• III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. Mundarija: I. KIRISH…
  • III. XULOSA…
  • Kurs ishining ob`ekti.
  • Kurs ishining maqsadi
  • Ii. Asosiy qism




    Download 53.76 Kb.
    bet1/5
    Sana08.06.2023
    Hajmi53.76 Kb.
    #70878
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    mundarija, КОДЕКС, 6-амалий (2), 2 5364247507972918810, Baholash mezoni, Crossword-Clothes 2, 1917-1941 yillarda muzey ishi va yodgorliklarni asrash, Iqtisodiy xavfsizlik Xotamov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi], 1-Amaliy mashg’ulot Chiziqli dasturlash masalasini grafik usuld, Бухгалтерия ҳисоби жавоби 1 вариант(1), 10 sinf informatika test @sadikov uz, 4-mavzu Akslantirishlar. In’yektivlik, syur’yektivlik, biyektiv , Toshp`latova Marjona 9.doc, 1 mavzu (2)

    Yarim chegaralangan sohada issiqlikning tarqalishi tenglamasi uchun boshlang’ich chegaraviy masalalar.
    Reja:
    I. KIRISH.
    II. ASOSIY QISM.
    1.Issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun Koshi masalasi.
    2.Yarim chegaralangan sohada bir o’lchovli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun qo’yilgan masalalarni Fur’e almashtirish yordamida yechish.
    3.Yarim chegaralanga sohalarda bir o’lchovli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun qo’yilgan masalalarni davom ettirish usulida yechish.
    III. XULOSA.
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

    Mundarija:
    I. KIRISH………………………………………………………..………………3
    II. ASOSIY QISM.
    1. Issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun Koshi masalasi………...9
    2.Yarim chegaralangan sohada bir o’lchovli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun qo’yilgan masalalarni Fur’e almashtirish yordamida yechish………………………………………………………………………..….10
    3.Yarim chegaralangan sohalarda bir o’lchovli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun qo’yilgan masalalarni davom ettirish usulida yechish………………………………………………………………....15
    III. XULOSA…………………………………………………………………..17
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………...…..20

    I. KIRISH.
    Bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning yo’nalishlari va prinsiplari O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida ”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va davlat ta’lim standartlari talablarida ko’rsatib berilgan. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan biri yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini shakllantirish, fanlarga qiziqishni oshirish, rivojlantirish, izlanish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ko’nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdir.
    Davlat taraqqiy topish uchun avvalambor ilm-fan borasida ko’plab yutuqlarga erishmoq demakdir. Yoshlarni bilimli qilib tarbiyalash yurtimiz oldida to’rgan ulkan vazifalardan biridir. O’zbekiston Respublikasi mustaqil huquqiy demakratik davlat , erkin fuqarolik jamiati ko’rish yo’lida ulkan ishlar olib borib,inson mohiyatining yangidan ochishga, uni o’zligini anglashga, imkoniyatlarni o’yobga chiqarishga va ma’naviy intellectual, aqliy – amaliy rivojlanishga yangi shart- sharoitlar yaratib berishdi. Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan intergiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnalogiyasini, uning vositalalarini ishlab chiqarish, o’zlashtirish , yangi pedadogik va axborot texnologiyalari asosida o’quvchi va talabalarni o’qitishni jadallashtirish yana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. 2020-yil mamlakatimizda Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning matematika fani boʻyicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim Butunjahon fanlar akademiyasi aʼzosi ekanini alohida taʼkidladi. Koʻplab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilmoqda. Shavkat Mirziyoyev bugungi uchrashuvda matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bogʻlash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.
    Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish kerakligi taʼkidlandi. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, matematik ongni, kerak boʻlsa, bogʻchadan boshlab shakllantirish vazifasi qoʻyildi.
    - Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʻlib oʻsadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi, - dedi Prezident. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar, shu jumladan, matematika fanidan ham o’qitish uslubiyatini chetlab o’tmaydi. Har bitta fanga alohida e’tibor berish, har bir mavzuni o’qitishda ma’suliyatli bo’lish o’qituvchi, professor, dosent va akademiklarning eng oliy maqsadi hisoblanadi. Bizga ma’lumki matematika fani juda qiziqarli va shu bilan birga murakkab fan bo’lib ham hisoblanadi. Ma’lumki, matematika analiz fani nima uchun kerak, nima maqsadlarda foydalaniladi, uning yechimlari qanday topiladi kabi masalalar qaraladi. Shu o’rinda bu mavzuga doir “bir jinsli bo’lmagan parabolic tenglama uchun Koshi masalasi” mavzusiga oid masalalar, misollar yechish kabi ishlar o’rganiladi. Ushbu fikrlar tanlangan mavzuning qanchgalik darajada dolzarb ekanligini ko’rsatadi.
    Kurs ishining ob`ekti. Oliy ta`lim muassalarida “Matematik fizika tenglamalari” fanini o`qitish jarayoni.
    Kurs ishining predmeti. Oliy ta`lim muassasalarida Matematik fizika tenglamalari misol va masalalarida qo`llashni nazariy va amaliy bilimlar asosida o`rgatish usullari.
    Kurs ishining maqsadi. Oliy ta`lim muassasalarida Matematik fizika tenglamalari fanidan “Yarim chegaralangan sohada issiqlikning tarqalishi tenglamasi uchun boshlang’ich chegaraviy masalalar” tushunchalarini o`rganish va ularga doir misol, masalalarni yechishdan iborat.
    Kurs ishining vazifalari. Oliy ta`lim muassasalari uchun DTC, taqvim rejasi, mavzuga oid mavjud adabiyotlar, internet ma`lumotlarini to`plash va taxlil qilish. Matematik fizik tenglamalar fanidan Yarim chegaralangan sohada issiqlikning tarqalishi. Davom ettirish usuli yechish va ularga doir masalalar, misollar ishlashdagi kamchiliklarni o`rganib chiqish, kurs ishi yuzasidan olingan nazariy bilimlarni amaliyotda masala va misollarda tadbiq qilib va uning natijalarini taxlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish zarur demakdir.

    Download 53.76 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 53.76 Kb.