Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar




Download 97.26 Kb.
bet7/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
1.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar
Har bir davlat kelajagi fuqarolarining intellektual salohiyatiga, madaniyati,
bunyodkorligiga tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib
bo’lmaydi. Shu jihatdan mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash
masalasiga bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni
egalagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun ta’limtarbiya dargohlaridagi sharoitlarni birinchi navbatda sobiq sho’rolardan qolgan ta’lim-tarbiya tizimni tubdan o’zgartirish, hozirgi davr talablari darajasiga ko’tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etmoqda.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, milliy kadrlar
tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish masalasiga jiddiy e’tibor qaratila
boshlandi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hali davlatimiz mustaqilligni qo’lga kiritmagan kezlardayoq o’z nutqida ― Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning, hatto o’rta ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak...5 degan edi. I.Karimov o’sha vaqtlardanoq amaldagi sobiq sho’rolar ta’lim tizimi talabga mutlaqo javob bermayotgani, respublikamiz dadil oyoqqa turib olmog’i uchun unga malakali kadrlar va bunday kadrlarni tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan dastur zarurligini ko’p bor ta’kidlagan edi.

Bu borada mustaqillik yillarida O’zbekistonda muayyan ishlar amalga
oshirildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, ― tarixan O’zbekiston Respublikasida shakllangan intellektual salohiyat XXI asr bo’sag’asida o’zining rivojlanish darajasi jihatidan, innovatsion
kashfiyotlar, imkoniyatlari bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko’pgina
rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketgan6.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi uchun barcha


shart-sharoitlar yaratildi. Iqtisodiy qiyinchiliklar hamda o’tish davri muammolariga
qaramasdan sovet tuzumi davrida shakllangan ilm-fan infrastrukturasi bir
tomondan saqlab qolindi, boshqa tomondan uning yanada rivojlanishi uchun
huquqiy, ma’naviy, iqtisodiy asoslar yaratildi. Jumladan, O’zbekiston
Konstitutsiyasining 42-moddasida―Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi,
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi, deyilgan7
Barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi O’zbekiston davlati siyosatining ustuvor
vazifasi hisoblanadi. Zotan, bugun kamol topayotgan yoshlarimiz jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishi hamda madaniyatning o’sishini
ta’minlovchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekistonda
mustaqillikning dastlabki kunlaridan jamiyatdagi yangilanish va islohotlar,
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, davlatning jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuvining asosiy bo’g’ini sifatida ta’lim tizimini isloh qilish
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimidagi islohotlar - ijtimoiy
siyosiy jarayonda mustaqil fikrlaydigan, istiqbolli maqsadlarni aniqlaydigan va
ularning yechimini topa oladigan, ijodkor, yuksak kasbiy madaniyatga ega bo’lgan
yangi avlod kadrlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ilm-fanning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi o’rnini belgilar ekan, ― har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi8, degan edi.

Bugun rivojlanayotgan jamiyatimizga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
mukammal egallagan, teran fikrlaydigan, tashabbuskor, jismonan va ma’nan
sog’lom, barkamol yoshlar kerak. O’zining oilasiga, xalqiga va Vataniga sadoqatli,
barkamol shaxslarni tarbiyalash muammolari doimo davlat va jamoatchilikning
diqqat markazida bo’lib kelgan.

Insonda qachonki insonparvarlik g’oyalari ustun bo’lsa, siyosiy ongi yetuk bo’lsa, atrof-muhitga munosabati sog’lom bo’lsa, bir so’z bilan aytganda umumbashariy qadriyatlar ustun bo’lsagina bunday insonlar mavjud bo’lgan jamiyatni biz fuqarolik jamiyati deb atay olamiz. Shunday ekan, istiqbolimizni belgilaydigan ta’lim sohasini isloh qilish mamlakatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri sifatida XX asr oxirlarida maydonga chiqdi. Aynan ana shu ta’lim sohasi kelajagimizni yaratadi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan nutqlari, ilmiy asarlarini o’rganib, nazariy jihatdan taxlil qilish asosida quyidagilarni bugungi kunimiz uchun o’ta zarur deb ajratdik:



Download 97.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar

Download 97.26 Kb.