|
faoliyatining mazkur sohasida to'planadigan va foydalaniladigan Pdf ko'rish
|
bet | 165/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)faoliyatining mazkur sohasida to'planadigan va foydalaniladigan
axborotlarning xususiyatlariga tayanadi. Jinoyat ishlarini tergov
qilish jarayonida axborotlar jinoyat dalillarini baholash shaklida
tahlil qilinadi1.
1967-yilda protsessualist A.I. Trusov o'sha davr uchun g'alati
bo'lgan qoidani ta’riflab berdi: sud ishi bo'yicha dalillashga axborot
jarayoni, ya’ni ishni sudda ko'rish vazifalarini hal qilish maqsadida
axborotlarni olish, saqlash, berish va qayta ishlash jarayoni
sifatida qarash mumkin.
V.A. Obrazsov sud dalillarini (axborotlarini) turkumlash tartibini
ishlab chiqdi:
1 Qonunchilikda dalillarni erkin baholash prinsipi amal qiladi. Binobarin, biron-bir dalil
oldindan belgilangan kuchga ega bo'lmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilinayotgan hodisalarning turlariga qarab: jinoyatlar haqida
axborotlar - bilinayotgan boshqa hodisalar haqida axborotlar;
mazmuniga qarab: shubhasiz to'g'ri axborot - dezinformatsiya;
hajmiga qarab: to'liq — to'liqsiz;
ifoda shakliga qarab: ideal (psixologik) - moddiy-qayd etilgan;
jismoniy tabiatiga qarab: ko'riluvchi, tinglanuvchi, tatib ko'riluvchi,
seziluvchi, hidlanuvchi;
maxfiylik darajasiga qarab: umum foydalanadigan - foydalan
ish cheklangan;
foydalanish rejimiga qarab: ochiq— yopiq;
idrok etish darajasiga qarab: yaqqol - yashirin;
taqdim etish shakliga qarab: verbal, harfli-belgili, grafik, raqamli,
magnitli yozuv, boshqa xil;
axborot tarqatuvchilarning turiga qarab: shaxsiy, predmetli,
hujjatli;
axborot manbasining turiga qarab: birlamchi manbalardan olin-
gan axborot - hosila axborot.
|
| |