• Yangi mavzu bayoni: Metall buyumlarni yuqori harorat hisobiga bir-biriga ulash payvandlash
  • A,b,v,g sinflar uchun Mavzu : Mеtаllga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi Darsning maqsadi




    Download 3.18 Mb.
    bet31/33
    Sana01.08.2021
    Hajmi3.18 Mb.
    #16592
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Metall buyumlarni yuqori harorat hisobiga bir-biriga ulash payvandlash deb ataladi.

    Qizdirish usuliga qarab payvandlash gazli yoki elektrpayvandlash deyiladi.

    Gazli payvandlash qalinligi uncha katta bo‘lmagan metal jismlarni ulash uchun ishlatiladi. Bunda issiqlik manbayi, yonuvchi gazning (atsetilen, propan, vodorod va boshqa) kislorodda yonishi hisobidan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha atsetilen bilan texnik kislorod qo‘shilmasi ishlatiladi.

    26-rasmda gaz bilan payvandlash uchun kerak bo‘lgan uskunalar tasvirlangan. Oq rangli ballonda atsetilen bo‘ladi. Atsetilen vintel va reduktor orqali chiqadi. Kislorod ko‘k rangdagi ballondan reduktor orqali chiqadi. Ikkala gaz shlanglar orqali qizdirgichda qo‘shiladi. Atsetilen va kislorodning ma’lum nisbatida yonish harorati 3150°C ga ko‘tariladi. Gaz bilan payvandlanayotgan paytda payvand tizimi uchun metall

    sim ishlatiladi. Payvandlanayotgan metall va ishlatiladigan simning kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak.

    Maxsus qizdirgich va gaz bilan payvandlash uskunasi yordamida kesish ham mumkin. Kesish metallni 1000–1180°C haroratgacha qizdirishdan boshlanadi. Keyin



    kislorodning qirquvchi oqimi qizigan metall bilan reaksiyaga kirishadi, natijada issiqlik ajralib chiqadi va metallning pastki qatlamlarini qizdiradi.


    Gaz bilan payvandlash

    uchun uskunalar:

    1 – qizdirgich; 2 – shlanglar;

    3 – rеduktor; 4 – kislorodli

    ballon; 5 – atsеtilеnli ballon




    .

    Elеktrpayvand



    uchun uskunalar: 1 – himoya

    niqobi; 2 – elеktrod; 3 – buyum;

    4–payvand apparati; 5–similar

    Elektrpayvandning ikkita turi mavjud: yoyli va kontaktli.

    Elektr yoyli payvandda asosiy bo‘lgan uskuna payvandlash apparati hisoblanadi. Simlarning biri ishlanadigan detalga, ikkinchisi elektrodga ulanadi. Elektordlarpo‘lat elektrodli simlardan tayyorlanadi. Payvand sifati yuqori

    bo‘lishi uchun elektrodlar maxsus o‘rama bilan qoplanadi va u metallni oksidlanishdan saqlaydi. Qo‘l bilan ishlatiladigan elektr yoy payvandlash jarayoni quyidagicha . Avval ulanadigan detallarning qalinligiga qarab tok kuchi to‘g‘rilanib olinadi. Keyin detal va elektrod qisqa tutashtiriladi, natijada kontakt bo‘lgan joyda harorat keskin ko‘tariladi. Bundan keyin elektrod detaldan 3–5 mm uzoqlikka olinadi va elektr yoy paydo bo‘ladi. Keyin elektrod asta yurg‘iziladi va erigan metall ulanadigan joyga oqizib tushiriladi.





    Download 3.18 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 3.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A,b,v,g sinflar uchun Mavzu : Mеtаllga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi Darsning maqsadi

    Download 3.18 Mb.