I-BOB. TA’LIM JARAYONIDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI




Download 139,09 Kb.
bet3/7
Sana27.05.2024
Hajmi139,09 Kb.
#255387
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
talim menejmentini (5)

I-BOB. TA’LIM JARAYONIDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Ta’lim menejmentini o‘qitishda bilim va malaka ko’nikma ishlarning o‘rni va ahamiyati.
O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish, bahоlash, bahоlashning vazifasi va funktsiyalari, bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllari, o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni bahоlashning reyting tizimi, reyting tizimini amalga оshirish, reyting tizimi to’g’risidagi Nizоm va buyruqlar.
Ta'lim oluvchilar tomomdan o'quv materiallari o'zlashtirilganligi-ni, ko'mkma va malakalar hosil bo'lganligmi tekshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qisrni hisoblanadi. Bu faqat o'qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o'quv jarayonining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. Baholash ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o'quv maqsadlariga enshilganlik darajasini oldindan beleilangan mezoniar asosida o'lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Baxоlash-ta`lim jarayonining ma`lum bоskichida, o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini оldindan belgilab qo’yilgan me`zоnlar asоsida belgilash, o’lchash va taxlil qilish jarayonidir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta'limiy ahamiyati shundaki, bunda o'quv materialining o'zlashtirilganligi haqida ta'lim beruvchi ham, ta'lim oluvchi ham muayyan ma'lumotga ega bo'ladi. Baholash jTatgasida. ta'iim beruvchi uchun ta'lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, gaysi material vaxshi o'zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli darajada o'zlashtirilmaganligi yoki umuman o'zlashtirilmaganligi ma'lum bo'ladi. Bu ta'lim oluvchining bilish faoliyatim kelgusida tashkil etish va boshqarish uchun asos bo'lib hisoblanadi. Ta'lim beruvchi o'z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O'z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi.
Shunmgdek, baholash natijalari ta'lim beruvchining o'quv dasturiga materiallarni ta'lim beruvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan qayta ko'rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin. qaysi birlari esa oson o'zlashtinlishi aniq-ravshan bo'ladi, Bu ta'lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko'rishi va o'quv mashg'ulotini o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, ta'lim oluvchiga ham ta'lim jarayonida qaysi o'quv materialini yaxshi. qaysinisini qomqarli va nimani yomon o'zlashtirgam ma'lum bo'ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta'lim oluvchi o'z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to'g'ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go'yo u o'quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, amaliyotda esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi rna'lum bo'lib qoladi, Baholash natijasida. ta'lim oluvchilarning o'rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo'llay olish, tahlil qilish va o'z bilimlanga tanqidiy baho berish darajalari amqlanadi. Ta'lim oluvchi o'z bilimlarining ijobiy tavsifi, kasb-hunar kollejida va uydagi ishining uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va ko'nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi.Bilimlarni, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta'lim oluvchilarning o'qishga, o'z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug'iladi. Baholash hamisha ta'lim oluvchining shaxs sifatida o'ziga nisbatan muayyan bir munosabatmi hosil qiladi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchining o'ziga nisbatan munosabatini, tuyg'ulanm, uning xarakteridagi iroda, hamkorlik, o'zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarim shakllantirishga qaratishi lozim bo'ladi.
Ba'zan baholash jarayonida ta'lim oluvchi qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalarga ham enshadi. Ta'lim jarayonida o'zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib etadi. Shu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining mezoni deb ham aytish mumkin.
Ta'lim oluvchi o'rtoqlarining, ota-onalarining unga, uning kollejdagi yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga munosabatiga hech qachon befarq qolmaydi. Uning bilimlanga berilgan baholar ushbu munosabatni belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma'qullash, tanbeh yaxshi yoki yomon baho qo'yish ta'lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orЈsidagi mavqeyini shakllantiradi. Bu, ayniqsa, o'smirlar orasida katta ahamiyatga ega.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga ega. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta'lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, talabalarning umumiy o'zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. p^ivlat ta'lim standartlarida davlat tomonidan qo'yilgan talablar nechog'lik bajaraliyotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o'zida butun ta'lim tizimi va uning komponentlari tekshinlib kp'rilishj kerak. Bu bilan ta'lim tiziimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib, o'lchanadi. Bilimlarni muntazam baholab bonsh ta'lim rejasi, unmg katta – kichik bo' limlari asosida amalga oshiriladi. Ta'lim tizimi natijala muayyan standart me'yori orqali ifodalanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta'lim oluvchming, balki ta'lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o'quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi. Ta'lim vositalari, rejalar, ta'lim jarayomni tashkil etish sifatiga ham baho beriladi.


Ma’lumki, o'qitishning asosiy shakllari — ma’ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi sinf, audi­toriyada o'tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi da- rajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko'ra awaldan rejalashtiri- ladi, o‘quv soatlari ajratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti auditori- yadan tashqarida o‘tkazilsa-da, unga ham awaldan soatlar belgila- nadi. Hozirgi taraqqiyot darajasi, uning nihoyatda tezlashuvi nati- jasida belgilangan soatlar mobaynida qo‘yilgan maqsadga yetish, barcha axborotni o‘quvchi-talabalar ongiga etkazish tobora qi- yinlashib boradi. Bu muammoni yechishning asosiy yo'li yoshlarimizni o‘z ustilarida mustaqil ishlashga o'rgatishdir.
Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish o'quvchi-talabalar dunyoqarashini shakllantirishda o'quvchi-talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashi alohida muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham hozirgi kunda respublikamiz ta’lim tizimida o‘quvchi-talabalarning mustaqil ta’limiga alohida diqqat qaratilmoqda.
0‘quvchi-talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish Oliy va o'rta ta’lim vazirligining maxsus buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi: Talaba mustaqil ishi 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli buyrugM bilan tas­diqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risidagi Nizom»ga asosan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida esa 0‘MKHT markazining 2005-yil 17-avgustdagi 192-sonli buyrug‘iga muvofiq jshlab chiqilgan «0‘quvchining mustaqil ishini tashkil etish», to‘g‘risida muvaqqat Nizom asosida tashkil etiladi.
U Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash qo- biliyatlarini, ijodiy va ijtimoiy faollikka, kasbga bo‘lgan qiziqish- larini shakllantirishda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilishdan maqsad, raqobatbardosh mutaxassis va talabga javob beradigan, yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlashdir. Bu maqsadni amalga oshirishda o'quvchi-talabalarni o'quv-tarbiyaviy, ilmiy faoliyati, must; qii ish­lash vaqt budjeti, tadqiqot obyekti alohida ahamiyatga ega.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o‘qituvchining rahbarligi
va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda ba- jarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi:

  • yangi bilimlami mustaqil tarzda puxta ozlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalaridan samarali foydalanish;

  • an’anaviy o'quv va ilmiy'adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ish­lash;

  • internet tarmog'idan samarali foydalanish;

  • berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;

  • natijalami muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchilik- larni qayta ishlash;

  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutax- assislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.


Download 139,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 139,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. TA’LIM JARAYONIDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

Download 139,09 Kb.