|
tashkilotlar uchun oqilona xavfsizlik darajasini ta’minlashi mumkin Pdf ko'rish
|
bet | 232/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tashkilotlar uchun oqilona xavfsizlik darajasini ta’minlashi mumkin.
Shunga qaramay, ko'rsatkichlari majmuiga ko'ra, ularni haqiqiylik
ni tekshirishning eng zaif vositasi deb e’tirof etish lozim. Parol-
laming ishonchliligi ulami yodda tutish va sir saqlash qobiliyatiga
asoslanadi. Parolning kiritilishini ko'rib olish mumkin. Parolni qo'pol
kuch ishlatib, masalan, lug'at yordamida topish mumkin. Agar
parol fayli shifrlangan, ammo o'qish uchun ochiq bo'lsa, uni o'z
kompyuteriga o'tkazib olib, muayyan dasturlar yordamida parolni
topishga urinib ko'rish mumkin.
Shunga qaramay, quyidagi chora — tadbirlar parol yordamida
himoya qilishning ishonchliligini ancha oshirish imkonini beradi:
— texnik cheklashlar belgilash;
— parollarning amal qilish muddatini boshqarish, ularni vaqti-
vaqti bilan almashtirib turish;
— parollar fayliga kirishni cheklash;
ч ■
www.ziyouz.com kutubxonasi
— tizimga muvaffaqiyatsiz kirish hollarining sonini cheklash, bu
qo'pol kuch ishlatish usulini qo'llashni qiyinlashtiradi;
— foydalanuvchilarni o'qitish va tarbiyalash;
— parollaming dasturiy generatorlaridan foydalanish, ular un-
cha murakkab bo'lmagan qoidalarga asoslanib, faqat jarangli va
yaxshi esda qoladigan parollar ishlab chiqishi mumkin.
Mazkur chora - tadbirlar doim, hatto parollar bilan bir qatorda
boshqa autentifikatsiya usullari, masalan, tokenlarni qo'llashga
asoslangan usullardan foydalanilgan hollarda ham amalga oshiril-
sa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Token bu shunday bir predmet yoki moslamaki, unga egalik
foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlaydi. Xotirali tokenlar va in-
|
| |