BOB. SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI




Download 1,26 Mb.
bet26/123
Sana13.05.2024
Hajmi1,26 Mb.
#229021
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

BOB. SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI

  1. Boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan
    jarayon sifatida


Har qanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona harakat qila olmaydi va rivojlanmaydi. Shu tufayli ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida jamiyat o‘ziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi.
«Boshqaruv» tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy tarakqiyotga ega. Uning yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng muhim jarayonlaridan biri hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo‘lsalar, asta-sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi. Bunday holatni anglash, chuqurroq o‘rganish va bilish «Boshqaruv fani»ning vujudga kelishiga olib keldi.
Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo’lsalar, asta-sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining o'sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi.
Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati», - deb ta’rif
Boshqaruvning ma’nosi va mohiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va usullari to‘g‘risida buyuk olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda ko‘p fikr aytishgan va yozib qoldirishgan.
Har qanday boshqaruv o‘z maqsadi va vazifalariga ega. Maqsad — bu, inson faoliyatining avvaldan fikran o‘ylangan natijasidir. Shunga binoan, boshqaruvning maqsadi deganda, boshqaruv sub’ektining oldindan o‘ylangan, mo‘ljallangan, erishish zarur bo‘lgan natijasi tushuniladi. Sanoatda esa, maqsad — ko‘p va sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni o‘z vaqtida sotish hamda mo‘ljallangan foydani olishdir.

Boshqaruv alohida funksiya bo‘lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va

—\

uning hududlari, milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari, korxona va uning bo‘limlari) da insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir.

>






Download 1,26 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB. SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI

Download 1,26 Mb.