Amaliyot 3 Mavzu: BitLocker yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o'rganish. Maqsad




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana23.12.2023
Hajmi0,55 Mb.
#127747
1   2
Bog'liq
3-amaliy ish
8 tsvetnykh psikhotipov, Doc1, Pedagogika psixologiya , Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta, DARS JADVALI KUZGI, футбол, 1.Узбекистон тарихи, Mavzu elektron biznes va mobil-tijorat-fayllar.org, Laboratoriya ishi mavzu Elektron biznes va mobil tijorat Bajard, 3-ma\'ruza PDV 3-kurs, Mustaqil ish Mavzu Simsiz tarmoq arxitekturasi, 1-LABORATORIYA TOPSHIRIQLARI. ELEKTRONIKA VA SXEMALAR2, Mobil dasturlash amalyotlar, YY2gonzK1xMxI1VsvLs0qI1nvG7zUVCm
Amaliy qism 
Windows 10-OTda BitLocker yordamida diskni shifrlashni yoqish 
Панель управления\Система и безопасность\Шифрование диска 
BitLocker buyruqlarini ketma-ket bajaring
Bundan tashqari, Проводник Windows 
-ni ochib, xotira diski bo'lagi ustiga sichqoncha o'ng tugmasi bosish va BitLocker-
ni yoqish-ni tanlash ham mumkin. Agar ushbu parametr Menyuda bo'lmasa, unda 
sizda Windows-ning qo'llab-quvvatlanmaydigan versiyasi o'rnatilgan bo'ladi.
3.1-rasm. BitLockerni ishga tushirish. 


BitLockerda shifrlashning ikki turi mavjud: 
 Mantiqiy bo'lim uchun. Tizimli va OT mavjud bo'lmagan har qanday 
disklarni shifrlashga imkon beradi. Kompyuter ishga tushirilganda
bootloader Windows – ni System Reserved bo'limidan ishga tushiradi 
va himoyani ochish usulini taklif qiladi-masalan, parol. Shundan so'ng, 
BitLocker diskni parolini ochadi va Windows-ni ishga tushiradi. 
Shifrlash / shifrni ochish jarayoni tezda amalga oshiriladi. Bundan 
tashqari, nafaqat operatsion tizim diskini, balki kompyuterdagi boshqa 
disklarni ham shifrlash mumkin. Bunday diskka murojaat qilishda 
birinchi kirish paroli kerak bo'ladi. 
 Tashqi qurilmalar uchun: USB flesh-disklari va tashqi qattiq disklar 
kabi tashqi xotira qurilmalari BitLocker To Go bilan shifrlanishi 
mumkin. Bunda xotira qurilmasi kompyuterga ulanganida parol 
so'raladi. Parolga ega bo'lmagan foydalanuvchilar diskdagi fayllarga 
kira olmaydi. 
BitLocker- dan foydalanish 
Diskni blokdan chiqarishda ishlatiladigan parolni kiriting; agar tiklash kalitini 
yo'qotib qo'ysangiz, tizimni yuklashingiz mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun 
bu muhim sinov bo'ladi. 
3.2-rasm.Rasshifrovka uchun parol o’rnatish. 


Qayta tiklash kalitini zaxiralash usulini tanlang, Agar mavjud bo'lsa, 
Microsoft hisob qaydnomangizdan foydalanishingiz, uni USB flesh-diskida 
saqlashingiz, mahalliy diskdan boshqa joyda saqlashingiz yoki nusxasini chop 
etishingiz mumkin. 
3.3-rasm. Qayta tiklash kalitini saqlash usulini tanlash. 
Mahalliy diskni shifrlashning ikkita varianti mavjud: faqat foydalanilgan disk 
maydonini shifrlash va butun disk sohasini shifrlash. 
Katta hajmdagi ma'lumot mavjud bo'lgan diskni shifrlash biroz ko’p vaqt talab 
etadi. Agar elektr uzilib qolsa, kompyuteringiz UPS bilan ishlashiga ishonch hosil 
qiling. 
3.4-rasm. Diskni to’liq shifrlashni tanlash. 


Windows 10 November Update dan foydalanayotgan bo'lsangiz, unda XTS-
AES deb nomlangan yanada mustahkam shifrlash rejimi mavjud bo'lib, u 
yaxshilangan algoritm bilan qo'shimcha yaxlitlikni qo'llab-quvvatlaydi. Qattiq disk 
bo'lgan hollarda, ushbu parametrni tanlang. 
3.5-rasm. Shifrlash rejimini tanlash. 
Shifrlashga tayyor bo'lgach, “ПРОДОЛЖИТЬ” ni bosing. 
3.6-rasm. Shifrlash boshlanishidan oldin tizimni tekshirish. 
Tizim qayta yuklashni so’raganda qayta ishga tushiring. 


3.7-rasm. Parolni kiritish. 
Windows 10-OT yuklanganidan so'ng, hech qanday maxsus o'zgarish sodir 
bo'lmaydi. Tizimli disk ustiga sichqoncha o'ng tugmasini bosing va BitLocker-ni 
boshqarish-ni tanlang. 
3.8-rasm. BitLocker-ni boshqarish. 
Vazifa: BitLocker yordamida mantiqiy disklarni shifrlash va ularni 
rasshifrovka qilish amalga oshirilsin. 

Download 0,55 Mb.
1   2




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliyot 3 Mavzu: BitLocker yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o'rganish. Maqsad

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish