• T-simon almashtirish cxemasi.
  • 7.1. Asinxron mashina energetik diagrammasi
  • 11-mavzu. Fazali rotorli asinxron dvigatelning rotori zanjiri qarshiligini hisoblash




    Download 142.37 Kb.
    Sana25.02.2024
    Hajmi142.37 Kb.
    #162180
    Bog'liq
    11-mavzu
    Statistika — Turizm, 1-Amaliy ish M.B, 1232sa1s11311, 1-,2-,3 - mustaqil ishlar, 5-sinf Foizlar mavzusidagi ochiq darsga tarqatma materiallar, 1. Tuplam 2023 4 may, 2-Tuplam, 3-4-shuba BTZT-TTI Jizax-2023 4-may, portal.guldu.uz-Pedagogik mahorat, a5576c69-e200-461d-ae08-d56b9e1ead9a (1), Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari, 1, 7 – Mavzu Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi, Baht boylik , Umumiy Fizika 1 Atom va yadro - Kechki yakuniy (3), 1

    11-mavzu. Fazali rotorli asinxron dvigatelning rotori zanjiri qarshiligini
    hisoblash.
    Asinxron mashinalarining toki, quvvati va kuchlanish pasayuvini aniqlash uchun almashtirish sxemasidan foydalanish mumkin. Mashinaning almashtirish sxemasi uning asosiy (6.19) tenglamalari asosida quriladi. Almashtirish sxema bir-biriga elektromagnit vositasida bog‘langan stator va rotor zanjirlari parametrlarining qarshiliklari orqali ko‘rsatiladi.



    6.5-rasm. Asinxron motorning almashtirish sxemala


    T-simon almashtirish cxemasi. 6.5-rasmda asinxron mashina­ning T-simon almashtirish sxemasi ko‘rsatilgan.
    Bu sxema uchta asosiy shoxobchadan iborat:
    1) qarshiliklari r1, x1 va toki bo‘lgan stator zanjiri;
    2) qarshiliklari r0, x0 va toki bo‘lgan magnit zanjiri;
    3) qarshiliklari + (1–s)s = s , , va toki ( ) bo‘lgan rotor zanjiri.
    Asinxron motorning magnit jihatdan bog‘langan stator va rotor chulg‘amlari T-simon almashtirish sxemasida (a-rasm) stator va rotor elektr zanjirlari bilan almashtirilgan. Bunda aktiv qarshilik (1–s)s ni qo‘zg‘almas rotor chulg‘amiga ulangan tashqi qarshilik sifatida qarash mumkin. Bu holda asinxron mashina aktiv yuklama ulangan transformator sifatida ishlaydi va bu jarayonda sxemadagi (1–s)s qarshilik yagona o‘zgaruvchan parametr hisoblanadi.
    Bu qarshilikning qiymati sirpanish bilan, demak, asinxron motorning valiga qo‘yilgan mexanik yuk bilan aniqlanadi. Masalan, agar motor validagi foydali (yuk) momenti M2=0 bo‘lsa, u holda sirpanish s0 bo‘lganligidan (1–s)s =  bo‘lib, bu hol motorning yuksiz ishlash rejimiga mos keladi. Agar valdagi yuk momenti aylantiruvchi momentdan katta bo‘lsa, u holda motor rotori to‘xtaydi va s=1 bo‘ladi. Bunda (1–s)s=0 bo‘lib, asinxron motorning qisqa tutashuv rejimiga mos keladi.
    T-simon almashtirish sxema ish jarayonni to‘la aks ettiradi, lekin unda bir-biriga ta’sir etuvchi konturlar mavjud bo‘lib, ularni hisobga olish ancha murakkabligi, bu sxemaning kamchiligi hisoblanadi. Shu sababli amaliyotda soddalashtirilgan G-simon almashtirish sxema ishlatiladi (6.6,b-rasm). Bunday soddalash­tirish magnitlovchi kontur (Z0= r0 + jx0)ni sxema ichidan tashqariga - umumiy klemmalarga olib chiqish bilan amalga oshiriladi. U holda magnitlovchi tokning qiymati o‘zgarmay qolishi uchun bu konturga r1 va x1 qarshiliklar ketma-ket ulanadi. Natijada hosil bo‘lgan sxemada stator va rotor konturlarining qarshiliklari ketma-ket ulangan bo‘lib, ular ish konturini hosil qiladi. Magnitlovchi kontur ana shu konturga parallel ulangan bo‘ladi; bu holda konturlar bir-biriga ta’sir etmaydi.
    G-simon almashtirish sxemasi ish konturining parametrlarini hisoblashda aniqlik kiritishni talab etadi. Ideal yuksiz ishlashda (s=0) tarmoq kuchlanishi U1ning stator chulg‘ami EYK E1ga nisbati bilan aniqlanadigan (s1=U1/E1 kompleks koeffit­sientini hisob­lash ifodalariga kiritish bilan amalga oshiri­ladi.
    G-simon almashtirish sxema uchun quyidagilarni yozish mumkin
    , (6.26)
    bunda: I1 va I2 – mos ravishda, T-simon va G-simon almashtirish sxemalari konturining toklari; hisoblashlarda  deb olganda xatolik kam bo‘ladi;


    , (6.27)
    – G-simon almashtirish sxemaga kiritilgan kompleks son.
    Bu sxemada kompleks ni uning moduli s1 bilan almashtirish mumkin. Quvvati 10 kVt dan katta bo‘lgan asinxron mashinalar uchun c11,02 1,05.
    Asinxron mashinalarni loyihasida bu qiymat ahamiyatli bo‘lsa, elektromagnit jarayonlarni tahlil qilishda s11 deb olinsa katta va hato bo‘lmaydi. G-simon almashtirish sxemasi magnitlovchi konturi ko‘chirilgan yoki soddalashtirilgan almashtirish sxemasi deyiladi.
    Aylanayotgan rotor elektr zanjiri toklari sirpanish s ning (6.22) va (6.23) dagi qiymatlarini hisobga olgan holda quyidagicha bo‘ladi
    . (6.28)
    G-simon almashtirish sxema yordamida konturlardagi tok qiymati quyidagicha hisoblanadi
    (6.29)


    7.1. Asinxron mashina energetik diagrammasi
    Asinxron mashina motor rejimida ishlaganda (7.1-rasm) tarmoqdan elektr
    7.1-rasm. Asinxron motor energetik diagrammasi

    energiyani oladi va mexanik energiyaga aylantiradi. Bu jarayonda motorda energiya isroflari bo‘ladi. Asinxron motor tarmoqdan


    (7.1)
    aktiv quvvat oladi. Bu quvvatning bir qismi stator chulg‘amidagi elektr isroflari (7.1-rasm)
    (7.2)
    va stator magnit o‘zagidagi magnit isroflariga sarf bo‘ladi
    .
    Aylanuvchi magnit maydon vosita­sida rotorga elektromagnit quvvat uzatiladi
    . (7.3)
    Elektromagnit quvvatning bir qismi rotor elektr zanjiridagi isrofga sarf bo‘ladi
    , (7.4)
    qolgan qismi esa foydali mexanik quvvatga aylanadi
    . (7.5)
    Rotor aylanishida podshipniklardagi ishqalanish va aylanuvchi qismlarining havoda ishqalanishi natijasida mexanik quvvat isrofi bo‘ladi.
    Bundan tashqari tarqoq magnit oqimlari, stator va rotor po‘lat o‘zagi tishlarida hamda yaxlit po‘lat qismlarida magnit maydon­ning o‘zgarib turishi natijasida ham qo‘shimcha quvvat isrof­lari bo‘ladi. Asinxron motorning to‘la mexanik quvvati R2 mexanik isrof va qo‘shimcha isroflarni ayirib, motor orqali ishchi mexanizmga uzatilayotgan foydali quvvat R2 aniqlanadi
    .
    Download 142.37 Kb.




    Download 142.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Fazali rotorli asinxron dvigatelning rotori zanjiri qarshiligini hisoblash

    Download 142.37 Kb.