|
olganidan va uni shifrdan chiqarganidan keyin so'rovni tekshiradi Pdf ko'rish
|
bet | 230/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)olganidan va uni shifrdan chiqarganidan keyin so'rovni tekshiradi,
«kalitlar»ni soiishtiradi va ular o'xshash bo'lgan taqdirda tarmoq
apparaturasi yoki dasturlardan foydalanishga ruxsat beradi.
Shunga o'xshagan boshqa kompleks sistemalar orasida Yev-
ropa kompyuter ishlab chiqaruvchilar uyushmasi tomonidan yara
tilgan yirik geterogen tarmoqlarda qo'llashga mo'ljallangan Sesa
me (Secure European System for Applications in Multivendor
Environment) sistemasini qayd etish mumkin.
Faoliyatning kengayishiga qarab, uzoqdan turib foydalanishni
tashkil etish uchun kabel tarmoqlari va radiokanallardan tobora
ko'p foydalanilmoqda. Shu munosabat bilan uzoqdan turib foy
dalanish kanallari bo'ylab uzatiladigan axborotni himoya qilish
alohida yondashuvni taqozo etmoqda.
So'nggi yillarda radio tarmoqlarining keng tarqalishi mazkur
tarmoqlarni ishlab chiquvchilar oldiga turli — tuman skanerlash
moslamalari bilan qurollangan «xakerlar»dan axborotni himoya
qilish masalasini hal qilish talabini qo'ydi. Masalan, RAM Mobil
Data kompaniyasining radiostansiyasida axborot paketlari turli
kanallar va asosiy stansiyalar orqali uzatiladi. Bu uzatilgan axborotni
begona shaxslar to'plab, bir yerga jamlashiga imkon bermaydi.
Radiotarmoqlarda ma’lumotlarni DES va RSA algoritmlari yor
damida shifrlash ham faol qo'llanilmoqda.
§ 6 . Xavfsizlik dasturiy - texnik vositalarini
identifikatsiya va autentifikatsiya qilish
Hozirda taqsimlangan kompyuter tizimlarida ma’lumotlaming xavf
sizligi masalalariga juda katta e’tibor berilmoqda. Axborot xavf-
sizligini ta’minlash uchun juda ko'p vositalar ishlab chiqilgan. Ular
hal xil operatsion sistemali turli kompyuterlarda foydalanish uchun
|
| |