|
Passiv optik tarmoq texnologiyalari. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi, E-PON texnologiyasi, G-PON texnologiyasi
|
bet | 2/4 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 13,06 Kb. | | #113924 |
Bog'liq Abonent kirish optik tarmoqlari-www.genderi.orgPassiv optik tarmoq texnologiyalari. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi, E-PON texnologiyasi, G-PON texnologiyasi
Agar oxirgi yillarda zamonaviy aloqa tarmoqlarining tolali optik kabellar orqali tashkil qilinayotganini, o'tkazuvchanlik qobiliyatining yuqoriligini nazarda tutsak, abonent tarmoqlarida PON texnologiyasini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
PON texnologiyasining asosiy vazifasi, markaziy tugunlar orasidagi magistralni (SDH/ATM) va abonent tugunlarini ulash, shuningdek daraxtsimon topologiyali to'liq passiv optik tarmoqni yaratishga asoslangan, oraliq tugunlarda esa ta'minot va xizmatni talab qilmaydigan kompakt passiv optik ajratgich (birlashtirgichlar yoki splitterlar deb ham ataladi) joylashgan. PON texnologiyasi Telekommunikasiyalar bo'yicha xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU-T) tomonidan G.983.1 va G.983.2 tavsiyalari nomini olgan.
PON arxitekturasining afzalliklari: - oraliq aktiv qurilmalarning yo'qligi; - markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning tejalishi; - tolaning tejalishi; - yangi abonentlarni ulashning engilligi va xizmat ko'rsatishning qulayligi. Kamchiligi: PON texnologiyasining murakkabligi va oddiy daraxt topologiyasida zahiralashning yo'qligidir.
PON ning passiv optik tarmoqlagichlari asosidagi daraxtsimon topologiya.
PON tarmog'ining xususiyatlari: - bir tola bo'yicha bir-biriga qarama-qarshi ikki uzunlikdagi (1550 nm va 1310 nm) to'lqinni uzatuvchi daraxtsimon arxitekturadan iborat. Ikki xil to'lqin uzunligi uzatgich va qabul qilgich orasida yaxshiroq izolyasiyani ta'minlaydi, shuningdek ikki to'lqin uzunliklarining ta'sirlashuvida qimmat bo'lmagan planar lazer diodlar (PLC) ni ishlatish mumkin, bu tizim narxini sezilarli darajada kamaytiradi; - daraxtning oraliq tugunlarida passiv optik tarmoqlagichlar joylashadi; - TDMA ulanish usulidan foydalanish abonenlar orasida o'tkazish polosasini moslashuvchan taqsimlanishiga yo'l qo'yadi; - markaziy tugundan kelayotgan bitta tolaga 32 ta, maksimum 64 ta abonent tugunlarini ulash mumkin; - PON texnologiyasida kiruvchi trafikni keng ommaga yetkazib berishda oqimlarni spektral ajratishdan va chiquvchi kanalda esa vaqt bo'yicha multipleksorlashdan foydalaniladi; - maksimal masofasi 20 km ni tashkil qiladi.
PON arxitekturasining asosiy elementlari va ish prinsipi
PON texnologiyasidagi asosiy terminlar:
*Markaziy tugun OLT (optical line terminal)
*Abonent tuguni ONT (optical network terminal)
PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN) standartiga asoslangan bo'lib, bu texnologiya quyidagi standartlar bo'yicha qurilishi mumkin: A-PON – ATM protokolini qo'llashga asoslangan; E-PON – Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orqali uzatishga asoslangan; B-PON - Broadband PON – keng polosali xizmatlar bilan birga Ethernet ulanishni, analog va raqamli videoni translyasiya qilishni amalga oshiradi; G-PON - Gigabit PON – yangi echim, juda yuqori unumdorlikka ega bo'lib, multiservisli xizmatlarni amalga oshirishga mo'ljallangan. Bunday tarmoqlar iqtisodiy tomonidan tejamli va keng polosali turli axborotlarni o'tkazish qobiliyatiga ega.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Passiv optik tarmoq texnologiyalari. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi, E-PON texnologiyasi, G-PON texnologiyasi
|