• Beshinchidan
  • Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




    Download 97.26 Kb.
    bet10/42
    Sana04.07.2021
    Hajmi97.26 Kb.
    #15380
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
    To’rtinchidan esa ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial
    kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta axamiyat kasb etadi. Shu o’rinda har
    bir insonda muayyan darajada intelektual salohiyat majudligini takidlaydi.
    Shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimov "Agar shu ichki quvvatning to’liq
    yuzaga chiqishi uchun zarur bo’lgan barcha shart –sharoit yaratilsa, tafakkur har
    xil qotib qolgan eski tushunchalar va aqidalardan halos"9 bo’lishini ta’kidlaydi.

    Beshinchidan, Biz fuqarolik jamiyat qurishni o’z oldimizga maqsad qilib
    qo’yganmiz. Bu sohada dastlabki, ammo muhim qadamlar qo’yildi. Ishonchim
    komilki, vaqti soati kelib, bugungi o’tish davri uchun zarur bo’lgan kuchli davlat
    funksiyalari va alomatlari asta sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat
    zimmasiga o’tadi.

    O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng 1992 yil 2 iyulda


    ― Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi ta’lim tizimida islohotlarni
    boshlab berdi. Maktablarning moddiy va o’quv texnika bazasini mustahkamlash,
    ta’lim dargohlarini pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim va tarbiyani milliylik
    asosida takomillashtirish, ta’lim sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish
    asnosida bu tizimni jahon andozalariga yaqinlashtirish borasida muhim tadbirlar
    amalga oshirildi.

    Asosiy qonunimiz Konstitutsiyamizda esa har bir fuqoro bepul ta’lim olish


    huquqiga ega, ta’limning davlat nazoratida ekanligi kafolatlanadi10, deya alohida
    ta’kidlangan.

    1997 yil 29 avgust O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida


    yangi ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
    qilindi11. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda ta’lim islohotlarini
    yanada chuqurlashtirish vazifalari va dasturlarni ruyobga chiqarish bosqichlari
    asoslab berildi.

    «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» milliy tajribaning tahlili va ta’lim


    tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo’lib, u milliy
    modelni ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga
    moslashgan ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik
    puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, pedagogik-psixologik va
    boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldidagi
    javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni12 o’z oldiga maqsad qilib
    olgandir.

    - «Bizga milliy kadrlar tayyorlashning maxsus dasturi kerak, bu dastur:

    - umumiy ta’lim maktablarida dars berish sifatini oshirish (o’qituvchilarni,
    metodistlarni qo’shimcha ravishda moddiy raІbatlantirish, maxsus sinfxonalar
    barpo etish, oliy o’quv yurtlarining maktablarini otaliqqa olishni yo’lga qo’yish va
    shu kabilarni);

    - eng iste’dodli bolalar uchun maktablar ochishni;

    - korxonalar bilan maktablar o’rtasida sifat jihatidan yangi munosabatlarni
    joriy etishni;

    - hunar texnika bilim yurtlarida ho’jalik hisobini joriy qilishni va shu asosda


    ommaviy kasb kadrlari tayyorlash sifatini keskin oshirishni;

    - oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash sistemasini qayta qurishni,


    bu sohaga kadrlar tayyorlashni buyurtma berish usulini joriy etishni o’z ichiga
    olishi kerak»13 degan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

    Milliy dasturning hayotimizga tadbiq etilishi uch bosqichda belgilandi.





    Download 97.26 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




    Download 97.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

    Download 97.26 Kb.