26
Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda ikki nuqta orasidagi masofani
o‟lchaydi.
Gradient:
Bu
uskuna ishlatilganda, tasvirdagi belgilangan maydonda
ranglar kombinatsiyasi hosil bo‟ladi. Asosiy rangning
tasvir foniga sizib
o‟tish samarasi hosil bo‟ladi.
Zalivka:
Ushbu uskunadan asosan tavsvirni yoki tasvirdagi ajratib olingan
hududni bo‟yashda foydalaniladi. Ranglarni qo‟shimcha buyruqlarni
bajarish orqali tanlanadi. Bu uskunani faollashtirish
uchun K klavishadan
ham foydalanish mumkin.
Pipetka:
Tasvirdagi asosiy yoki tasvir foni rangini aniqlaydi, Pipetkani
tasvir ustidagi biror nuqtada bosish bilan o‟sha nuqtadagi, ya‟ni pikseldagi
rang asosiy rang sifatida tanlanadi. Agar ayni jarayonga "Alt"
tugmasini
qo‟shilsa, tanlangan rang tasvir fonini o‟zgartirishiga olib keladi.
Viborka svetov:
Ushbu uskuna yordamida tasvirdagi ranglar haqidagi
axborot olishga xizmat qiladi. "Info" darchasida belgi qo‟yilgan
nuqtada
necha foiz qizil, ko‟k va qora ranglar mavjudligi
haqidagi axborot hosil
bo‟ladi.