I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iқtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, T.1. 202-bet




Download 65,29 Kb.
bet2/3
Sana12.01.2024
Hajmi65,29 Kb.
#135495
1   2   3
Bog'liq
Adodlarimiz merosi

I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iқtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, T.1. 202-bet.




Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda?
Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
Inson ma’naviy dunyosi - nozik soha. Undagi vaziyatni osonlikcha, muayyan farmon yoki qaror qabul qilish bilan tuzatib bo’lmaydi. Uni o’nglash uchun yillar davomida muntazam va sabr-toqat bilan mafkuraviy, tarbiyaviy, ma’rifiy ish olib borish, amaliy chora-tadbirlar, hayotiy o’zgarishlar joriy etish taqozo qilinadi.
Milliy ma’naviyat millatning o’tmishi, buguni va kelajagini qamraydi, ularni yaxlit tizimda tutib turadi. O’tmish ajdodlarimiz merosi bugungi jahon darajasi bilan uyg’unlashtirilsa, mamlakatimizdagi voqe ahvolga tatbiq etilsa, undan kelajak kurtaklari unib chiqadi, kelajak siymosi shakllanadi.
Shu sababli ham I.A.Karimov O’zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan beri xalq ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e’tibor qaratib kelmoqda. Hali sho’rolar tuzumi mavjud bo’lib, yurtimiz “sovet sotsialistik respublikasi” deb atalgan davrda - 1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida O’zbekistonda birinchi marta Prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug’anievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O’zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma’naviy yuksaltirish” masalasi4 davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Ma’naviyat degan so’zni yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo’lmagan o’sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o’sha paytlar respublika rahbari uchun katta jasorat edi.
Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasini e’lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi.5
1995 yil fevral oyida ilk bor ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilgan erkin va demokratik saylovlar hosilasi bo’lmish O’zbekiston respublikasi birinchi chaqiriq Oliy majlisining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Prezident I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzuida katta ma’ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar bilan bir qatorda millatning ma’naviy takomili yo’nalishida ham yangicha yondoshuvlar, dolzarb muammolarning puxta o’ylangan echimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Unda, avvalo, 130 yillik mustamlaka asoratidan qutulib, qayta qad rostlagan mustaqil davlatchiligimizning betakror qiyofasi ochib berildi. Uning xalqimiz, millatimiz “tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining” samarasi, “o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining” natijasi ekanligi qayd etildi6. “Sotsializm” g’oyalarining xalqimiz hayotiga chetdan zo’ravonlik bilan joriy etilgani, ular xalqimizni manqurtlashtirish uchun xizmat qilgani ochiq aytildi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Shunday ekan, davlat tuzumini, jamiyat hayotini demokratlashtirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish barobarida ma’naviyatga ham doimo alohida e’tibor ajratish talab etilishi voqeiy zaruratdir. Prezident ma’ruzaning “Yuksak ma’naviyat - kelajak poydevori” 7deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to’rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo’nalishlarni ham batafsil tahlil etib berdi. “Endigi asosiy vazifa,-deb fikrini izhor etdi yurtboshimiz,-kishilarimizning mustaqil fikrlashga o’rganishi, o’ziga ishonchining orta borishidir”8. Buning uchun har birimiz “bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab”, “buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog’imiz kerak”9.
Umuman qayd etish joizki, O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning deyarli har bir nutqida ma’naviyat masalasiga e’tibor qaratiladi, har bir asarida ma’naviyat masalalariga oid muhim fikrlar, yangicha g’oyalar olg’a surilgan.
2008 yili “Ma’naviyat” nashriyotidan O’zbekiston Prezidentining Islom Karimovning
Download 65,29 Kb.
1   2   3




Download 65,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iқtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, T.1. 202-bet

Download 65,29 Kb.