bo'yicha hujjatlarni qidirish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
berilgan qidirish topshirig'idan kelib chiqib axborotlar bilan
ma’lum ketma-ketlikda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish;
iteratsion usuldan foydalanish;
olingan axborotlarni videoterminal ekraniga alohida birlamchi
hujjatlar ko'rinishida erkin shaklda (so'rovnoma ko'rinishida), rekvizit-
laming erkin majmui bo'yicha birlamchi hujjatlar ro'yxati shaklida
Gadval ko'rinishida) va statistik ma’lumotlar shaklida chiqarish.
§2. Jinoyat ishlarini tergov qilishni
kom pyuterlashtirish
Jinoyat ishlarini tergov qilish - bu dalillarni to'plash va tahlil
qilish, sodir etilgan jinoyatni rekonstruksiya qilish va ayblanuv-
chining aybini isbotlash bo'yicha kriminalistik faoliyatdir. Krimi-
nalistik faoliyat davlatning eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biri -
jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasini hal qilish bilan bevosita
bog'liq. Jinoyatlarni tergov qilish jinoyat protsessining bir bosqichi
bo'lib, unda surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan
protsessual harakatlar amalga oshiriladi.
Jinoyatlarni fosh qilish va tergov qilishning ilmiy asoslari
kriminalistikada o'rganiladi; u to'rt bo'limdan tashkil topgan: jino
yatlarni fosh qilish va tergov qilishning umumiy nazariyasi, krim
inalistik taktika, kriminalistik metodika, kriminalistik texnika.
Kriminalistikada kompyuter texnologiyalaridan foydalanish inson
|
| |