• Yalpi qo’shilgan qiymat
  • YaQQda sanoatning ulushi (qurilish sohasi bilan birga)
  • Qisqacha xulosalar
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar royxati
  • -rasm. 2017 yilda sanoat tarmoqlari tuzilmasi




    Download 1,26 Mb.
    bet25/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    3.2-rasm. 2017 yilda sanoat tarmoqlari tuzilmasi1, foiz
    3.2- j a d v a l
    O‘zbekiston Respublikasining sanoat tarmoqlari bo‘yicha tuzilmaviy
    o‘zgarishlar, foizda




    2014 y.

    2015 y.

    2016 y.

    2017 y.

    2018 y.

    Yalpi qo’shilgan qiymat

    100

    100

    100

    100

    100

    shu jumladan:
















    YaQQda sanoatning ulushi (qurilish sohasi bilan birga)

    32,4

    32,4

    32,6

    33,0

    32,9

    shu jumladan sanoat tarmoqlari ulushi
















    To’qimachilik, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish

    2,6

    2,8

    3,2

    3,3

    3,9

    Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish

    0,1

    0,2

    0,2

    0,2

    0,2

    Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish

    3,7

    4,2

    4,5

    5,3

    5,7

    Avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish

    0,8

    1,0

    1,1

    1,0

    0,5

    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
    Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

    • fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish;

    • material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish;

    • ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish,

    kooperativlashtirish darajasi;

    • sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;

    • aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi;

    • ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;

    • mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;

    • mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.

    Qisqacha xulosalar
    Sanoat juda ko‘p tarmoqlardan iborat bo‘lib, ularning har biri korxonalar yig‘indisidan tashkil topadi. Tarmoq hosil bo‘lishi uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladilar.
    Sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi va ularning takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy nisbatlari tarmoq tuzilmasini tashkil etadi. U sanoat taraqqiyotida ro‘y beradigan texnika va texnologiya hamda innovatsiya rivojining darajasi, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
    Turli sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari o‘zaro mahsulot almashish, tajribalarni o‘rganish bilan tavsiflanadi.
    Ishlab chiqarish tarqqiyotining istiqbolini aniqlash, hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, uning ahvolini tahlil etish maqsadida sanoat tarmoqlari guruhlarga ajratiladi. Guruhlarga ajratishning eng muhim tamoyili tayyorlanadigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligidir.
    Sanoat tarmoq tuzilmasining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: fan- texnika tarqqiyoti va innovatsion faoliyat; ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari-konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, mahalliylashtirish, kooperativlashtirish, diversifikatsiyalash va hududiy joylashtirish.
    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Siz ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat sohalari qanday shakllanadi deb o‘ylaysiz?

    2. Siz davlatning iqtisodiyot, jumladan, sanoat sohasidagi tarkibiy o‘zgarishlarga tegishli siyosatining mohiyati nimada deb o‘zlaysiz?

    3. Siz iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash yana uchun nimalar qilish lozim deb o‘ylaysiz?

    4. Tarmoq va tarmoq tuzilmasi tushunchasiga qanday baho berasiz?

    5. Sizning tarmoqlarning iqtisodiy guruhlanishi va tuzilmasi bo‘yicha fikrlaringiz qanday?

    6. Tarmoqning rivojlanish sur’atlarini aniqlanishing qanday usullarini bilasiz?

    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:

    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.

    2. Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//Xalq so‘zi, 23 dekabr, 2017 yil

    4. Tirole, Jean (Tir) The Theory of Industrial Organization. MIT Press, 1992.

    5. Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.

    6. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.

    7. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

    8. www.search.ebscohost.com


    1. Download 1,26 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. 2017 yilda sanoat tarmoqlari tuzilmasi

    Download 1,26 Mb.