|
Adobe Photoshop dasturning ish qurollari. Sohani tanlash
|
bet | 12/14 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 279 Kb. | | #127382 |
Bog'liq maruzaActual Pixels [Ctrl+Alt+0] - 100% ekran holatiga o’tish tugmasi , ushbu holatda rasmning 1 piksel ekrandagi 1 pikselga mos bo’ladi
Fit On Screen [Ctrl+0] - to’liq ekran holatiga o’tish tugmasi. Bu tugma yordamida rasm oyna hajmigacha cho’ziladi.
Print Size - qog’ozga bosma (chop etilib) chiqganda qanday chiqishini ko’rsatuvchi tugma.
Lupa - Zoom (lupa) - [Z] - ekrandagi rasmni ko’rish masshtab foizini o’zgartirish mumkin. Yaqinlashtirish uchun sichqoncha bilan kerakli rasm qismiga ko’rsatib bir marta bosish kerak, yoki yaqinrok ko’rish kerak bo’lgan sohani sichqoncha bilan bosib turib tanlash kerak. Agar uzoqlashtirish kerak bo’lsa u holda klaviaturada Alt tugmasini bosib turib sichqoncha bilan rasmga bir marta bosamiz. Ushbu yordamchi tugma harakatlarni tezkor tugmalar orqali ham bajarish mumkin: Zoom In [Ctrl+Plyus] - rasmni yaqinlashtirish, Zoom Out [Ctrl+Minus] - rasmni uzoqlashtirish, Actual Pixels [Ctrl+Alt+0] - rasmni 100% ekran holatiga o’tish tugmasi, Ctrl+Alt+Plyus - rasmni oyna bilan birgalikda kattalashtirish, Ctrl+Alt+Minus - rasmni oyna bilan birgalikda kichkinalashtirish, Fit On Screen [Ctrl+0] - rasm va oynani to’liq ekran holatiga o’tkazish.
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi:
Resize Windows To Fit - rasmni oyna bilan birga o’zgarish holatini yoqish.
Ignore Palettes - oyna kattalashganda o’ng tomondagi yordamchi sohalar orqasiga o’tish mumkinligi yoki mumkin emasligini o’zgartirish.
Actual Pixels [Ctrl+Alt+0] - 100% ekran holatiga o’tish tugmasi , ushbu holatda rasmning 1 piksel ekrandagi 1 pikselga mos bo’ladi.
Fit On Screen [Ctrl+0] - to’liq ekran holatiga o’tish tugmasi. Bu tugma yordamida rasm oyna hajmigacha cho’ziladi.
Print Size - qog’ozga bosma (chop etilib) chiqganda qanday chiqishini ko’rsatuvchi tugma.
Pero - Pen (pero) - [P] - sichqoncha yordamida nuqtalar orqali shaklni yaratish.
Ixtiyoriy pero - Freeform Pen (proizvolnoe pero) - [P] - sichqoncha yordamida harakat orqali shaklni yaratish.
Yangi nuqta qo’shish - Add Anchor Point (dobavit tochku) - sichqoncha yordamida shaklga yangi burilish nuqta qo’shish.
Nuqta o’chirish - Delete Anchor Point (udalit tochku) - sichqoncha yordamida shakldan burilish nuqtasini o’chirish.
Nuqta o’zgartirish - Convert Point (preobrazovat tochku) - shakl nuqtalarining joylanishini o’zgartirish (cho’zish).
Izohlar - Notes (zametki) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga matnli izoh qo’shish.
Tovush izohlar - Audio Annotation (zvukovoe opisanie) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga tovush izohni mikrafon orqali qo’shish. Paydo bo’lgan oynada Start tugmasini bosib yozishni boshlaymiz, to’xtatish uchun Stop tugmasini bosamiz, yozish oynasidan chiqib ketish uchun Cancel tugmasini bosamiz.
Tomizgich (pipetka) - Eyedropper (pipetka) - [I] - ixtiyoriy rangni qayta asosiy rang qilib tanlash imkoniyatini yaratadi. Agar sizga orqa rang qilib tanlash kerak bo’lsa u holda Alt tugmasini bosib turishingiz shart bo’ladi.
Ranglarni solishtirish - Color Sampler (sravnenie tcvetov) - [I] - Info yordamchi sohada 4 nuqtalar ranglari hakidagi ma`lumotlarni ko’rsatish imkoniyatini yaratadi. Nuqtani sichqoncha yordamida ko’yamiz, o’chirish uchun esa Alt tugmasini bosib turib sichqoncha bilan nuqtaga bosish kerak.
Chizg’ich- Measure (izmeritel) - [I] - rasmdagi masofani aniqlash uchun qo’llaniladi. Agar Alt tugmasidan foydalanib chizg’ich boshidan yoki oxiridan yana bitta chiziq chizish mumkin va u yordamida transportir sifatida foydalansa bo’ladi, chunki ikkita chiziqlar hosil qilgan burchak o’lchamini ko’rsatadi.
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi:
boshlovchi nuqta koordinatalari (X, Y)
birinchi nuqtadan ikkinchisigacha bo’lgan masofa vertikal va gorizontal bo’yicha (W, H)
X o’qi bo’yicha egilish burchagi (A)
birinchi nuqtadan ikkinchisigacha bo’lgan masofa (D1)
birinchi nuqtadan uchinchigacha bo’lgan masofa (transportirdan foydalanganda) (D2)
Clear - chizg’ichni o’chirish tugmasi
Ushbu tugma bir nechta amalni bajaradi:
1) Asosiy rangni tanlash - Set Foreground Color (vыbrat tcvet perednego plana) - ustki turgan rang ko’rsatkichini (to’rtburchagini) bir marta bosib, hosil bo’lgan oynadan rang tanlaymiz.
2) Orqa yoki ichki rang tanlash - Set Background Color (vыbrat tcvet fona) - pastki turgan rang ko’rsatkichini (to’rtburchagini) bir marta bosib, hosil bo’lgan oynadan rang tanlaymiz.
3) Asosiy va orqa ranglarni o’zgartirish Switch Foreground and Background Colors (pereklyuchit tcvet perednego plana i tcvet fona) [X] - asosiy va orqa ranglar ko’rsatkichlari (to’rtburchaklari) ustida joylashgan strelka yordamida asosiy va orqa ranglarni o’zaro o’rnini o’zgartirish.
4) Avtomatik asosiy va orqa ranglarni qora va oqga o’tkazish - Default Foreground and Background Colors (ustanovit tcvet perednego plana i tcvet fona po umolchaniyu) [D] - asosiy va orqa ranglar ko’rsatkichlari (to’rtburchaklari) tagida joylashgan kichkina belgilar yordamida asosiy rangni - qora, orqa rangni esa oqga o’tkazish.
Ekran holati - Screen Mode (rejim ekrana) - [F] - ekran holatini o’zgartirish tugmasi. Birinchi standart holat - standartnыy (Standard Screen Mode) - asosiy holat, rasm oynasi, menyu satri, ish qurollar sohasi va yordamchi sohalar ko’rinadigan holat. Ikkinchi menyuli to’liq ekran holati - polnoekrannыy so strokoy menyu programmы (Full Screen Mode with Menu Bar) - to’liq ekran holati, nom satri, oyna chegaralari, ma`lumotlar satri va ko’rib chiqish sohalari ko’rinmaydi. Uchinchi menyusiz to’liq ekran holati - polnoekrannыy (Full Screen Mode) - to’liq ekran holati, oldingiga qaraganda menyu satri ham ko’rinmaydigan holat.
ImageReady dasturga o’tish - Jump to ImageReady (pereklyuchitsya v ImageReady) - [Ctrl+Shift+M] - ochiq rasmni ImageReady dasturga o’tkazadi va unda tahrirlashni davom etishga imkoniyat yaratadi.
|
| |