Xulosa…………………………………………………………………………....70




Download 97.26 Kb.
bet3/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Xulosa…………………………………………………………………………....70

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati…………………………………………....75

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar respublikamiz fuqarolarining intelektual salohiyatini oshirishga ulkan hissa qo‘shdi. Eng asosiysi, istiqlol yillarida davlatimiz tomonidan olib borilgan jiddiy islohotlar xalqimizning aqliy qobiliyati va ilmiy salohiyatini yuksaltirishga zamin yaratdi.

Vatanimizda istiqlol yillarida barcha jabhalarda bo‘lganidek, ta’lim-tarbiya sohasida ham buyuk o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi kunda maktab ta’limi tizimida, umuman, ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘qitish uslublarining zamon talablariga mos boy zahirasi vujudga keldi. Agar ta’limda to‘g‘ri usul tanlasak, ko‘zlangan natajaga oson va qisqa yo‘l bilan erisha olamiz. Globallashuv davrida ta’lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to‘xtovsiz murakkablashib borishi va yangi muammolar, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi, o‘qitish usullarini muttasil yangilab turishni, xalq pedagogikasidan ijodiy foydalanishni talab qiladi.

Muhtaram yurtboshimiz tomoni­dan hayotga tatbiq etilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘­nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiya­si asosida amalga oshirilayotgan ish­lar esa ijtimoiy-iqtisodiy yuksa­lish­ni yangi bosqichga olib chiqqanini ko‘rib turibmiz.

Ayniqsa, yoshlarning zamonaviy ta`lim olish imkoniyatlarini oshirish, o`qituvchi - murabbiylarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash orqali o`qituvchi kasbining jamiyatdagi obro`-e`tiborini oshirish, yoshlarni Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish istaklarini inobatga olgan holda, qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi tizimda olib borilayotgan tub islohotlar tufayli fuqarolarning bugunidan mamnun, kelajakka ishonchi mustahkam bo‘lib umrguzaronlik qilish­ga, shu yurt, shu Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shishga undayotgani fikrimizning yaqqol dalilidir. Xorij davlatlari ekspertlari ham mamlakatimizda bo‘lib, bunday ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etayotgani ayni haqiqatdir.





Download 97.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xulosa…………………………………………………………………………....70

Download 97.26 Kb.