|
Abonent kirish optik tarmoqlari
|
bet | 1/4 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 13,06 Kb. | | #113924 |
Bog'liq Abonent kirish optik tarmoqlari-www.genderi.org
Abonent kirish optik tarmoqlari
Reja: 1. Keng polosali optik kirish tarmoqlari, abonent kirish optik tarmoqlarining tuzilish prinsipi va arxitekturasi. 2. Passiv optik tarmoq texnologiyalari. passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi, E-PON texnologiyasi, G-PON texnologiyasi.
Abonent kirish optik tarmoqlari
Telekommunikasiya aloqa tarmog'ining tuzilishi Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini ikkita tarmoq sifatida ta'riflash mumkin: transport va abonent ulanish (kommutatsiyalanuvchi) tarmoqlari. Transport va abonent ulanish (kommutatsiyalanuvchi) tarmoqlarini ierarxik sathlar bo'yicha tasvirlash mumkin. Telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarida ierarxiyaning to'rtta sathini ajratish mumkin:
Keng polosali optik kirish tarmoqlari, abonent kirish optik tarmoqlarining tuzilish prinsipi va arxitekturasi
Abonent kirish tarmog'ining tuzilishi Abonent komplekti (AK) va telefon apparati (TA) orasida bog'lanish, boshqacha aytganda abonent liniyasi (AL), stansion, magistral, taqsimlash uchastkalari va abonent simi orqali amalga oshiriladi. Abonent liniyasini boshqacha talqin etish mumkin: - oxirgi milya (krossdan uygacha masofa); - oxirgi yard (uy chegarasidagi ajratish); - oxirgi fut (xonadondagi ajratish). Mis simli abonent kirish tarmoqlarining quyidagi kamchiliklarini ko'rsatish mumkin: - abonent kirish tarmoqlarida axborot almashinish ishonchliligi va sifati ko'rsatgichlarining pastligi o'ziga xosdir; - abonent kirish tarmoqlarining foydali ish koeffisienti juda kamligi (o'tkazilayotgan trafik intensivligi) texnik vositalardan foydalanish samarasining pastligiga olib keladi.
Kommutasiyalanadigan stansiyalar abonent tarmog'ining strukturasi.
FTTx texnologiyasining asosiy prinsiplari Abonent optik kirish tarmoqlari FTTx (Fiber Transport To…, ya'ni optik transport tarmog'i... gacha) degan nom olib yangi avlod tarmoqlarini qurishda keng qo'llanilmoqda. FTTx tuzilishiga ko'ra quyidagi turlardan iborat: FTTCab (Fiber To The Cabinet) – taqsimlash jovonigacha optik kabel yotqizish; FTTC (Fiber To The Curb) – taqsimlash qutisigacha optik kabel yotqizish; FTTH (Fiber To The Home) – uygacha optik kabel yotqizish; FTTB (Fiber To The Building) – binogacha optik kabel yotqizish; FTTP (Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik kabel yotqizish; FTTO (Fiber To The Office) – ofisgacha optik kabel yotqizish; FTTU (Fiber To The User) – foydalanuvchi terminaligacha optik kabel yotqizish.
FTTx texnologiyasining umumiy arxitekturasi
FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari
FTTx texnologiyalarini xususiyatlari: FTTH: - optik kabelning ko'p sarflanishi qimmat va optik tolani abonentgacha (yangi) tortish kerak; - oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilmasligi sarf xarajatlarni kamaytiradi; - yuqori o'tkazish polosasi ega; - turli mulьtiservisli xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beradi; - yuqori uzatish sifatini, to'liq optik tarmoqlarga o'tish imkonini yaratadi. FTTB: - optik tola/kabel ko'p sarflanmaydi; - mavjud bo'lgan abonent o'tkazgichidan foydalanish mumkin; - o'tkazish polosasi bo'yicha chegaralangan; - oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilishi qo'shimcha sarf xarajatlarga olib keladi. FTTC: - nisbatan arzon; - o'tkazish qobiliyati chegaralangan.
|
| |