3
Kirish
Zamonaviy radioelektron qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish katta
aniqlik va chuqur taxlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning
katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter texnologiyalaridan
foydalaniladi.
Radioelektron apparatlarining asosiy bajaradigan
funksiyalari bo lib
axborotlarga ishlov berish, ularni uzatish va qabul qilishdan iborat. Bu
funksiyalarni
bajarish
uchun
turlicha
murakkablikka
ega
bo lgan
radioqurilmalardan foydalaniladi. Bunday radioqurilmalarni loyihalash jarayonlari
murakkab
jarayon
hisoblanib,
asosan
zamonaviy
kompyuterlarda,
avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalaridan foydalanib amalga oshiriladi.
Loyihalash
jarayonida
radioqurilmada
kechadigan
jarayonlarni
modellashtirish muhim masala hisoblanadi. Modellashtirish orqali qurilmaning
ishlash jarayoni taxlil qilinadi, kerakli parametrlari tekshirib
ko riladi va uning
turli xarakteristikalarining sonli miqdorlari aniqlab olinadi.
Hozirgi vaqtda jahonda ko plab kompyuterda modellash dasturlari
qo llanilmoqda. Ular ichida o quv yurtlarida eng ko p qo llaniladigan
dasturlardan biri Interactive Image Technologies firmasining Electronics
Workbench dasturidir. Bu dasturning ma’lumotlar bazasi
ko plab elementlar -
rezistorlar,
kondensatorlar, g altaklar, diodlar, tranzistorlar, mikrosxemalar va
boshqa elementar to g risidagi ma’lumotlarni o z ichiga olgan. Malumotlar
bazasidagi har bir element o zining ekvivalent
sxemasi va parametrlarining
tavsifiga egadir. Dastur paketi nisbatan kichik hajmga ega bo lishiga qaramasdan,
unda katta miqdordagi real elementlarning modellari mavjud. U sxemotexnik
tahrirlagich va SPICE simulyatorni o z ichiga olgan integrallashgan paket bo lib
hisoblanadi.
Electronic Workbench dasturi signallar generatorlari, ossillograflar, testerlar,
jahondagi ko plab taniqli firmalarning (Motorola, Nationl, Philips,
Toshiba va
boshqalar) yarim o tkazgichli priborlari va mikrosxemalarini o z ichiga oluvchi
katta kutubxonaga ega. Uning yordamida elektr zanjirlar, analog hamda raqamli
elektron sxemalarni taxlil qilish mumkin.
Electronic Workbench dasturi tayyor elementlardan tekshiriladigan sxema
yig ilgandan keyin, uning har bir komponentining matematik modellarini o zaro
bog laydi va chiziqli bo lmagan differensial tenglamalar sistemasi ko rinishiga
o tkazadi. Ularga asosan chiziqli bo lmagan algebraik tenglamalar sistemasini
hosil qilib, takomillashtirilgan Newton-Raphson
usulidan foydalanib sonli
4
ko rinishda yechadi va natijalarni sxemaga ulangan o lchash qurilmalariga
(ampermetrlar, voltmetrlar) yoki ikki nurli ossillografga uzatadi. Bundan tashqari
dasturda grafik analizator ham mavjud. Ossillograf va grafik analizator elektr
zanjirlarida sodir bo ladigan jarayonlarni xotirasiga yozib oladi va keyinchalik
ularni har tamonlama taxlil qilish imkoniyatini beradi.
Ushbu uslubiy ko rsatmada radioelektron apparatlar
tarkibiga kiruvchi
radioqurilmalarni Electronic Workbench dasturidan foydalanib modellashtirish va
P-CAD zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash sistemasidan foydalanib
radioelektron qurilmalarning sxemalarini loyihalash bo yicha laboratoriya
ishlarini virtual bajarish masalalari ko rib chiqilgan.
Virtual laboratoriya – tajribalar o tkazish va fanlarni qiziqarli tarzda
o rganish uchun ideal muhit bo lib hisoblanadi. Interaktiv
virtual reallik oddiy
eksperimentlar bilan bir qatorda quyida sanab o tilgan murakkab eksperimentlarni
ham o tkazish imkoniyatini beradi:
qimmat va murakkab jihozlarni talab qiluvchi eksperimentlar;
real sharoitlarda o tkazish qiyin, yoki amalda mumkin bo lmagan
eksperimentlar;
real sharoitlarda katta mablag larni talab qiluvchi eksperimentlar;
qisqa vaqt davomida o tkazilishi zarur bo lgan eksperimentlar va
boshqalar.
Uslubiy ko rsatmada radiouzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni
modellashtirish, ularning ishlash jarayonlarini taxlil qilish
va P-CAD zamonaviy
avtomatlashtirilgan
loyihalash
sistemasidan
foydalanib
radioelektron
qurilmalarning sxemalarini loyihalash bo yicha laboratoriya ishlari ishlab
chiqilgan bo lib, uning yordamida talabalar nazariy olgan bilimlarini laboratoriya
ishlarini bajarish orqali mustaxkamlash imkoniyatiga ega bo ladilar.