Amaliyot -
3
Mavzu: BitLocker yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o'rganish.
Maqsad: BitLocker yordamida ma'lumotlarni shifrlash bo'yicha
bilim va
ko’nikmalarni shakllantirish .
Vazifa:
BitLockerni o'rnatish va ishlatish xotira diskini shifrlash va
deshifrlash.
Nazariy qism
Ma'lumotlarni (fayllar yoki butun diskni) shifrlash begona odamlarga kirishni
oldini olish uchun juda
ishonchli usul hisoblanadi, BitLocker bu maqsad uchun eng
yaxshi vositadir.
Ushbu amaliy ishda BitLocker dasturidan disklarni shifrlash uchun oddiy
ko’rsatmalar berilgan. Ma'lumotlaringizni himoya qilish bo'yicha ko'pgina vazifalar
uchun tavsiflangan misol dasturdan keyingi mustaqil
foydalanish uchun yetarli
bo'ladi.
Shifrlash qurilmadagi ma'lumotlarni himoya qilishga yordam beradi, shunda
unga faqat ruxsat berilgan foydalanuvchilar kirishlari mumkin. Agar qurilmangizda
qurilmani shifrlash mavjud bo'lmasa, standart BitLocker
shifrlashni yoqishingiz
mumkin. (E'tibor bering, BitLocker Windows 10 Home versiyasida qo'llab-
quvvatlanmaydi.)
Shifrlash-bu ruxsatsiz foydalanuvchilardan ma'lumotlarni yashirish usulidir.
Agar do'stingizga shifrlangan Word hujjatini yuborsangiz,
avvalo qabul qiluvchi
ushbu hujjatni rasshifrovka qilishi talab qilinadi. Windows 10 turli xil shifrlash
texnologiyalarini o'z ichiga oladi: shifrlangan fayl tizimi (EFS) va BitLocker diskini
shifrlash.
Butun qattiq diskni shifrlash uzoq vaqt davom etishi mumkin. BitLocker-ni
yoqishdan oldin butun kompyuter diski zaxira nusxasini
yaratishni maslahat
beriladi, ayniqsa zaxira quvvat manbai bo'lmasa va shifrlash paytida uzilish bo'lsa.
1809-versiyadan boshlab shifrlash uchun foydalanish mumkin bo'lgan yangi
xavfsiz
standart ishlatiladi, ammo u faqat Windows 10 1809
va undan yuqori
tizimlarga mos keladi.
Butun qattiq diskni shifrlash uzoq vaqt davom etishi mumkin. BitLocker-ni
yoqishdan oldin butun kompyuter diski zaxira nusxasini yaratishni maslahat
beriladi, ayniqsa sizda zaxira quvvat manbai bo'lmasa va shifrlash paytida uzilish
bo'lsa. 1809-versiyadan boshlab shifrlash uchun foydalanish mumkin bo'lgan yangi
xavfsiz standart ishlatiladi, ammo u faqat Windows 10 1809 va undan yuqori
tizimlarga mos keladi. Windows 10-OTni eski
kompyuterdaTrusted Platform
Module (TPM 1.2) chipisiz ishlatilgan hollarda BitLocker-ni sozlab bo'lmaydi.