Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti radioelektron apparatlarni loyihalash va




Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana18.01.2024
Hajmi2,25 Mb.
#140014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari (2) (1)

 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 MODELLASHTIRISH DASTURIDAN FOYDALANIB RADIOELEKTRON 
QURILMALAR SXEMALARINI MODELLASHTIRISH 
Electronics Workbench dasturining interfeysi 
Electronics Workbench (EWB) dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi
olchash asboblari bilan jihozlangan, tadqiqotchining real ish joyi bo lib, unda 
radioelektron qurilmalarning ishlash jarayonlarini imitatsiya qilish amalga 
oshiriladi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli 
radioelektron qurilmalarni prinsipial-elektrik sxemalarini tuzish, modellash va 
tadqiq qilish mumkin.
Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat 
(1.1-rasm). 
Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (File), 
tahrirlash menyusi (Edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut), sxemalarni tahlil 
qilish menyusi (Analysis), oynalar bilan ishlash menyusi (Window), yordam 
fayllari bilan ishlash menyusi (Help). 
 
1.1-rasm. Electronics Workbench kompleksining interfeysi va asboblar paneli 
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo lgan 
tugmachalar mavjud. Tugmachalar bosilganda ularga mos bo limlar ochiladi, 



masalan, diodning tasviri ko rsatilgan tugmacha aktivlashtirilsa diodlar bo limi 
ochiladi. 
 
1. 2- ras m. EW B das t ur inin g bos h o ynas i
Dasturning bosh oynasi 1.2-rasmda keltirilgan. Ko rinib turganidek, dastur 
standart interfeysga ega.
Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan.
Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada 
elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o zgartirishlar kiritiladi.
Belgilar (ikonalar) oynasi sxema oynasining yuqori qismida joylashgan 
bo lib, u yuqori qatordagi menyu buyruqlarini qaytaradi. Keyingi, ya’ni sxema 
oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va 
o lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarni (Diodes) va 
o lchash asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 1.1-rasmda ko rsatilgan. 
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to xtatish (Activate/Stop) hamda pauza 
(Resume) tugmachalari dastur oynasining yuqori o ng burchagida joylashgan. 
Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo li bilan 
sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to xtatish mumkin.
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga 
muvofiq emas. Chunki ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash 
natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin. EWB dasturida ishlash 
quyidagi uchta etapni o z ichiga oladi: 
 sxemani tuzish; 
 sxemaga o lchov asboblarini ulash; 



 sxemani aktivlashtirish, ya’ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi 
jarayonlarni hisoblash.

Download 2,25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti radioelektron apparatlarni loyihalash va

Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish